Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Iqtisodiy tahlil fanining vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyot



Yüklə 11,19 Mb.
səhifə4/316
tarix22.03.2024
ölçüsü11,19 Mb.
#180553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   316
642a946f5e25f (1)

chizma. Iqtisodiy tahlil fanining vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyot bosqichlarida atalgan nomlari

Iqtisodiy tahlilning vujudga kelish tarixini ko‘z oldimizga yaqqol- roq keltirish uchun bu sohaga bag‘ishlangan adabiyotlarni xronologik jihatdan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.


Kishilik jamiyati rivojlanishi davomida bir qancha tuzumlarni o‘z boshidan o‘tkazdi. Jumladan, jamiyat taraqqiyotida sotsialistik tuzum vujudga kelgandan so‘ng tahlil fani rejali iqtisodiyotga asoslangan
ko‘rsatkichlarni va buxgalteriya balansidagi moddalarni batafsilroq o‘rganishga kirishdi. Bu esa tahlil fanining ahamiyatini oshirolmadi.
Sobiq ittifoqda 1920-yillarga kelib, ittifoq iqtisodchi olimlaridan R.N.Xudyakov «Aнaлиз бaлanсa» va «Пoпулярний oчeрки бaлaн- сoвeдeния» asarlarini, N.A. Kiparisov «Oснoви бaлaнсoвeдeния» va
«Растрoение бaлaнсoв и aнaлиз» asarlarini chop ettirdi. Bu kitoblarda, asosan, iqtisodiy tahlil bir yoqlama bo‘lib, faqat buxgalteriya balansi moddalarini tahlil qilish usullari to‘g‘risida fikr yuritilgan.
O‘ttizinchi yillarga kelib tahlilning ko‘lami kengaya boshladi. Tahlil qilish uchun faqat buxgalteriya balansi moddalari emas, balki xo‘jalik faoliyatining boshqa ko‘rsatkichlari ham tahlil etila boshlandi. Natijada tematik tahlil vujudga keldi va ba’zi mavzularga bag‘ishlangan adabi- yotlar nashrdan chiqa boshladi. Bunga misol qilib, N.Ye.Kolosovning
«Ocнoви экoнoмичeскoгo aнaлизa сeбeстoимoсти в прeдприятияx» (1931-yil), A.R.Aleksandrovskiyning «Кaлкульяция и aнaлиз рaбoти пpeдприятий» (1932-yil), A.F.Masanovning «Бaлaнс и aнaлиз xoзяйствeнной дeятeлнoсти пpeдпpиятий» (1934-yil), A.A.Afanasev- ning «Aнaлиз oтчeтa пpoмышлeнних прeдпpиятий» (1938-yil) kitob- larini keltirishimiz mumkin.
1940-yillarga kelib, sobiq ittifoqda «Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» fani fan sifatida to‘liq shakllandi, ushbu fan bo‘yicha darsliklar yaratildi va oliy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘tila boshlandi.
60-70 yillardan boshlab esa iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha tahlil fani ixtisoslashib bordi va tahlil fanining bir qancha turlari vujudga keldi. Iqtisodiy tahlil fanining nazariyasi ustida ham ko‘p ishlar olib borildi va tahlil nazariyasi fan sifatida shakllandi.
80-yillarning xususiyati shundaki, bu davrda iqtisodiy tahlil fanining nazariyasini yaratish bo‘yicha hududiy maktablar vujudga kela boshladi. Jumladan, Moskvada M.I.Bakanov va A.D.Sheremet rahbarligidagi maktab bular, «Teoрия экoнoмичeскoгo aнaлизa» kitobini 1987-1990, 1995-1997 yillarda qayta nashrdan chiqardilar. Minsk olimlaridan V.V.Osmolovskiy, V.I.Strajev, L.I.Kravchenko, N.A.Rusaklar hamkorlikda 1989-yilda «Teoрия aнaлизa xoзяйствeн- ной дeятeлнoсти» darsligini yaratdi. Kiyevlik olimlardan I.I.Karakoz va V.I.Samborskiy hamkorligida 1989-yilda «Teoрия экoнoмичeскoгo aнализа» degan darslik yaratdilar. O‘zbekistonlik olimlardan I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardayev, M.M.To‘laxo‘jayeva, A.T.Ibragimov, A.Shoalimovlar hamkorlikda tahlil fanining o‘zbek maktabini yarati-
lishiga asos soldilar. Endilikda barcha MDH davlatlarida «Iqtisodiy tahlil» mustaqil fan sifatida oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilib kelinmoqda. Bu albatta korxonalar faoliyatini boshqarishda, uning moliyaviy barqarorligini va raqobatbardoshliligini ta’minlashda eng muhim tadbirlardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Fanning yuqorida ta’riflangan tadrijiy rivojlanish yo‘lidan ham ko‘rinadiki, bugungi kunda iqtisodiy tahlil muhim ikkita qismga ajratilgan, ya’ni boshqaruv tahlili va moliyaviy tahlil qismlariga. Boshqaruv va moliyaviy tahlil birgalikda xo‘jalik yurituvchi subyekt- larning iqtisodiy tahlilini tashkil etadi.


Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida, iqtisodiy tahlil (moli- yaviy va boshqaruv tahlili) ham yangilanish davrini boshdan kechir- moqda. Uning mazmuni rejaning bajarilishini tahlil qilishdan jahon andozalari talablariga javob beradigan ko‘rsatkichlarni o‘rganishga qara- tilmoqda. Bu borada ijtimoiy mahsulotdan yalpi ichki mahsulot va shun- dan kelib chiqadigan ko‘rsatkichlar tizimiga o‘tish ko‘zda tutilmoqda.

Yüklə 11,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   316




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə