Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc



Yüklə 11,19 Mb.
səhifə2/316
tarix22.03.2024
ölçüsü11,19 Mb.
#180553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   316
642a946f5e25f (1)

UO‘К: 336 (075)
КBК: 65.261


ISBN 978-9943-13-399-0 © «Iqtisod-Moliya», 2013

2

© A.V. Vahobov, N.F. Ishonqulov, A.T. Ibrohimov, 2013


K I R I SH


O‘zbekiston Respublikasida jamiyat taraqqiyotining barcha jabha- larida, eng avvalo iqtisodiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida aniq dastur ishlab chiqilgan. Bu dasturni joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekistonning demokratik va bozor islohotlarini amalga oshirish, jahon hamjamiyatiga keng integratsiyalashuvi va barqaror olg‘a borishi uchun mustahkam zamin yaratishdir.


Prezidentimiz I. Karimov: «Oldimizda turgan birinchi va asosiy va- zifa – bu izchil iqtisodiy o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg‘or texnologiyalar bilan qayta qurollantirishning bosh sharti bo‘lgan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish muammosidir» deb ta’kidlagan. Bu, Respublika iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan barcha soha korxo- nalarining foyda ko‘rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishi yoki xizmat ko‘rsatishini talab etadi. Bu, o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini, unda sodir bo‘ladigan iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni va munosabatlarni muntazam ravishda tahlil qilib borishni taqozo etadi.
Respublikaning iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishida muhim omil, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, pul qadrsizlanishini pasaytirish, eksport hajmini oshirish va boshqa shu kabi makroiqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan birga mamlakatda faoliyat yuritayotgan har bir korxona, firma, kompaniyalarni xo‘jalik subyektlari sifatida rivojlan- tirishni taqozo etadi.
Korxona, firma va kompaniyalarning iqtisodiy mustaqil hamda moliyaviy barqaror faoliyat ko‘rsatishlarida ularni oqilona boshqarish, hisob-kitob yuritilishini bozor iqtisodiyoti talablariga moslash, moliyaviy menejment ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bor moddiy, moliyaviy va mehnat boyliklaridan samarali foydalangan holda ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, natijada yuqori foyda olib, davlat budjeti oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, rezervlar tashkil etish eng dolzarb vazifalardan sanaladi.
Shu bois, bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish har birimizdan buxgal- teriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit haqida ma’lum bilimga ega bo‘li- shimizni talab etadi. Tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyati hisob- kitoblarning puxtaligiga, pul oqimlarining oqilona boshqarilishiga, moliyaviy masalalardagi qarorlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilinishi- ga hamda moliyaviy tahlilning sifatli tashkil etilishiga uzviy bog‘liqdir. Ayniqsa, bozorni to‘g‘ri o‘rganishda, hamkorlarning moliyaviy ishonch- liligini bilishda, o‘zaro hisob-kitob ishlarida yutqazib qo‘ymaslik va boyliklardan o‘rinli foydalana olishda kompleks iqtisodiy tahlilning natijalariga asoslanib boshqaruv qarorlarini belgilash, foyda olishning zaruriy sharti ekanligi tajribada bir necha bor isbotlangan.
Iqtisodiy tahlil boshqaruvning bir funksiyasi sifatida mavjud axborotlarga tayanadi, ammo axborotlar hali hech narsani hal qilmaydi. Ularni menejerning maqsadidan kelib chiqqan holda qayta ishlashni, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tizimlashtirishni, moliyaviy hisobotlarni iqtisodiy jihatdan o‘qishni talab qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiy tahlil orqali amalga oshiriladi. Shu tufayli zamonaviy mutaxassislar shu fanni mukammal o‘rganishi lozimligini obyektiv zaruratga aylantirdi. Bunday zaruriyat tufayli barcha iqtisodiyotga oid mutaxassisliklar iqti- sodiy tahlil fanini, uning tarkibiy qismi bo‘lgan moliyaviy va boshqaruv tahlilni o‘rganishi majburiy qilib belgilangan va mutaxassislarni shakllantiruvchi fan sifatida ularning o‘quv rejasiga kiritilgan.
Oliy o‘quv yurtlari faoliyati baholanadigan mezonlarni shakllanti- rishda oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish sifati va ilmiy salohiyat darajasi indeksiga asosiy e’tibor qaratiladi.
E’tiboringizga havola etilayotgan «Moliyaviy va boshqaruv tahlili» darsligida korxona, firma, kompaniyalarning mahsulotlar ishlab chiqa- rish va sotish, mehnat va moddiy boyliklaridan foydalanganligi, asosiy ishlab chiqarish va davr xarajatlari tarkibi, moliyaviy natija hamda mo- liyaviy holat, asosiy vositalar tarkibi, pul oqimlari va xususiy kapitallar harakatini tahlil qilishning uslublari sodda va tushunarli tilda yoritilgan. Darslik korxona mablag‘larini, uning tashkil topish manbalarini, moli- yaviy natijalarini, asosiy vositalar harakatini, pul oqimi va xususiy kapi- tal o‘zgarishini omilli, qiyosiy tahlil qilishning amaldagi tartibi, firma hamda kompaniyalarning kreditga layoqatliligi, moliyaviy barqaror- ligini aniqlashning uslubiy asoslarini o‘rganishga yordam beradi.
Darslikning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u zamonaviy
talablardan kelib chiqqan holda har bir iqtisodiy kategoriyani baholash va ularni tegishli ko‘rsatkichlar bilan ifodalashda mavjud bo‘lgan turli qarashlarga tanqidiy yondoshilgan va ularga fikr bildirilib, har biri im- kon qadar nazariy jihatdan asoslangan. Nazariy masalalarning yechimi amaliy ma’lumotlarni qo‘llagan holda isbotlab berilgan. Demak, mazkur darslikda nazariy masalalar bilan amaliyotning uyg‘unligi ta’minlangan.
Oliy o‘quv yurtlarining «Biznes va boshqaruv» ta’lim sohasida bilim olayotgan talabalar, bo‘lg‘usi buxgalter-auditorlar, davlat moli- yasini boshqarish, qimmatbaho qog‘ozlar va sarmoyalar bozori, soliq va soliqqa tortish, bank ishi, sarmoyalar moliyasi va ularning monitoringi, kasb ta’limi hamda magistraturaning «Kredit», «Xalqaro valuta-kredit munosabatlari», «Iqtisodiy tahlil», «Davlat moliyasini boshqarish»,
«Soliq va soliqqa tortish», «Buxgalteriya hisobi», «Audit», «Bank auditi», «Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish», «Korxona moliya- si», «Sug‘urta ishi», «Tashqi iqtisodiy faoliyat», «Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlarni boshqarish», kabi mutaxassisliklarini egallov- chilar uchun ham «Moliyaviy va boshqaruv tahlili» darsligidan foydala- nish, o‘z kasbini chuqur egallashiga yordam beradi.
Mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov o‘z ma’ruzasida: «Ta’lim so- hasidagi ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, Fransiyadagi dunyoning eng yaxshi beshta biznes maktabi qatoriga kiradigan «Inssad» xalqaro biznes maktabining 2012-yilgi «Innovatsiyalarning global indeksi» ma’ruzasida bayon etilgan ma’lumotlarni keltirish o‘rinli, deb o‘ylay- man»,1 degan fikrni yuritgan.
«Moliyaviy va boshqaruv tahlili» nomli darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyurtmasi asosida tayyorlandi va uslubiy kengash tomonidan oliy o‘quv yurtlarida foyda- lanishga tavsiya etildi.
Kitobxonlarni moliyaviy va boshqaruv tahlil uslubiyati bilan chu- qur tanishtirish maqsadida har bir yoritilgan mavzudan so‘ng tayanch iboralar, takrorlash uchun savollar, mustaqil bajarish uchun topshiriqlar va test variantlari berilgan.





1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2012 йилда мамлакатимизни ижтимоий – иқтисодий ривожлантириш якунлари ҳамда 2013 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси. Халқ сўзи, 2013 йил 19 январь.
Darslikda keltirilgan hisobot ma’lumotlari va raqamlar respub- likamizda faoliyat yuritayotgan real xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lumotlari shartli axborot manbasi sifatida olindi.
Ushbu darslik Toshkent moliya institutining uslubiy Kengashi tomonidan chop etishga tavsiya etilgan.
Mualliflar ushbu darslikni yaratishda qimmatli maslahatlarini ber- gan iqtisod fanlari doktori, professor M.Q. Pardayev, iqtisod fanlari dok- tori, professor B.A.Xasanov va ustoz-murabbiy, dotsent T.Sh. Shagiya- sovlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildiradi.



Yüklə 11,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   316




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə