Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari



Yüklə 11,19 Mb.
səhifə13/316
tarix22.03.2024
ölçüsü11,19 Mb.
#180553
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   316
642a946f5e25f (1)

Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari


Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tahlil qilish natijasiga asoslanib ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilinadi va u tufayli boshqaruv sistemasi boshqariladigan obyektning faoliyatini zaruriyatga qarab o‘zgartiradi. Qabul qilingan qaror boshqaruv jarayonining asosidir. Yangi xo‘jalik yili uchun ishlab chiqilgan reja bu korxonani kelajakda rivojlanishini ta’minlaydigan qarordir. Korxonalarning xo‘jalik faoliya- tini tahlil qilish jarayonida korxonada qabul qilingan biznes-rejalarning asoslanganligi tekshiriladi, rejada ko‘zda tutilmagan imkoniyatlar aniqlanadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlili rejalashtirish darajasini talab darajasiga ko‘taradi, uni yana ham ilmiy asoslanganlik darajasini ta’min- laydi. Shuning uchun ham rejalashtirish bilan tahlil o‘rtasidagi bog‘liqlik aniq ko‘rinib turadi. Biznes-reja tuzish korxona faoliyatining tahlili bilan boshlanadi va yakunlanadi. Biznes-rejaning aniq va puxta ishlab chiqilishi korxonalarning iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratib beradi.


Tabiat va jamiyatdagi voqelikni o‘rganuvchi va ularning tadqiq qilish obyekti deb qarovchi alohida fanning o‘zi amal qiladigan tamo- yillari mavjud bo‘ladi. Tamoyillar o‘rganiladigan obyektni bir butunligi, realligi va voqeligini tavsiflaydi. Shu jihatdan tahlilning ham iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda o‘zi amal qiladigan tamoyillari bor. Mazkur tamoyillar tahlil fani obyektlarining obyektivligini, mantiqliligini, shakl-mazmunini, miqdor-sifatini va shu kabi jihatlarni tavsiflab real voqelikni yagona tushunchasini hosil qiladi.
Bu tamoyillarning xalqaro va milliy hisob andozalari asosida quyidagi shakllarini aytib o‘tish mumkin (2-jadval).
2-jadval

Iqtisodiy tahlil fanining tamoyillari





Tamoyillar


Yüklə 11,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   316




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə