Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Kompleks iqtisodiy tahlil metodikasi



Yüklə 11,19 Mb.
səhifə23/316
tarix22.03.2024
ölçüsü11,19 Mb.
#180553
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   316
642a946f5e25f (1)

Kompleks iqtisodiy tahlil metodikasi


Metodika – analitik tadqiqotni yanada maqsadga muvofiq baja- rishning usullari va qoidalari majmuidir. Tahlilda umumiy va xususiy metodika farqlanadi. Umumiy metodika iqtisodiyotning turli sohalarida- gi iqtisodiy tahlilning turli obyektlarini o‘rganishda foydalaniladi. Xusu- siy metodika muayyan iqtisodiyot sohalari, ishlab chiqarish turi, tadqiqot obyektlarida tahlil ko‘rinishida umumiy qo‘llanilishini aniqlashtiradi.
Tahlilning ixtiyoriy metodikasi analitik tadqiqot o‘tkazish bo‘yi- cha ko‘rsatmalar yoki metodologik tavsiyalarni o‘zida aks ettiradi, aynan:

  • analitik tadqiqot o‘tkazish ketma-ketligi va davriyligi bo‘yicha tavsiyalar;

  • o‘rganilayotgan obyektlarni tadqiq qilish usul va uslublarini tav- siflash;

  • tahlilni tashkil qilish, uni metodik, texnik va informatsion ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatmalar;

  • tahlil natijalarini rasmiylashtirish bo‘yicha tavsiyalar.

IT metodikasining ikki elementiga batafsilroq to‘xtalamiz:

      1. tahlil texnologiyasi (analitik ishlarni bajarish ketma-ketligi);

      2. o‘rganilayotgan obyektlarni tadqiq qilish usullari (tahlilning metodik instrumentariysi).

Kompleks iqtisodiy tahlilni bajarishda bir nechta texnologik bosqich ajratiladi:

  1. tahlil obyektlari, maqsad va vazifa aniqlanadi, analitik ishlar rejasi tuziladi, chunki maqsad aniq keltirilmasa, tahlil jarayoni o‘z ma’nosini yo‘qotadi;

  2. tahlil obyektini tavsiflashga ko‘maklashuvchi ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqiladi;

  3. tahlil uchun zaruriy axborot to‘planadi va tayyorlanilib (uning aniqligi, ishonchliligi tekshiriladi, mutanosib ko‘rinishga olib kelinadi, tizimlashtiriladi. Iqtisodiy tahlil natijalari axborotlarning sifatiga bog‘liq bo‘ladi;

  4. xo‘jalik yuritishning haqiqatdagi natijalarini hisobot davri reja ko‘rsatkichi bilan, qabul qilingan me’yorlar va standartlar, o‘tgan yillar haqiqatdagi ma’lumotlari bilan, yetakchi korxonalar yutuqlari, o‘rtacha soha bo‘yicha; korxona rivojlanishi tendensiyalari va sur’atlari, uning reytingi, moliya va tovar bozoridagi holati o‘rnatiladi; yechimi bo‘yicha muayyan chora-tadbirlarni taqozo etuvchi muammolar topiladi;

  5. omillar va korxona faoliyati natijalariga o‘tmishda hamda

istiqbolda ularning ta’siri aniqlanadi, korxona maqsadlariga erishishda foydalanilmagan imkoniyatlar hisoblanadi va shuning asosida erishilgan natijalarni baholash amalga oshiriladi;

  1. yuzaga kelgan vaziyatda korxona rivojlanishining ehtimoliy ssenariysi ko‘rib chiqiladi, fan va amaliyot sohasida yangiliklarni o‘rganish negizida korxona mehnat unumdoligini oshirishning mavjud zaxiralari baholanadi;

  2. qo‘yilgan maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan strategik va taktik boshqaruv qarorlari qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlanadi; qabul qilinayotgan qarorlarning ehtimoliy oqibatlari, ishlab chiqarish va moliyaviy risklar darajasi baholanadi; korxonaning operativ, joriy va istiqbolli rejalari aniqlanadi.

Analitik tadqiqotlarni bajarishning bunday ketma-ketligi iqtisodiy tahlil nazariyasi va amaliyoti nuqtayi nazaridan yanada maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Analitik tadqiqotning turli bosqichlarida qo‘llaniladigan tahlilning texnik uslublari va usullari (tahlil instrumentariysi) iqtisodiy tahlil metodikasining eng muhim elementi hisoblanadi (3-chizma).



Axborotni qayta ishlashning mantiqiy usullari. Taqqoslash.
Nisbiy va o‘rtacha ko‘rsatkichlar. Moliyaviy hisoblash.
Ma’lumotlarni grafik va jadval shaklida berilishi. Guruhlash.
Balansli. Evristik metod.




    1. chizma. Korxonaning iqtisodiy tahlil usullari.

Ular iqtisodiy tahlil orasida va boshqa fanlarda ham axborotlarni qayta ishlash va o‘rganish uchun keng qo‘llaniladigan (taqqoslash, gra- fik, balans, o‘rtacha va nisbiy miqdorlar, analitik guruhlash, instrumen- tar moliyaviy hisoblashlar, intuitsiya asosida iqtisodiy vazifani evristik yechish metodlari, o‘tmish tajribasi, mutaxassislarning ekspert bahosi, an’anaviy mantiqiy usullarni ajratish mumkin. Hozirgi vaqtda, mutlaqo qandaydir fanga taalluqli uslub va usullarni asoslash juda qiyin, chunki tadqiqotning turli sferalarida ilmiy instrumentariylarning o‘zaro kirishib ketishi kuzatiladi.


Omillarning xo‘jalik yuritish natijalariga va rezervlar hisobiga ta’sirini o‘rganish uchun tahlilda determinatsiyalashgan va stoxastik omilli tahlil usullari, iqtisodiy masalani maqbul yechish metodlari qo‘llaniladi. U yoki bu usulning qo‘llanilishi tahlilning maqsadi va chuqurligiga, tadqiqot obyekti, analitik hisoblashlarni bajarish texnik imkoniyatlari va boshqalarga bog‘liq.
Iqtisodiy tahlil instrumentariysini takomillashtirish juda katta ahamiyatga ega va analitik ishlarning asosiy muvaffaqiyati hamda samaradorligi hisoblanadi. Inson o‘rganilayotgan hodisalarning mohi- yatiga qanchalik chuqur kirib borsa, tadqiqotning aniq metodlariga talab ortadi. Bu barcha fanlar uchun tegishlidir. So‘nggi yillarda fanning barcha sohalarida tadqiqot metodikasi yanada mukammallashdi. Tadqi- qotning matematik metodlaridan foydalanish iqtisodiy fanning muhim yutuqlaridan biri bo‘lib, korxonaning faoliyati natijalarini belgilovchi omillarning yanada ko‘lamdor kompleksini tadqiq qilishga imkon beradi, hisoblashlar aniqligini oshiradi. Uning sharofati bilan ko‘p o‘lchamli va maqbul vazifalarni hal qilish, ilmiy asoslangan boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun asos yaratuvchi imkon paydo bo‘ldi.



Yüklə 11,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   316




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə