Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Tahlilda qo‘llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va ularni qo‘llash o‘rni



Yüklə 11,19 Mb.
səhifə26/316
tarix22.03.2024
ölçüsü11,19 Mb.
#180553
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   316
642a946f5e25f (1)

Tahlilda qo‘llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va ularni qo‘llash o‘rni



T/R

Usullarning nomi

Izoh

1

2

3

1

Korrelatsion-regratsion tahlil usuli

O‘zgaruvchi birlikka ta’sir etuvchi, o‘zaro aloqa- dorlik va bog‘lanishdagi alohida belgining boshqa belgilar ta’sirida o‘zgarishlarini aniqlash

2

Logorifmlar usuli

Natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi ko‘plab omil- larning ta’sirini aniqlashning matematik ifodaga
solinishi

3

Determinantlar usuli

Yakuniy ifodaga ta’sir etuvchi bir omilning ikkinchi
omilni tug‘diruvchi va ularning alohida tarkiblanishi

4

Matritsalar usuli

Yakuniy ifoda va natijaviy ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi omillarni juftlik, birlik va ko‘plik koefitsi- yentlarda aniqlash

5

Chiziqli programma- lashtirish usuli

Xo‘jalik jarayonlarini funksiya va cheklanishlarda qatorli tarzda programmalashtirish va ularni boshqarish bo‘yicha muqobil qatorlardan eng
optimal variantini aniqlash

6

Nazariy o‘yin usuli

Ijtimoiy, ekologik, texnologik shartlarni hisobga ol- gan holda boshqarishni bir xil darajada saqlashning
shartlarini belgilash

7

va hokazo usullar...




Iqtisodiy-matematik usullarni qo‘llash asosida:



  • tahlilni bajarish muddati tezlashadi;

  • o‘zgarishlar va ularning ta’sirini aniq hisoblash mumkin bo‘ladi;

  • oddiy-an’anaviy usullar bilan hisoblab bo‘lmaydigan murakkab omillar va ko‘p omilli ko‘rsatkichlarni to‘liq o‘rganish imkoni tug‘iladi;

  • har bir ta’sir etuvchi omilning miqdor va sifat jihatlarini aniq ko‘rsatib berish imkoniyati tug‘iladi;

  • hisoblash texnikalaridan foydalanish osonlashadi va hokazolar.



    1. Iqtisodiy tahlilda taqqoslash usuli


Taqqoslash – inson atrof-muhitni anglay boshlagan usullardan biri bo‘lib, undan doimo foydalaniladi. Uning muhimligi quyidagi naqlda ham qayd qilinadi: «Barcha narsa qiyoslashda anglanadi». Bu usul iqtisodiy hodisalar tadqiqida ham keng tarqaldi: baholash uchun
qo‘llaniladigan har bir ko‘rsatkich, har bir raqam, nazorat va prognoz xuddi shunday boshqalar bilan taqqoslashdagina ahamiyatlidir.
Taqqoslash mohiyati turdosh obyektlar o‘rtasidagi o‘xshashlik yo- ki farqlarni aniqlash maqsadida qiyoslashdir. Ular yordamida umumiy va xususiy iqtisodiy hodisalarni taqqoslash ishlari bajariladi, o‘rganila- yotgan obyektlar darajasida o‘zgarishlar, tendensiyalar va ularning rivoj- lanishi qonuniyatlari, ular o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqalari o‘rnatiladi.
Texnologik taqqoslash bir nechta bosqichdan iborat: taqqos- lanadigan obyektlarni tanlash, taqqoslash shaklini tanlash (dinamik, makoniy va b.), taqqoslash ishlari bazasini tanlash (o‘tgan davr, hisobot davr rejasi, etalon korxona va boshqalar), obyektlarni qiyoslash amalga oshiriladigan ko‘rsatkichlar sonini tanlash, taqqoslash shkalasini tanlash. Iqtisodiy tahlilda qiyosiy tahlilning quyidagi shakllari farqlanadi:
gorizontal va vertikal, dinamik va statik, bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli.
Gorizontal qiyosiy tahlil o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning haqiqatdagi darajasini bazaviydan (reja, o‘tgan davr, o‘rtacha daraja, fan va ilg‘or tajriba yutuqlari) absolut va nisbiy og‘ishlarini aniqlash uchun foydalaniladi.
Vertikal qiyosiy tahlil yordamida iqtisodiy hodisalarning strukturasi va jarayonlarning qismlari hamda umumiy solishtirma salmog‘ini hisoblash yo‘li bilan (o‘z kapitalining umumiy kapitaldagi solishtirma salmog‘i), butun va qism nisbatlari (masalan, o‘z va qarz kapitali, asosiy va aylanma kapital), shuningdek, omillarning natijaviy ko‘rsatkich- larning darajasiga ta’sirini mutanosib omilning oldingi va keyingi o‘zgarishlari miqdorlariga taqqoslash yo‘li bilan o‘rganiladi.
Trend tahlil o‘rganishda bazis yil darajasiga nisbatan qator yillar uchun nisbiy o‘sish sur’ati va ko‘rsatkichlarning o‘sishini o‘rganishda qo‘llaniladi, ya’ni ko‘rsatkichlar dinamikasining asosiy tendensiyalari tadqiq qilinadi.
Dinamik taqqoslash o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning davriy o‘zga- rishini o‘rganish uchun qo‘llaniladi, statik taqqoslash – turli xo‘jalik subyektlari bir davr bo‘yicha ko‘rsatkichlar darajasini baholash uchun.
Bir o‘lchovli tahlilda bir obyektning bir yoki bir nechta ko‘rsatkichlari bo‘yicha yoki bir nechta obyektlarni bir ko‘rsatkich bo‘yicha taqqoslash ishlari bajariladi.
Ko‘p o‘lchamli qiyosiy tahlil yordamida bir nechta korxonalar (bo‘linmalar) keng spektrli ko‘rsatkichlar bo‘yicha faoliyat natijalari taqqoslanadi.
Taqqoslash bazasiga bog‘liqligiga ko‘ra u quyidagi turlarga ajratiladi (4-jadval).

        1. jadval

Yüklə 11,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   316




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə