Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


-----oy uchun mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha rejaning bajarilishi



Yüklə 11,19 Mb.
səhifə28/316
tarix22.03.2024
ölçüsü11,19 Mb.
#180553
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   316
642a946f5e25f (1)

-----oy uchun mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha rejaning bajarilishi





Mahsulot turi

Ishlab chiqarish hajmi, mln so‘m.

Rejadan og‘ishish (+;-)




reja

haqiqatda

mutlaq, mln so‘m.

nisbiy, %

A

300

327

+27

+9,0

B

250

225

-25

-10,0

va hokazo













JAMI:

550

552

+2

+0,4

O‘tgan davr haqiqatdagi ma’lumotlari reja ko‘rsatkichlarining asoslanganligini tekshirish uchun foydalaniladi. Buning uchun o‘tgan 5-
6 yil haqiqatdagi ma’lumotlarining o‘rtachasi joriy yilning reja ma’lumotlari bilan qiyoslanadi.

      1. jadvalda keltirilgan ma’lumotlar shundan darak beradiki, reja bo‘yicha A turdagi mahsulot ishlab chiqarish yetarlicha asoslangan hisoblanadi. B turdagi mahsulot esa to‘rt davr o‘rtachasidan oshiqcha bo‘lib, bozor talabiga ham mos tushmagan. Shuning uchun mazkur ko‘rsatkich +39 (250-211) mln.so‘mga ko‘p belgilangan. Joriy yil rejaviy ko‘rsatkichlarini bajarilish holatini 6-jadvaldan bilib olsa bo‘ladi.

      2. jadval

Mahsulot ishlab chiqarish (taqqoslama narxlarda,) mln so‘m


Mahsulot
TURI

O‘tgan yillar

To‘rt davr uchun o‘rtachasi

Reja (kelgusi davr)




1

2

3

4







A

280

300

300

320

300

300

B

200

205

218

221

211

250

va hokazo



















Jami:

480

505

518

541

511

550

Ko‘rsatkichlarning haqiqatdagi darajasini rejadagi bilan qiyoslash korxona faoliyati samaradorligini oshirishda foydalanilmagan rezerv- larni aniqlash uchun ham zarur. Agar reja bo‘yicha qandaydir tadbir ba- jarilmagan bo‘lsa, u holda buni mahsulot ishlab chiqarish o‘sishida, uning tannarxini pasaytirish, foyda va rentabelligi o‘sishini foydalanil-


magan rezervlari sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Misol uchun, aniq B mahsulot bo‘yicha innovatsion chora-tadbirlar rejasining bajarilishi (7- jadval).

      1. jadval

Innovatsion chora-tadbirlar rejasining bajarilishi, mln so‘m







Tadbirlar

Reja bo‘yicha



Haqiqatdagi

Rejadan mutlaq og‘ishish (+;-)

Reja bajarilishi (+;-
), %

Uskunalar modernizatsiyasi

30

22

-8

- 26

O‘rganilayotgan holatga yangi texnologiyalar joriy etish va usku- nalar modernizatsiyasi bo‘yicha reja bajarilmagan. Ushbu omillarning mehnat unumdorligi o‘sishiga ta’sirini bilgan holda, shunga bog‘liq ra- vishda mahsulotlar hajmi qanchalik kamayganini hisoblash qiyin emas.


Iqtisodiy tahlilda u yoki bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha erishilgan darajasini istiqbolli reja-prognoz ma’lumotlari bilan taqqoslash ham muhim ahamiyatga ega. Bunday taqqoslash istiqbolli reja bajarilishi jarayonini, haqiqatdagi natijalarning kutilgandan og‘ishini va kelgusi davr vazifalarini oldindan ko‘rishga imkon beradi.
Analitik ishlar amaliyotida haqiqatdagi natijalarni tasdiqlangan norma va standartlar bilan taqqoslashda keng foydalaniladi (8-jadval), u mahsulot ishlab chiqarish resurslarini tejalishi yoki sarfi oshganligini aniqlash, ulardan ishlab chiqarish jarayonida foydalanish samarador- ligini baholash va mahsulot ishlab chiqarish o‘sishi va uning tannarxini pasaytirishda foydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlash uchun zarur.



      1. jadval

Korxonaning material resurslaridan foydalanilishiga oid ma’lumotlar




Resurslar turi

Resurs xarajatlari, t

Me’yordan og‘ishish (+;-)

me’yor bo‘yicha

haqiqatda

mutlaq

foizda

Neft mahsu- lotlari

600

615

+15

+2,5

xomashyo

1200

1176

-24

-2,0

yoqilg‘i

2500

2750

+250

10,0

va hokazo













Iqtisodiy tahlilda ham haqiqatda erishilgan natijalarni o‘tgan davr ma’lumotlari bilan taqqoslash juda ko‘p qo‘llaniladi. Bu o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar o‘zgarishlariga oid sur’atlarni baholashga va iqtisodiy jarayonlar rivojlanishi tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlashga imkon beradi.

      1. jadval

Asosiy ko‘rsatkichlar dinamikasi


Yillar

Mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi



Ishchilar soni

Bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulot



mln. so‘m

bazis yilga nisbatan
% da



kishi

bazis yilga nisbatan
% da



ming so‘m.

bazis yilga nisbatan
% da

2003

830

-

1094

-

758,7

-

2004

910

9.6

1087

-0.7

837,2

+10,3

2005

930

2.2

1075

-1.2

865,1

+3,3

2006

1150

1.2

1064

-1.1

1080,8

+24,9

2007

1200

4.3

1000

-6.1

1200,0

+11,0




  1. jadvaldan ko‘rinib turibdiki, mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘sish, ishchilar soni esa kamayish tendensiyasiga ega. Bu o‘sish va kamayish mehnat unumdorligini bazis yilga nisbatan ortishiga sabab bo‘lgan.

Korxonada tegishli ko‘rsatkichlarni texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil qilish sohasida erishilgan eng yaxshi natijalar bilan taqqoslash biznes samaradorligini oshirish rezervlarini izlashga yo‘nal- tirilgan bo‘ladi. Bunda ichki korxona va korxonalararo taqqoslash bo‘lishi mumkin. Korxonaning ichida ko‘rsatkichlarning o‘rtacha dara- jasini uning alohida segmentlari yutuqlari bilan taqqoslash ishlari olib boriladi va ularning muvaffaqiyati sabablari o‘rganiladi. Korxonalararo qiyosiy tahlil jarayonida tahlil qilinayotgan korxonaning ko‘rsatkichlari mavjud eng yaxshi natijalarga, xo‘jalik yuritishning bir xil boshlang‘ich sharoitlariga ega yetakchi korxonalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi. Tahlil qilinayotgan korxonaning faoliyat natijalarini raqobatdosh korxonalar ma’lumotlari bilan taqqoslash katta ahamiyatga ega.
Korxonalararo taqqoslash quyidagi maqsadda olib boriladi:

  • korxona va o‘xshash korxonalardagi faoliyat natijalari qanday nisbatlanishini rahbariyatga ko‘rsatish;

  • biznesning kuchli va kuchsiz tomonlariga rahbariyat e’tiborini jalb qilish;

  • korxonaning faoliyat samaradorligini baholash va uning stra- tegik va taktik siyosatiga tuzatishlar kiritish uchun rahbariyatga obyektiv baho berish.

Korxonalararo qiyosiy tahlil sohasida eng so‘nggi yutuq bu – benchmarking. Bu nafaqat xususiy sohaning, balki boshqa sohalardagi fan va amaliyot yutuqlariga asoslangan yetilib kelayotgan muammolar haqida oldindan ogohlantiruvchi tizimdir. U raqobatda ustunlikka erishish va uni saqlash uchun talab qilingan axborotlarni olish instrumenti sifatida foydalaniladi. Benchmarking korxona va yetakchilar o‘rtasida erishilgan natijalardagi tafovut mohiyatini tushunishga ko‘maklashadi. Menejerlarni yangiliklarni izlashga yanada undaydi, innovatsion faoliyat uchun baza hosil qiladi. Yuqori rahbariyatga xususiy biznesda strategik va taktik boshqaruv qarorlari bo‘yicha ortda qolishni bartaraf etishga maqbullashtirishga, mahsulot va xizmatlar bozorida yetakchi o‘rin egallashga ko‘maklashadi.
Korxonalarni taqqoslash bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Raqobat va tijorat siri tufayli raqobatdosh korxonalar kamdan-kam axborot ayirboshlashadi. Shuning uchun bir korxonaning holati bilan boshqasiniki o‘rtasida bevosita taqqoslash o‘tkazish doimo ham mumkin bo‘lmaydi – odatda, muayyan soha bo‘yicha e’lon qilingan o‘rtacha statistik ma’lumotlarga yoki aksionerlik jamiyati va mas’uliyati cheklangan jamiyat hisobotiga asoslangan bilvosita taqqoslash bilan cheklanishga to‘g‘ri keladi.
Tahlil qilinayotgan korxona ko‘rsatkichlarining haqiqatdagi darajasini soha bo‘yicha (vazirlik, birlashma, konsern) o‘rtacha ko‘rsatkichlar bilan qiyoslash ham iqtisodiy tahlilda katta ahamiyatga ega. Bunday taqqoslash tahlil qilinayotgan ushbu sohaning, korxonaning boshqa xo‘jalik subyektlari o‘rtasida reytingini aniqlash, korxonaning rivojlanishi darajasini yanada to‘liq va obyektiv baholash, uning xo‘jalik faoliyati natijalarini belgilovchi umumiy va o‘ziga xos omillarni o‘rganish, operatsion va moliyaviy risk darajasini baholash uchun zarur.
Parallel va dinamik qatorlarni qiyoslash turli ko‘rsatkichlar o‘rtasida aloqa shakllari va yo‘nalishlarini aniqlash va asoslash uchun foydalaniladi. Shu maqsadda ko‘rsatkichlardan birini tavsiflovchi raqamni o‘suvchi yoki kamayuvchi tartibda ranjirlash va shunga bog‘liq ravishda boshqa tadqiq etilayotgan ko‘rsatkichlarni qay tarzda o‘zgarishini ko‘rib chiqish zarur.

  1. jadvalda qishloq xo‘jalik ekinlari va tuproq hosildorligi

bo‘yicha tumanning 10 fermer xo‘jaligiga oid ranjirlangan ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu ma’lumotlarni o‘rganish o‘rganilayotgan ko‘rsat- kichlar o‘rtasida chambarchas aloqa mavjudligini tasdiqlaydi: tuproq sifati oshganda don ekinlari hosildorligi o‘sadi.


10-jadval

Yüklə 11,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   316




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə