Morfemika va so’z yasalishini o’qitish metodikasi



Yüklə 147,23 Kb.
səhifə1/8
tarix30.12.2023
ölçüsü147,23 Kb.
#166303
  1   2   3   4   5   6   7   8

Morfemika va so’z yasalishini o’qitish metodikasi
Reja:



    1. Morfemika o’qitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari.

    2. So’z yasalishini o’qitishning maqsad, vazifalari va metodlari.

3. Morfemka, so’z yasalishi va orfografiya aloqadorligi.

6-sinfning 1-choragida “Morfologiya” bo’limi ta’limini boshlashdan avval 15 soat morfemika va so’z yasalishi mavzulari uchun dastuur hamda darslikda vaqt ajratilgan. Bunda, asosan, quyidagi mavzular: “So’z tаrkibi hаqidа umumiy mа’lumоt”,


“Qo’shimchаlаrning mа’nо vаzifаsigа ko’rа turlаri”, “So’z yasоvchi qo’shimchаlаr”, “Tub va yasama so’zlar”, “Shаkl yasоvchi qo’shimchаlаr”, “So’zning mоrfоlоgik tаrkibi”, “So’z tаrkibidа tаrtib”, “So’z tаrkibi vа so’z yasаlishi bo’yichа tаhlil tаrtibi ustidа ishlаsh” berilgan.
6-sinf bitiruvchilаrigа mazkur mavzular bo’ycha qo’yilаdigаn tаlаblаrda
qo’shimchаlаrni ko’mаkchilаr bilаn, ko’mаkchilаrni
qo’shimchаlаr bilаn аlmаshtirib qo’llаsh;
o’rgаnilgаn ifоdа vоsitаlаrini o’rinli qo’llаy оlish vа ulаrning uslubiy imkоniyatlаridаn fоydаlаnа оlish malaka va ko’nikmalari belgilangan.
Ma’lumki, morfemika – so’zning ma’noli qismlari haqidagi * ma’noli qismlari morfemalar deyiladi. Morfema
ta’limot. So’zning so’zning bo’linmas, eng kichik ma’noli qismi bo’lib, asosan, nazariy jihatdan asos (o’zak) morfema va asos qismga qo’shilib muayyan grammatik ma’noni yuzaga chiqaruvchi affiksal morfema nazarda tutiladi.
* Maktab darsliklarida morfemika bo’limiga tegishli ma’lumotlar goh an’anaviy, goh zamonaviy tilshuunoslik ma’lumotlariga ko’ra har xil beriladi. Shuni inobatga olib mazkur o’rinda o’zbek morfemikasiga oid biroz nazariy ma’lumotlar keltirishi joiz deb bildik.
Asos (o’zak) morfema – so’zda, albatta, ishtirok etadigan, leksik (lug’aviy) ma’no ifodalay oladigan morfema turi. O’zak morfema so’z yasalishi uchun ham, shakl (forma) yasalishi uchun ham asos bo’ladi: gulchilarimizni: o’zak morfema – gul.
Affiksal morfema (qo’shimcha morfema) – mustaqil leksik (lug’aviy) ma’no ifodalay olmaydigan, so’zning leksik yoki grammatik ma’nolari shakllanishida xizmat qiladigan morfema turi. Affiksal morfema so’z tarkibida hamma vaqt ham ishtirok etavermaydi. Affiksal morfemalar (qo’shimchalar) umumiy tarzda yasovchilar hisoblanadi va ular vazifasiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 1) yangi so’z yasovchilar va 2) shakl yasovchilar. (Shakl yasovchilar ichki mohiyatiga ko’ra –lug’aviy shakl yasovchilar hamda sintaktik shakl yasovchilarga bo’linadi. Shu bois ba’zan darsliklarda affiksal morfemalar uch turga (1)so’z yasovchi; 2) lug’aviy shakl yasovchi; 3) aloqa-munosabat qo’shimchalariga) bo’linadi.
(O’zbek tili (asosan, artikllar bilan ish ko’rvchi rus, ingliz kabi flektiv tillardan farqlanuvchi) agglyutinativ tillar sirasiga kiradi va shu mohiyatiga ko’ra ko’proq qo’shimchalar bilan ish ko’radi. (Ammo bu flektiv tillar mutlaqo qo’shimcha qo’llamaydi yoki agglyutinativ tillarda grammatik ma’no faqat affikslar asosida yuzaga chiqadi degani emas.) Qarang: 7-jadval)

Yüklə 147,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə