Morfemika va so’z yasalishini o’qitish metodikasi



Yüklə 147,23 Kb.
səhifə6/8
tarix30.12.2023
ölçüsü147,23 Kb.
#166303
1   2   3   4   5   6   7   8
topshiriq. Berilgan so’zlarni yasalish usuliga qarab ajrating va quyidagi jadvalga joylashtiring.

O’quvchi, taxtako’prik, sovuq, gulqo’rg’on, qiymataxta, havorang, og’riq, qaviq, qazuvchi, olaqarg’a, tilak, gavjum, atirgul, marvaridgul, xashak, beibo, bahoriy, naqshbop, quvonch, borib kelmoq, e’lon qilmoq, sap-sariq, yashiltob, orzumand, jizzaki, shartaki, qonuniy, shilpildoq, gultuvak, oilaviy.

Asosga qo’shimcha
qo’shib yasalgan
(affiksatsiya)

So’zga so’z qo’shib yasalgan
(kompozitsiya)

Yasalmagan, tub so’z

orzumand...

gulqo’rg’on...

yashiltob...

  1. topshiriq. O’zbek tilida asosiy so’z yasash usullarini izohlashga harakat qiling.

  2. topshiriq. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarning lug’aviy ma’nosini izohlang va ular ishtirokida bog’lanishli kichik matn tuzing.

Ko’p hollarda so’z yasovchi morfema qo’shilganda tovush moslashishi, tovush tushishi, orttirilishi va almashinishi bilan bog’liq fonetik o’zgarishlar kuzatilishi mumkin. O’quvchilar hukmiga havola etilayotgan topshiriqlarni shu asosda tuzish ham o’rinli.
“So’zning morfem tarkibi” mavzusi so’z tarkibini ma’noli qismlarga bo’lish bilan bog’lanadi. Har bir so’zning morfemalarga ajratilishi undagi qismlarning hozirgi o’zbek adabiy tilida o’zaro munosabatga kirisha olish xususiyatiga asoslanadi. So’zning tarkibini ajratishda, avvalo o’zak ajratilib, uning lug’aviy ma’nosi aniqlanadi. O’zakka qaysi qo’shimcha turi qo’shilmasin, u har doim o’zakdagi ma’no bilan aloqador bo’ladi va yangi so’z yasalganda ham o’zakning ma’nosi saqlanib qoladi. Masalan, suvoqchilik so’zining tarkibi suva+q+chi+lik. Ushbu kasb-hunar bilan bog’liq soha otining o’zakdagi suvash harakati bilan aloqasi uzilmagan.
Ko’p hollarda so’zning morfem tarkibini aniqlashda so’zdagi fonetik o’zgarishlar qiyinchilik tug’diradi. Tillarni kuzatishdan ma’lumki, morfologik ko’rsatkichlar yo mustaqil ma’noli leksemalardan, yoki har xil qo’shimchalarning o’zaro birikib yangi qo’shimcha hosil qilish usulidan shakllanadi. Ko’pgina so’zlar qo’shilib ketishi natijasida ikkinchi qism morfemaga aylanib ketishi mumkin: yo’qot (yo’q et), gapir (gap ur), tupir (tuf ur), supur (suv ur), berkit (berk et), to’lat (to’la et) kabi.
Hozirgi o’zbek adabiy tilida so’zga qo’shimcha qo’shilganda o’zakda fonetik o’zgarishlarning ba’zi ko’rinishlari kuzatiladi. Tovush tushishi:
so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shilganda: sariq-ay/sarg’ay, past- ay/pasay, og’iz-aki/og’zaki, o’yin-a/o’yna, o’rin-ash/o’rnash, ayir-im/ ayrim, buyur-uq/ buyruq; lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar qo’shilganda: ayir-il/ayril,
ikki-ov/ikkov, olti-ala/oltala, yetti-ovlon/yettovlon; sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar qo’shilganda: men-ning/ mening, sen-ni/ sening; burun-i/burni, shahar-im/shahrim, o’g’il-ing/ o’g’ling.

Yüklə 147,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə