Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   118
 
Lotin alifbosi 
 
Aa 
Bb 
Dd 
Ee 
Ff 
Gg 
Hh 
Ii 
Jj 









Kk 
Ll 
Mm Nn 
Oo 
Pp 
Qq 
Rr 
Ss 
10 
11 
12 
13 
14 
15 
16 
17 
18 
Tt 
Uu 
Vv 
Xx 
Yy 
Zz 
O‘o‘ G‘g‘ Shsh 
19 
20 
21 
22 
23 
24 
25 
26 
27 
Chch 
NGng 
28 
29 
Lotin yozuvi asosidagi “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” 
1995 yil 24 avgustda qabul qilindi. Undagi asosiy qoidalar 
quyidagilar: 
1. Undoshlar (ayrim) so‘z o‘rtasi va oxirida qo‘shaloq kelishi 
mumkin; grammatika, metall, kilogramm. Qo‘shimcha qo‘yilganda 
biri tushadi: metalni.
2. Ayrim so‘zlarda I, II, III shaxs egalik qo‘shimchasi 
qo‘shilganda y (u) tovushi qo‘shib aytiladi va yoziladi: parvouim, 
mavqeying obro‘yimiz, mavzuyingiz, parvoyi. 
Xudo, mavzu, dohiy so‘zlari III shaxsda 
xudosi, mavzusi, dohiysi 
tarzida yoziladi. Orzu so‘zi: 
orzum, orzung, orzusi 
tarzida bo‘ladi. 
3. g,g‘ bilan tugagan so‘zga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi 
qo‘shilganda quyidagicha yozish saqlanadi: barg-ga-bargga: cho‘g‘-
ga-cho‘g‘ga: bog‘-ga-bog‘ga.
4. Qo‘shimcha qisqartma otlarga qo‘shib yoziladi: O‘zMUning. 
Yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi: O‘zR FA 
5. Birikmadan yuzaga kelgan qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: 
so‘zboshi, mingboshi 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
83 
83
6. Juft so‘zlar orasida -u,-yu yuklamalari bog‘lovchi vazifasida 
kelsa, yuklama chiziqcha bilan yoziladi: do‘st-u dushman, yer-u 
osmon. 
7. Yuzma-yuz, rang-barang (yuzma-yuz, rang-barang) tarzidagi 
so‘zlar ham chiziqcha bilan yoziladi. 
8. Kirill alifbosida 3 yuklama (-mi, -oq, -gina) qo‘shib, qolgani 
ajratib yozilar edi. Lotin yozuvida esa 4 yuklama (-mi, -oq, -gina, -
ov) qo‘shib, qolgani ajratib yoziladi. 
9. Arabcha raqamlardan keyin tartibni bildiruvchi chiziqcha 
qo‘yiladi: 60-yillar: 1999- yilning 1-sentabri 
10. Qo‘shma fe’llar doimo ajratib yoziladi: sotib ol, tasdiq qil. 
11. Yildan yilga, kundan kunga tipidagi so‘zlarda chiziqcha 
qo‘yilmaydi (kirill alifbosida qo‘yiladi: kundan-kunga, yildan-yilga). 
ko‘pdan ko‘p, yangidan yangi: (ko‘pdan ko‘p, yangidan yangi) 
12. 
Birato‘la, birvarakayiga, biroq, birmuncha, buyon
so‘zlari 
qo‘shib yoziladi 
13. Joy nomlarida atoqli ot tarkibidagi sifatlovchi ham bosh 
harfda yoziladi: shimoliy Kavkaz. 
14. Xalqaro tashkilotlar, davlatlar, oliy tashkilotlar, mansab 
(oliy)lar tarkibidagi har bir so‘z bosh harf bilan yoziladi: O‘zbekiston 
Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti.
15. Ba’zi atoqli otlarning faqat birinchi so‘zi bosh harf bilan 
yoziladi: O‘zbekiston Milliy tiklanish partiyasi, Fanlar akademiyasi. 
16. ”She’rning har bir misrasi bosh harf bilan boshlanadi” , degan 
qoida lotin alifbosidagi imlo qoidalariga kiritilmagan. 
17. Tartib raqami qavsda berilsa (1) 2) a) b)), jumla kichik 
harfdagi so‘z bilan boshlanadi. 
18. Inisiallar, “Boing- 767”, “5- A sinf” kabi birikmalar bo‘g‘in 
ko‘chirishda bir satrda yoziladi (bo‘g‘inga ajratilmaydi). 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
84 
84
19. s undoshi so‘z boshida, so‘z oxirida, old qo‘shimchadan 
keyin, undoshdan keyin kelsa S yoziladi: sirk, shpris, antisiklon, 
kvars, konsert; 
s undoshi unlidan keyin kelsa ts yoziladi: militsiya, litsey. 
20. Rus tili orqali o‘zlashgan ayrim so‘zlarning yozilishi 
quyidagicha: oktabr, sentabr, budjet, lustra, flaga, dirijor, schotchik, 
uchot, aluminiy, bo‘ks, molekular, yubilar. 
21. ь belgisi yozilmaydi: palto, albom, yanvar; -o, -i dan oldin 
kelsa u yoziladi: батальон- batalyon, Ильин-ilyin. 
22. ’ belgisi o‘rnida asosan ’_(tutuq belgisi, apostrof) qo‘yiladi: 
ma’no, da’vo, san’at. 
‘ (tutuq belgisi) unlidan keyin kelsa, shu unlini cho‘ziqroq 
talaffuz etishga, ta’kidlashga xizmat qiladi: ma’rifat, na’matak. 
‘( tutuq belgisi ) undoshdan so‘ng kelsa, o‘zidan keyingi 
bo‘g‘inni ajratishga xizmat qiladi: sur’at, mas’uliyat, mas’ud, san’at. 
‘( tutuq belgisi ) S va hni Sh harf birikmasidan farqlash uchun 
ham ishlatiladi: as’hob ,Is’hoq. 
Rus tilidan va rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda ‘ belgisi 
yozilmaydi: razyezd, podyezd. 
23. Ruscha щ harfi o‘rniga o‘zbek kirill alifbosida sh yoki shch 
harflari yozilar edi, o‘zbek lotin alifbosida sh yoziladi (faqat 
meshshan so‘zida ikkita sh yoziladi): obshina, yamshik. 
1989 yil 21 oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. 
1995 yil dekabrda bu qonun qayta ko‘rilib, uning yangi tahriri 
tasdiqlandi. 
Kirill alifbosi asosidagi o‘zbek alfavitiga o‘zbek tiliga xos bo‘lgan 
4 ta harf (tovush) qo‘shilgan: o‘, q, g‘, h. Bu tovushlar lotin 
alifbosida ham o‘z ifodasini topgan. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə