Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   118
16-§

GRAFIKA 
 
Grafika( yunoncha”chizuv”,”yozma”) yozuv va uning turlari 
haqidagi bo‘lim. 
Harf asosiy grafik vositadir. Har bir nutq tovushi uchun olingan 
shartli shakl harf deyiladi. Yozuvda ishlatiladigan va qat’iy tartibda 
joylashtirilgan harflar yig‘indisi alifbo deyiladi.
Hozirgi o‘zbek tilida (rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvida) 33 
harf 2 belgi bo‘lib, shulardan 6 tasi unli (a,i,e, u,o‘,o) 4 tasi yo-
lashgan unli, 23 tasi undosh harf. O‘zbek tilida 25 ta undosh tovush 
bo‘lib, 23 ta harf bilan ifodalanadi.( ikki tovush yozma ifodasiga ega 
emas: j-juma,jurnal; ng-tong, senga). 
 x
va 

undoshlari alohida fonemalardir. 
i bilan boshlanuvchi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida x yoziladi: ix-
tiyor, ix-cham, ix-los, ix-tisoslik; qolgan bo‘g‘inlarida kelsa h 
yoziladi: il-hom, i-ho-ta, is-loh; 
e bilan boshlanuvchi so‘zlar tarkibida asosan h yoziladi: ehson, 
ehtirom, ehrom, ehtiyot, ehtiyoj.
x va h ayrim so‘zlarda ma’no farqlashga xizmat qiladi: xol (dog‘)-
hol (ahvol); xam (egik)-ham (yuklama); shox (daraxt shoxi)-shoh 
(podshoh); rux (metall)- ruh (arvoh); 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
81 
81
Ayrim so‘zlarda yonma-yon kelgan ikkita bir xil undoshdan biri 
tushirilsa, so‘z xato hisoblanmaydi, faqat so‘z ma’nosi o‘zgaradi;
 
qattiq-qatiq; silla-sila; tilla-tila; mashshoq-mashoq; cho‘qqi-cho‘qi; 
ushshoq-ushoq; 
Siyla, biyron, ziyrak
so‘zlarida y undoshi tushirilganda so‘z xato 
hisoblanmaydi, ma’no o‘zgaradi: sila, biron, zirak. 
‘ 
belgisi. 
‘ belgisi tovush ifodalamaydi: 
a)
‘ belgisi unli tovushdan keyin kelsa, unlini 
cho‘ziqroq talaffuz etish uchun xizmat qiladi: ma’no, ma’rifat, 
ta’limot.
b)
‘ belgisi undoshdan keyin kelsa, keyingi bo‘g‘inni 
ajratish uchun xizmat qiladi: mas’ud, mas’ul, jur’at, sun’iy. 
‘ belgisi ma’no farqlash uchun ham xizmat qiladi:
 sher (hayvon)-
she’r (ijod mahsuli); qala (ish harakat)-qal’a (qarorgoh); tana 
(vujud)- ta’na (minnat); nasha (o‘simlik)- nash’a (zavq); sanat (fe’l)-
san’at (ot); surat (tasvir)-sur’at (tezlik); tarif (toifa)- ta’rif 
(sifatlash);
Hozirda ikki xil yozuvdan foydalanilmoqda. O‘zbek xalqi VII 
asrlargacha runik, uyg‘ur, so‘g‘d, moniy, braxma yozuvlaridan 
foydalangan. XV asrda arab yozuvi bilan bir qatorda uyg‘ur yozuvi 
qo‘llangan. VIII asrda 1929 yilgacha arab yozuvi; 1929-1940 yillarda 
lotin yozuvi; 1940 yildan hozirga qadar kirill yozuvidagi rus 
alifbosidan foydalanilmoqda.
Lotin yozuviga o‘tish to‘g‘risidagi qaror 1993 yil 2 sentyabrda 
qabul qilindi. 1993 yil 2 sentyabrdagi qarorga muvofiq lotin alifbosi 
31 ta harf va bitta tutuq belgisi (‘apostrof) dan iborat deb belgilandi. 
Keyinchalik, 1995 yil 6-7 may qaroriga muvofiq bu alifboga 
o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra alifbo 26 ta harf va 3 ta harf 
birikmasidan (Ch, Sh, Hg) iborat (jami: 29 ta harf) deb belgilandi. 
Lotin alifbosiga o‘tish dastlab 2000 yilgacha bo‘lgan muddatda 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
82 
82
belgilandi. O‘zgartirish haqidagi qarorga asosan 2005 yilgacha, deb 
uzaytirildi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə