Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   118
 Tovush o‘zgarishlari 
 
O‘zakka qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida yuzaga keladigan 
o‘zgarishlar
fonetik o‘zgarishlar
yoki 
tovush o‘zgarishlari
deyiladi. 
Tovush o‘zgarishlarining quyidagi ko‘rinishlari mavjud. 
1. 
Tovush almashuvi:
bunda qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida 
bir tovush boshqa tovushga almashadi:
 qishloq-im-qishlog‘im, etik-i-
etigi, yosh-a-yasha, son-a-sana, bo‘ya-q-bo‘yoq, ong-la-angla, ot-a-
ata

2. 
Tovush tushishi: 
a) unli tovush tushadi: 
o‘g‘il-im-o‘g‘lim, 
shahar-ing-shahring, ulug‘-ay-ulg‘ay.
b) undosh tovush tushadi: 
past-ay-pasay, sust-ay-susay, men-niki-meniki, sen-ning-sening. 
3.
Tovush ortishi
: shu-day-shunday, o‘sha-da-o‘shanda; isi-q-
issiq. 
13-§. ORFOEPIYA 
 
Orfoepiya (grekcha “orfo- to‘g‘ri, epos-nutq”) talaffuz me’yorlari 
haqidagi bo‘lim. Talaffuz jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
74 
74
orfoepiyada o‘rganiladi. Orfoepiya me’yorlari tilning fonemalar 
tizimi, fonemalarning ma’lum o‘zgarishlari bilan bog‘liq. Orfoepik 
talaffuz me’yorlari adabiy til bilan birgalikda shakllanadi. Jonli 
so‘zlashuv va mahalliy shevalar orfoepik me’yorning buzilishi 
hisoblanadi. 
O‘zbek 
tilidagi 
asosiy 
orfoepik 
me’yorlar 
quyidagilardan iborat. 
Unlilar orfoepiyasi:
1. So‘zning yopiq bo‘g‘inlarida 
i
unlisi juda qisqa talaffuz etiladi: 
biz,kir, tik, birikma, mis.
2.
oi
unlilari yonma-yon kelgan so‘zlarda ular orasiga y qo‘shib 
talaffuz etiladi: 
oid-oyid; qoida-qoyida; foiz-foyiz

3. Ko‘p bo‘g‘inli arabcha so‘zlarda 
a
unlisi 
i
tovushiga monand 
talaffuz 
etiladi:
 
mulohaza-mulohiza; 
muhokama-muhokima; 
muomala-momila.
4. 
a
unlisi 
i
bilan yonma-yon kelgan so‘zlarda qisqa 
y
qo‘shib 
talaffuz qilinadi:
 zaif-zayif; maishat-mayishat

5.
a e 
birikmasida 
e
tovushi 
y
tarzida talaffuz etiladi: 
aeroport-
ayraport; aeroflot-ayroflot

6. Unli tovushlar til oldi undoshlari bilan yonma-yon kelsa 
yumshoq (
malika
), chuqur til orqa undoshlari bilan yonma-yon kelsa 
qattiq talaffuz etiladi (
qatiq)

Undoshlar orfoepiyasi:
1. b undoshi so‘z oxirida jarangsizlashib 
p
tarzida talaffuz etiladi: 
istirob-istirop. 
So‘z o‘rtasida v bilan almashadi:
kabob-kavob; 
qaboq-qovoq

2. v undoshi so‘z oxirida va jarangsiz undoshlardan oldin f tarzida 
talaffuz etiladi: avtobus-aftobus; Hakimov-Hakimof. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə