Muhandislik-texnologiya


Insonning tabiiy-tarixiy kelib chiqishi haqidagi nazariya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə40/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   193
Falsafa

Insonning tabiiy-tarixiy kelib chiqishi haqidagi nazariya. Eng qadimgi miflardayoq, odamning xudo tomonidan yaratilganligi haqidagi g’oya bilan bir qatorda antropogenezni tabiiy-tarixiy idrok etish unsurlari ham mavjud edi. Insonlarning paydo bo’lishi ularda mo’jizali shakliga ega, ammo ushbu tasavvurlarda insonning xudo tomonidan yaratilganligi akti mavjud emas. To’g’ri, miflarda ko’pincha tabiiy-tarixiy va diniy elementlar shunchalik qorishib ketadiki, aks hollarda ularni bir-biridan ajratish qiyin bo’ladi.
Avstraliyadagi dieri qabilasining afsonasida odamlarning kelib chiqishi shunday bayon qilinadi. Perigundi ko’lining o’rtasida yer yorilib u yerdan mardu deb ataluvchi totem mavjudotlar chiqqan. Ular kuchga kirib olgunlariga qadar oftobda yotdilar, keyin esa odamlarga aylanib yer yuziga tarqaldilar. Keraki qabilasida mavjud tasavvurlarga ko’ra odamlarni hech kim yaratmagan: afsonaviy qahramon Kambel daraxt kesayotib, ularni urug’lari bilan yashayotgan joyidan topib olgan. Qadimgi xitoy mifologiyasiga ko’ra esa, odamlar Pan-Gu deb ataluvchi kosmik odamning jasadi ustida o’rmalab yurgan parazitlardan kelib chiqqan.
Qadimgi falsafiy tasavvurlarda ham insonning tabiiy-tarixiy kelib chiqishi haqidagi gipotezani uchratish mumkin. Hind faylasuflari charvak-lokayatlar ta'limotiga ko’ra ongga ega bo’lgan tirik tan ham butun dunyo singari to’rt unsurning, ya'ni yer, olov, havo va suvning qo’shilishdan paydo bo’lgan.
Odamning tabiiy ravishda kelib chiqqanligi g’oyasi qadimgi yunon falsafasida ham o’z aksini topgan. Odamning hayvondan kelib chiqqanligi haqidagi gipotezani birinchi bo’lib Anaksimandr oldinga surgan edi. Uning ta'limotiga ko’ra odamlar baliqlar qornida paydo bo’lgan va xuddi akulalar singari parvarish qilingan. Ular kuchga kirib o’zlarini eplay oladigan bo’lganlaridan so’ng tashqariga chiqqanlar va yerga yetib borganlar. Qadimgi yunon faylasufi Empedokl dastlab inson tanasining ayrim qismlari: boshlar, qo’llar va h.k. paydo bo’lgan deb hisoblagan. Birlashtirish va ajratish qudratiga molik bo’lgan sevgi kuchlarining dunyoda ustuvor bo’lishi bilan turli xil qismlar bir-biri bilan qo’shila boshlagan. Buning natijasida turli kombinatsiyalar yuzaga kelgan: ikki boshli odamlar, ho’kizpeshona odamlar, inson boshi singari boshga ega bo’lgan ho’kizlar, ayollarga xos belgilarga ega bo’lgan erkaklar va hokazl. Ular orasidan mukammallikka ega bo’lganlari yashab qolgan, qolganlari esa qirilib bitgan, shu jumladan yuqorida sanab o’tilganlar tipidagi mavjudotlar ham yo’qolib ham ketgan. Atomizmning asoschisi bo’lgan Demokrit esa inson loy va suvdan paydo bo’lgan deb hisoblar edi. yer paydo bo’lgandan so’ng uning loyqasimon yuzasida plyonka bilan qoplangan pufaklar (badboy va suvli) yuzaga kelgan. Ularni kunduzi quyosh qizdirar, tunda esa namlikni o’zlariga singdirar edilar. Ular shu tariqa ko’payib borgan va so’ngra yorila boshlagan hamda ulardan odamlar va hayvonlar paydo bo’lgan.
Insonning tabiiy-tarixiy kelib chiqishi to’g’risidagi falsafiy konsepsiyalar to XIX asrning oxiriga qadar faqat mushohadalardan iborat bo’lib, hech qanday isbot-dalillarga ega emas edi. Biroq ilmiy ma'lumotlarning to’planishi bilan mazkur yondashuv ilmiy hamjamiyatda tobora ko’proq ustunlikka ega bo’la boshladi.
Insonning hayvonlarga o’xshab ketishini odamlar juda qadimgi zamonlardayoq payqaganlar. Antik fanning paydo bo’lishi bilan inson va hayvonlarni qiyosiy tahlil qilish yo’lidagi dastlabki urinishlar ham yuzaga keldi. Bunday harakatlarning dastlabkilaridan birini Qadimgi Gretsiyada Arastu amalga oshirdi, Qadimgi Rimda yashagan vrach va anatom Klavdiy Galen esa birinchilardan bo’lib odam bilan maymun o’rtasidagi o’ xshashliklarni tavsiflab berdi.
1610 yilda faylasuf va olim Lyuchilio Vanini odam va maymunning qarindoshligi haqidagi g’oyani ilgari surdi va buning uchun gulxanda kuydirildi. 1699 yilda esa ingliz anatomi E.Tayzon «Orangutan yoki o’rmon odami: maymun, pigmey va insonning qiyosiy anatomiyasi» nomli asarini e'lon qildi.

  1. asrga kelib olimlar endi inson va hayvonlar o’rtasidagi o’xshashlikni shunchaki qayd etish bilan cheklanib qolmadilar. Tirik organizmlarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan shved olimi Karl Linney (1707-1778), garchi insonning xudo tomonidan yaratilganligi haqidagi g’oyani tan olsada, o’z tasnifida uni hayvonlar dunyosining boshqa vakillari orasiga joylashtirgan va bunda u Homo turini alohida ajratgan edi. J.B.Monboddo va J.E.Doornikning ilmiy ishlaridan boshlab odamlarning insonga o’xshash maymunlardan kelib chiqqanligini haqidagi fikr to’g’ridan-to’g’ri tasdiq etiladi.

Antropogenezning tadrijiy xususiyati haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarning shakllanishida Jan Lamarkning (1744-1829) «Zoologiya falsafasi» deb atalgan va 1809 yilda e'lon qilingan asari muhim bosqichni tashkil etdi. Lamarkning fikriga ko’ra qadimgi maymunlar o’rmonlarning kamayib ketishi natijasida daraxtlardan tushib yerda yashashga va tik turib yurishga majbur bo’lganlar. Bu ularning umurtqa pog’onalari, oyoq kaftlari, qo’l bo’g’inlari, jag’lari, tishlari va bosh miyalarining o’zgarishiga olib kelgan. To’da-to’da bo’lib ijtimoiy hayot kechirish sharoitlarida esa ularda nutq rivojlana boshlagan. 1818 yilda esa Bilenshtedning asari dunyoga keldi, unda muallif inson va ungacha bo’lgan hayvoniy shakllarni bir butun evolyusion zanjirga bog’lovchi oraliq shakllar mavjud bo’lganligi haqidagi fikrni bayon qildi.
Odamning kelib chiqishi haqidagi tabiiy-ilmiy qarashlarning uzil-kesil tasdiqlanishida Ch.Darvinning «Tabiiy tanlanish natijasida turlarning kelib chiqishi» (1859) va «Insonning kelib chiqishi va jinsiy tanlanish» (1871) kabi asarlarida bayon etilgan evolyusiya nazariyasi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. XIX asrning o’rtalariga qadar atnropogenezning talqinlari tabiiy-ilmiy xususiyatga ega bo’ldi, ya'ni antropogenez faqat tabiiy fanlar (anatomiya,embriologiya, evolyusiya nazariyasi va boshqalar) doirasida izohlandi. Shunga muvofiq antropogenezning harakatga keltiruvchi kuchlari sifatida tabiiy-biologik olimlar tushunilar edi. Antropogenez jarayonida ijtimoiy olimlarning roli F.Engels antropogenezning mehnat nazariyasida («Maymunning odamga aylanishida mehnatning roli», 1873-1876) o’z aksini topdi. Uning mohiyati «Mehnat -insonni yaratdi» degan formulada ifoda etilgan edi.
Antropogenezning hozirgi zamon ilmiy nazariyasi endilikda tor tarmoq sohasi emas, balki tabiiy va ijtimoiy fanlarning tutashuv chegarasidagi majmuaviy fanlararo tadqiqotlardan iborat.
Bugungi kunga kelib fan odamning kelib chiqish jarayonini muayyan darajada tiklash imkonini beruvchi ko’p sonli ma'lumotlarni to’plagan. Ushbu muammoni hal etishda arxeologiya va antropologiyadan tortib to molekulyar biologiya hamda atom fizikasigacha bo’lgan ko’plab fanlar ishtirok etmoqda.
Hozirgi zamon tasniflari ma'lumotlariga ko’ra, odam turiga, umurtqalilar kichik turiga, sut emizuvchilar sinfiga, primatlar guruhiga, gominoidlarning katta oilasiga, gominidlar oilasiga, Homo turiga mansubdir.
Odamning hayvondan kelib chiqqanligini tasdiqlovchi dalillar qiyosiy anatomiya, fiziologiya, embriologiya, paleontologiya, genetika fanlari bergan ma'lumotlarga suyanadi. Barcha tirik organizmlarda hujayra tuzilishi, odam va hayvonlarning skeletlarining hamda a'zolarining o’xshashligi, odamdagi rudimentar a'zolar (kopchik umurtqalar, ohirgi jag’ tishlar, ko’richak va hokazo hammasi bo’lib 90 dan ortiq), atavizmlar (jabra yorig’i, tananing to’liq jun bilan qoplanishi va boshqalar), inson embrionida hayvonot dunyosiga xos evolyusiya bosqichlarining takrorlanishi va hokazo.
Odam hozirgi zamon biologiya fani tomonidan yaxshi o’rganilgan primatlar bilan eng ko’p genetik va anatomo-fiziologik o’xshashliklarga egadir. Odamning primatlardan kelib chiqqanligi paleoantropologiya tomonidan ham qazishmalar chog’ida topilgan gominidlar va antropoidlar shakllarini morfologik tahlili asosida tasdiqlanadi. Molekulyar biologiyaning so’nggi yillardagi yutuqlari odam bilan primatlarning nasli bir ekanligini ko’rsatuvchi yangi dalillarni aniqladi. Ma'lumki, yaqinda inson genomi sirlari ochildi va e'lon qilindi. Genetika bergan ma'lumotlarga ko’ra genlar boyicha biz insonning hozir yashayotgan qarindoshlaridan eng yaqini bo’lgan shimpanzedan atigi 1% dan sal ortiqroq farqqa egamiz. DNK molekulalari nukleotid izchilligining o’zgarish tezligiga asoslangan ma'lumotlarga ko’ra («molekulyar soatlar» metodi) bizning hozirgi maymunlar bilan ajdodimiz bir bo’lgan. Ularning ajdolari bilan odamga kelib tutashuvchi gominid liniyaning ajralish bundan 5-7 mln yil ilgari yuz bergan. Agar shimpanze nazarda tutilsa, u holda bu divergensiya 5 mln yil ilgari bo’lgan, gorillalar va orangutanlar ildizlarining ajralishi esa undan ham oldinroq roy bergan.
Antik falsafa insonga mikrokosm, kosmosning bir qismi, ya'ni makrokosm umuman dunyo bilan doimiy aloqada bo’lib turuvchi qism sifatida qaragan. Aynan ana shu antik davrda «O’z-o’zingni o’rgan» degan so’zlar aytilgan edi (Suqrot).
Suqrotning shogirdi Aflotun (eramizgacha bo’lgan 428-347 yillar) insonning ruhi o’lmaydi, u har gal yangi tanaga ko’chib o’tadi, deb taxmin qilgan edi. Insonning o’zini o’rab turgan atrof dunyoni o’rganishga urinishi bu ruhning tanga kirgunga qadar mushohada etgan abadiy g’oyalar olami haqidagi xotirotlaridir. Aflotun uchun inson ideali donishmand, faylasuf bo’lib, uning ruhi ko’p «sayr qilgan» va shu sababli uning bilimlari eng to’g’ri va qimmatlidir. Bunday komil faylasufni Arastu «o’zini tafakkur etuvchi tafakkur» deb atagan edi.
Inson haqidagi ta'limotni rivojlantirishga antik materialistlar Demokrit, Epikur, Lukretsiy Kar va boshqalar salmoqli hissa qo’shdilar. Ularning qarashlariga ko’ra, inson hayotining maqsadi ongli lazzatlanish, azob-uqubutlarga chap berish, ruhning sokin va tinch holatiga erishishdir. Shu sababli ular falsafaning asosiy vazifasi insonga baxtli bo’lish yo’lini ko’rsatishdan iborat deb hisoblaganlar. Ularning fikricha, jon ayrim atomlardan tashkil topgan va o’limga mahkum, tana haloqatga uchragandan so’ng atomlar yemiriladi. Inson o’ limdan qo’rqmasligi kerak, zero toki u hayot ekan o’lim yo’q, o’lim kelganda esa inson yo’q bo’ladi.
O’rta asr falsafasi asosan diniy falsafa o’laroq, insonni unda ikki negiz: oliy (ruh) va past (tan) bir-biri bilan uzluksiz kurash olib boruvchi mavjudot sifatida qaradi. O’rta asr yevropa diniy falsafasining «otasi» Avreliy Avgustin Avliyo insonning mohiyatini aynan ruh va faqat u tashkil etadi, deb hisoblandi. Tana esa vaqtinchalik qobiqdan, ruh qamalgan joydan, ruh «zindoni»dan boshqa narsa emas. Foma Akvinskiyning fikriga ko’ra odam ruh bilan tanning uyg’un birligidan iborat va bu hol uni quyi, hayvoniy dunyo bilan oliy, ilohiy, farishtalar olami o’rtasida arosatda qolgan mavjudot qilib qoyadi. Unda jismoniylik qancha ko’p bo’lsa, u hayvonga shunchalik yaqinlashadi, ruhiyat qancha ko’p bo’lsa u shuncha farishtalarga yaqinlashadi. O’rta asr sxolastikasi vakillari (Buyuk Albert, Anselm Kenterberiyskiy) nuqtai nazariga ko’ra insonning asosiy vazifasi o’z mohiyatini anglash emas, balki yanada yuqori ilohiy mohiyatga qo’shilishga intilishdir. O’z-o’zidan ayonki, inson ruhi boqiydir va inson yerdagi butun hayoti davomida faqat uni qutqarish to’g’risida oylashi kerak.
Sharq-musulmon falsafasi doirasida inson muammosiga ikki xil yondashuvni ko’rish mumkin. Ulardan biri ko’proq taqdir haqidagi islom aqidasiga suyanadi. Inson taqdiri oldindan belgilab qoyilgan, shu sababli insonning qo’lidan keladigan birdan-bir ish bu o’zini ana shu taqdirda belgilab qoyilganidek tutish. Biroq, Forobiy, Beruni, Ibn Sino, Alisher Navoi, Mirza Bedil, XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi ma'rifatparvarlar Axmad Donish, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Sattorxon Abdulg’afforrov va boshqalar inson haqidagi gumanistik, ma'rifatparvar va demokratik konsepsiyaning shakllanishiga katta hissa qoydilar. Ularning ijodlari uchun insonga, uning kuchiga, aqliga, irodasiga ishonch xosdir, ular ommani ma'rifatli va bilimli bo’lishiga da'vat etdilar.
Yangi davr falsafasi insonning mohiyati va o’z-o’zini anglashi muammolariga qaytishi bilan ajralib turadi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə