Mumtoz she`riyat haqida tushuncha



Yüklə 487,39 Kb.
səhifə14/27
tarix30.12.2023
ölçüsü487,39 Kb.
#166680
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
portal.guldu.uz-Mumtoz she`riyat asoslari

G‘AZALLAR

  • * * *

  • Taolalloh, zihi surat, zihi mahbubi ruhoniy,
    Kim oning husni shavqindin ko‘ngullar bo‘ldi nuroniy,

  • Mufarrih shevali dilbar, tili to‘ti, so‘zi shakkar,
    Kiyik ko‘zli, qamar manzar, malohat mulki sultoni.

  • Ko‘ngul olur ko‘zi oli, farah berur engi oli,
    Bo‘yidur sarvning toli, yuzi jannat gulistoni.

  • Gunashtek belgili shohid, jamoli qavlima shohid,
    Kechar hasrat bilan zohid yiroqdan ko‘rmaga oni.

  • Alo, ey dilbari manzur, bu ko‘rkingga bo‘lub mag‘rur,
    Ko‘ngullar qilmag‘il ranjur, kechar bu husn davroni.

  • Bu muddatni g‘animat bil, bu fursatda vafolar qil,
    Bu izzat birla bo‘l ko‘p yil, xaloyiqning sevar joni.

  • Qoshing chun bayram oyidur, jahon husning gadoyidur,
    Qulung Sayfi Saroyidur, bukun ul sun’ hayroni.

  • * * *

  • Ul yuzi oykim, jahonning jonidur,
    Bu zamona xo‘blarining xonidur.

  • Yosamin tan, qomati sarvi ravon,
    Zulfi jannat bog‘ining rayhonidur.

  • G‘amzasining oltina olam asir,
    Ko‘zlari davri qamar fattonidur.

  • Kirpugining o‘qina jonlar nishon,
    Qoshi yosining jahon qurbonidur.

  • Shams aning har kun yoqosindan tug‘ar,
    Ul sababdan bu jahon nuroniydur.

  • Beslasin ushshoq jonin, chun bukun
    Ko‘z qamar, yuz husnining davronidur.

  • Ko‘rgali Sayfi Saroyi qul ani
    Haq taolo sun’ining hayronidur.

  • * * *

  • Bu falak nechun meni doim qaro qinda tutar,
    Bu otim Sayf o‘ldug‘uchunmi qaro qinda tutar?

  • Qanda bir erdam eri bo‘lsa oni ko‘zdan solib,
    Tekma bir erdamsiz erni ko‘z qaroqinda tutar.

  • So‘zlarimning javharin orif ko‘rub, qadrin bilib,
    Ko‘p baholi dur bekin doim quloqinda tutar.

  • Ol bilan oldi ko‘ngul mendin bir oy yuzli malih,
    Kim muanbar xoli asvad ol yangoqinda tutar.

  • Husn ichinda yo‘q naziri, lekin ul joni jahon
    Doimo oshiqlarini ishtiyoqinda tutar.

  • Odati budur hamisha bevafo ma’shuqaning,
    Kim aning vaslin tilasa, o‘l firoqinda tutar.

  • Bu falak javri bekin Sayfi Saroyi bag‘rini
    Ul yuzi oy hajr o‘tining ihtiroqinda tutar,

  • * * *

  • Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur,
    Bo‘yina oshiq sanavbar, yuzina gul zor erur.

  • Og‘zi fastuq, ko‘rki tangsuq, o‘zi mushfiq yor erur,
    Husnining chovi Xitou Chin ichinda bor erur.

  • Asli alchin, so‘zlari chin, ko‘zlari totor erur,
    Ming yashar harkim dudog‘i sharbatin totor erur.

  • Ishqining elchisina ko‘nglum munaqqash dor erur.
    Zulfina tushgan ko‘ngullarning maqomi dor erur.

  • Nechakim ishqi o‘ti bu jon ichinda bor erur,
    Kahrabo o‘zra ko‘zumdan dam-badam durbor erur.

  • Shahd so‘zi, orif o‘zi, voqifi asror erur.
    Vasl bo‘stonida xush oshiqlarin asror erur.

  • Vasfina Sayfi Saroyining ishi ash’or erur,
    Andin o‘zga birla oshiqqa yemak osh or erur.

  • * * *


    Yüklə 487,39 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə