Mumtoz she`riyat haqida tushuncha



Yüklə 487,39 Kb.
səhifə22/27
tarix30.12.2023
ölçüsü487,39 Kb.
#166680
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
portal.guldu.uz-Mumtoz she`riyat asoslari

Asosiy masalalar:

  1. Mashrabning hayot yo’li

  2. Mashrab lirikasi.

Mavzuning tayanch tushunchalari:Boborahimning yoshligi, maktab ta’limi. Mullo Bozor oxund saboqlari, Qashqar, Ofoq xoja, safar, muridlik, Mashrab ismi, qalandarlik, So’fi Olloyor, Mansuri Halloj, bashorat, Balx. Mahmud Qatag’on, g’azallar, devon, “O’rtar” va h.k.
Mavzuga oid muammoli savollar:

  1. Ma’lumki, Mashrab e’tiqodidagi o’ziga xoslik “Anal Haq” g’oyasi bilan bog’liq. Sizningcha, bu g’oya va Navoiyning “Lisonut tayr” asari g’oyasi o’rtasida o’xshash jihatlar bormi?

  2. Mashrab lirikasi faqat ilohiy ishq talqinidan iboratmi, unda ijtimoiy yoki dunyoviy masalalar ham yoritilganmi?

1 – asosiy masala: Mashrabning hayot yo’li
O’qituvchining maqsadi:
Mashrabning o’ziga xos murakab hayot yo’li bilan talabalarni tanishtirish.
Identiv o’quv maqsadlari:

      1. Mashrabning mutasavvuf shoir ekanligini bilib oladi.

      2. Mashrab hayotidagi g’ayritabiiy holatlardan o’ziga zarur xulosalar chiqaradi.

      3. Mashrabning ustozlari e’tirofiga sabab bo’lishi sabablarini aniqlashtiradi.

1-masala bayoni:
Mashrab 1640 yil Namanganda kambag’al kosib Valibobo bo’zchi xonadonida tug’ilgan. Otasidan yosh etim qolgan. U maktab ta’limini namanganlik taqvodor muallim qo’lidan oladi. Uni o’z zakosi bilan hayratlantiradi. So’ngra piri murshid mullo Bozor oxundning qo’lida taxsil oladi. Mashrab yoshligidanoq majnuntabiat, so’fisurat qiyofa kasb etib boradi. Uning g’ayritabiiy odatlari, so’zlari, yurgan yo’lida aytadigan baytu g’azallari oilasidagilar va xaloyiqni ham hayron qoldirgan. Mashrabning bu xil tabiatini ustozi mullo Bozor oxund tushunadi. Darveshtabiat shoirning qismat tilsimi Qashqardagi Ofoq xoja qo’lida echilishini bashorat qiladi. Shogird Ofoq xojaga g’oyibona ixlos qo’yadi va uni izlab yo’lga chiqadi: Baliqchi, Andijon va O’sh shaharlarini manzil-bamanzil kezadi, yo’lda zikru samo’ qilib, baytu g’azal aytib, xalqni hayratlantiradi va Qashqarga etadi. Ofoq xoja ostonasida xokipo bo’lib, unga qo’l berib murid tutinadi. Ofoq xoja ham undagi ilohiy iste’dodni payqaydi va uni shogirdlikka oladi. Boborahimga “Mashrab” deb nom beradi. U Ofoq xoja dargohida etti yil xizmat qiladi. Muridlik burchiga ko’ra uch yil o’tin, to’rt yil suv tashiydi. So’ng ustozining kaniziga gapirib gunoh qiladi va u piri tomonidan jazolanadi. Shundan so’ng Mashrab riyozat, ziyorat va sayru sayohatda davom etib, g’amginu parishon axvolda Yorkentga, so’ngra Xo’tanga boradi. Iyla hukmdorining oila a’zolari unga juda ixlos qo’yadi va islom dinini qabul qiladi. So’fi Olloyor bilan ham uchrashadi. Qazo hukmiga muvofiq, Mashrab o’z ajalini izlab Balx shahriga boradi va Maxmud Qatag’on saroyida karomatlar qiladi. O’zining kushandasi shu shoh ekanligini qayta-qayta aytadi. U ham jahl ustida 1711 yil dorga ostirib yuborish orqali halok etadi. Mashrabning qabri Ishkonmish degan joyda.

Yüklə 487,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə