Mumtoz she`riyat haqida tushuncha


Birinchi asosiy masalaning bayoni



Yüklə 487,39 Kb.
səhifə20/27
tarix30.12.2023
ölçüsü487,39 Kb.
#166680
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
portal.guldu.uz-Mumtoz she`riyat asoslari

Birinchi asosiy masalaning bayoni:
Gapni Zahiriddin Muhammadning ismi sharifidan boshlaymiz. 10 – sinf uchun yangi yozilgan «O’zbek adabiyoti» darsligida «Zahir – sergul daraxt» degan izoh berilgan. Aslida esa «Zahir» - tayanch, suyanch, xomiy manolarida keladi. Zahiriddin Muhammad - Muhammad dinining tayanchi manosiga molikdir. Bobur so’zi «Babr » - yulbars, so’zidan yasalgan bulib «yulbarssimon» manosiga molik.
Zahiriddin Muhammad Bobur1483 yilda Andijonda xukumron Umarshayx Mirzo xonadonida (onasi Kutlug’Nigorxonim) dunyoga keladi. Umarshayx Mirzo to’ng’ich o’g’il farzandiga har tomonlama mukammal bilim va tarbiya berdiki, 12 yoshidantaxtga o’tirgan Zahiriddin Muhammad 18 yoshigacha talay shohlar boshidan kechirmaganurish, talash va yarashlar hodisalari girdobida kezdi. Ikki marotoba Samarqandni oldi. 1500 yildaShayboniydan Samarqandni tortib oldi. Biroq Shayboniy bilan oz lashkar bilan saf tortib urishish Boburga kimmatga tushdi: engildi va Samarqandga kirib, qamal kunlariniemas, oylarini boshidan kechirdi.
Zahiriddin Muhammad tarbiyasi shu darajada kuchli bulgan ediki, u 12 yoshigacha fors va arab tillarini o’rgandi. Fors va turkiy adabiyot va adabiyotshunoslik namunalari bilan tanishdi. Aruzni o’rgandi: Navoiy bilan maktub olishdi. Samarqand xukumronligi va harbiy tashvishlari orasida Navoiyga - Xirotga maktub yulladi va xat oldi. Unga maktubida kuyidagi ruboisini bag’ishladi:
Ash oringkim, sher oti to bulgay,
Tab ahli anga volau shaydo bulgay.
Xar lafzi duru baxri maoni anda,
Kim kurdi dureki, anda daryo bulgay.
Bobur - orzusi yuksak, xukumdor edi. U ulug’ bobosining taxtiga ega bulmoqchi edi. Birok lashkar ozligi, temuriylardan hech kimning kumaklashmagani uni Shayboniy karshisida yakkalab kuydi. Samarqandan chiqib kelayotganida Sulton Axmad Tanlab Boburning ukasi Jahongirni shoh ko’tarib, Andijonni egallagani xabarini Xujandga etganda eshitdi. Kumak tilab togasinikiga - Toshkentga bordi. Birok Sulton Maxmudxon kuruk vadadan nariga utmadi. Bu istedodsiz kishi harbiyda ham istedod soxibi emasdi…
Bobur Andijonni kayta olganida va yana harbiy yurishga chikkanida bir xatoga yul kuydi: Andijondagi Boburga tobe kishilar mol – mulki talangani chorasini kurmoqchi bulib, «Tanigan kishilar uz narsalarini kaytarib olsin!» deb xukm chikardi. Ana shu xukm kuchli tartibsizlikka, Boburning Andijonga kayta kirolmasligiga, Mugullarning undan yuz ugirisiga sababchi buldi. Bobur alam bilan: «Xar bir ish zimnida ming andisha va ming muloxaza vojibligiga » ikror buldi.
1501 yilda ikki yuz ellik chog’lik kishi bilan Xisor orqali Qobulga bordi. Mukim unga kal’ani topshirdi.
1504 yili Bobur Qobulni borib oldi. Va asta – sekin o’zining harbiy kudratini kuchaytirish, harbiy yangiliklarni joriy etishga harakat kildi. Maglubiyatlardan achchiq tajriba hosil kilgan Bobur tobora irodasi toblanib, yangi – yangi katta rejalar tuza boshladi. Uning bu rejalarini Marv yonidagi shoh Ismoil Safaviy zafari uchkunlantirib yubordi. Negaki, Murgob yonidagida jangda Shayboniy uldirildi. Shox Ismoil Safaviy maxsus maktub yullab: Boburni Samarqandni olishga ruxlantirdi. Va lozim bulsa katta lashkar bilan yordam berajagini katiy bildirdi.
Bobur bu marhamatdan 1511 yildayok foydalandi: o’n ming ozar askarlari ko’magida Bobur borib Samarqandni uchinchi marotaba yana egalladi. Birok bu zafar tantalari ham uzok cho’zilmadi. Shayboniy vorislari bu davrda butun Movorounnaxr va Xuroson xo’jayini edilar. Ular katta lashkar bilan Samarqandga taxdid solishdi. Bobur ikki jangda engilib Qobulga kochib ketishga majbur buldi. Chunki:
Birinchidan, kuchlar teng emasdi;
Ikkinchidan, ozar askarlarining shiyalar ekanligi ularning
Samarqandda turishini kiyinlashtirdi…
Samarqanddan umidi tamoman o’zigan Bobur endi Qobuldan turib Sharkni kuzlaydi: Keng Hindiston erlarini olish unga kulayrok tuyildi. U besh marotiba Hindiston sari lashkar tortdi va har bir safardan zafar bilan kaytdi. 1525 yilda Panipat yonidagi xal kiluvchi jang: yuz ming kishilik lashkari bulgan Sulton Ibroxim Ludiy ustidan un ming kishilik harbiy kuch bilan Bobur ustun chikdi. 3 kun jang buldi.
Bundan sal ilgarirok unga Xindolning dunyoga kelganini xabar keltirgan edilar. Bobur Xind (istonni) olishini niyat kilib, bu farzandigan «Hindol» deb ism kuydi. Va ota uz niyatiga etdi.
Sulton Ibrohim Ludiyga tegishli erlar Bobur kul ostiga utdi. Keyingi yillar saltanatni mustaxkamlash va yana harbiy harakatlarni davom ettirish bilan kechdi. Chunki Rono Sango singari xali o’ziga bakuvvat viloyat xokimlari Hindistonda oz emas edilar. Ular mustaqillik uchun harakat kiladilar.
1500 yilda she’r mashkini boshlagan Bobur keyingi yillarda mumtoz shoirva adabiyotshunos, fikxshunos obid bulib etishdi. Mislsiz lashkarboshilik sanatidantashqari Boburni biz yukoridagi fazilatlaridantashqari («Boburnoma»ga suyanib) tilshunos, botaniq, zoolog, astronom, tarixchi, adib, sanatshunos siymolarida ham tasavvur etamiz.
Uning fikx ilmiga kushgan uch ulug’ xissasi: «Kitobul xaj», «Kitobus salot» va «Kitobuz zakot» asari sheriy risolalar tarzida yozilgan mukammal risolalardir.
Boburning har bir kadami biz uchun ibratli: rostguylik, imon – etikodlilik, har bir ishni sharan xukm qilish va shariatga xomiylik qilish – uning ismi jismiga muvofikligini kursatadi.
Hindistonni egallagan vaktidan boshlab biz uning Xind buylab zafarli yurishlarda ko’ramiz. Mislsiz keng territoriya Bobur kul ostiga utib Evropa tarixchilari Bobur imperiyasini Buyuk mugillar imperiasi deb atadilar. Yakindagina Samarqandda o’tkazilgan «Bobur va Boburiylarning jaxon tamaddunida tutgan urni » masalasidagi xalkaro konferentsiyada xindistonlik olimlar: «Biz Mugud imperiyasi» deb xato aytar ekanmiz. Bu nukson bizdagi Evropa ilmi tufaylidir. Endi Boburiylar sulolasi va boburiylar imperiyasi deymiz» deyishdi.
Xind viloyatlarini boshkarishni katta o’g’li va ishonarli beklariga topshirdi. Shunchalik buyuk podsholik nasib etgach Bobur: «Bundan buyon meni podshoh deb atanglar» deb formon chikardi. Shuning uchun kechagi konferentsiya uning ismini «Boburshoh» deb atash taklifini kuydi…
Ulug’ saltanat, Bobur xuzo’riga olimlar va fozillarning Movarounnaxr va Xurosondan okib borishlari: Hindistonda turkiy va forsiy adabiyotning gullab yashnaydigan bir davri boshlanishidan darak beradi. Boburning o’zi bu ishlar boshida bulib ayniksa Hindistonning turli shaharlarida yirik binolar, masjidlar, bog’-roglar, xovuzlar kurilishiga bosh-kosh buldi.
Konferentsiya ishtirokchilaridan Hindistonlik olim: Shirni Mousiy «Boburshohligidan boshlab Xind podshohi edi: chunki u Hindistonni yuksak koshonalar, bog’-roglar bilan tuldirdi. Markazlashgan buyuk engilmas davlat to’zishga bosh buldi» dedi. Muximi, Xind olimi Boburni Hind shohi, dedi, boskinchi demadi!
Keyingi Boburiylar ham ota va boboning bunyodkorlik an’analarini davom ettirdilar va talay Toj Maxal singari olam binokorlik mu’jizalari bilan Xinddistonni bezadilar.
Birok inson va shoir sifatida Bobur bu ulkan baxtdan konikmadi: gariblik yosh utgan sari o’zini sezdira boshladi:
Tole yuk jonimga balolig buldi,
Xar ishni ayladim xatolik buldi.
Uz erni kuyib Xind sari yuzlandim,
Yo rab, netaymi ne yuz karolig buldi…
U ikkinchi takyagoxi Qobulda ham qolmoqchi emas edi:
Bekaydmenu, harobi siyim emasmen,
Yo mol yigishtirur laim ermasmen.
Qobulda ikomat kildi Bobur, dersiz,
Andog demanggizki mukim emasmen.
Uning bir gal Andijondan keltirilgan kovun kesilishi ustida kuz-yoshi kilgani voqeani ham bor…
Hindistonda IbrohimLudiyning onasi Bobur joniga kasd kilib oshpazlar yordamida zaharlashga urindi. Bobur ziyrakligi tufayli, bir o’limdan qoldi…
Birok harbiy tashvishlar, Xind iklimiga chidayolmagan hamsafarlarining mu’tadil iklimlarga ketib qolishlari (Xoja Kalon singari), mustakil Xind viloyatlari boshliklarining xujumlari Boburni toliktirdi. Ayniksa ugli Xumoyunning og’ir xastaligi va buning uzokka tortishi otaning jon-jonidan utib ketdi. Va o’g’li uchun fido buldi: Yirik kengashda Xumoyunni tuzatish maslaxati bulganda «eng kimmatbaxo narsani sadaka qilish» so’zini vaziri Kosimbek aytadi. Bobur: «uglim Xumoyun uchun mendan kimmatbaxo narsa yuk. Men sadaka bulaman!» deb, ugli otrofidan uch aylanadi.
«Har na darding bulsa men oldim. Sen sogayib tur»- deydi har aylaganida. Va imon – e’tikodi mustaxkam Bobur bir-ikki kunda og’irlashib yotib qoladi, Xumoyun esa sog’ayib ketadi…
Bobur 1530 yilda Agrada vafot etdi.
Bobur 16-17 yoshlaridan she’rlar yozib boshlagan. Ilk she’rlari fors tilda bo’lgan. U o’zbekcha she’rlarini to’plab 1519 yilda Kobulda “Kobul devoni”, 1528-29 yillarda Hindistonda “Hind devoni”ni yaratdi. Bizgacha etib kelgan she’rlarning umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shulardan 119 tasi g’azal, 231 tasi ruboiydir. Shuningdek, tuyuq, qit’a, muammo va fardlari ham bor.
Bobur o’zining “Tole’ yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi...” ruboiysida musofirchilik hayotidagi ruhiy iztiroblar aks etgan. “Beqaydmenu xarobi siym ermasmen”, “Mening ko’nglumki...” g’azallarida, “Bir kecha xotirim mushavvash edi...” masnaviysida ham Boburning ziddiyatga to’la hayoti aks ettirilgan. “Qoldimu?”, “Topmadim”, “G’urbatda ul oy hajri”, “Mushkuldir”, “Yaxshilig’”, “Qaro zulfing firoqida”, “Bahor ayyomidur” kabi g’azallarida insonning turli xil kechinmalari tavsiflangan.
Xazon yaprog’i yanglig’ gul yuzing hajrida sarg’ardim,
Ko’rub, rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrai zardim...

Oyog’im etguncha Boburdek ketar erdim, netay,


Sochining savdosi tushti boshima boshtin yana.

Yüklə 487,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə