Mundarija: Kirish. 2 I bob. Aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasiga oid me’yoriy huquqiy hujjatlar


Aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasiga oid



Yüklə 100,27 Kb.
səhifə6/9
tarix12.06.2023
ölçüsü100,27 Kb.
#116860
1   2   3   4   5   6   7   8   9
kurs ishi

2.2 Aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasiga oid me’yoriy va huquqiy hujjatlarda fuqarolarning majburyatlari.
O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 17 avgustdagi “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuning 17-moddasida Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlaridan quydagilar keltirilgan Xavfsizlik choralariga rioya etishi, ishlab chiqarish intizomining va texnologik intizomning, ekologik xavfsizlik talablarining favqulodda vaziyatlar ro‘y berishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan buzilishlariga yo‘l qo‘ymasligi, favqulodda vaziyatlardan muhofazalanishning asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘llarini o‘rganishi hamda o‘z bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirishi, favqulodda vaziyatlar ro‘y berishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan avariyalar, ofatlar, halokatlar va yong‘inlar xavfidan darak beruvchi aniqlangan alomatlar to‘g‘risida tegishli organlarni xabardor qilishi, favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi sharoitlaridagi va favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan sharoitlardagi ogohlantirish signallarini, yurish-turish qoidalarini hamda harakat qilish tartibini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish usullarini bilishi, zarur bo‘lganda, qutqaruv ishlarini va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarni amalga oshirishga ko‘maklashishi shart.
Bundan tashqari fuqarolarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-sentabrdagi “Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi to‘g‘risi”dagi qarorining 15-moddasida fuqarolarning aholini tayyorlash sohasida huquq majburiyatlaridan quydagilar keltirilgan muhofazalanishning asosiy usullarini bilish, favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsata olish hamda o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirib borishga, favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganda va sodir bo‘lganda ogohlantirish signallarini, harakat qilish tartibini, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishga majbur.
O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonuning 14-moddasida fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlaridan quydagilar keltirilgan qonunga va fuqaro muhofazasi sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya qilishlari, fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etishlari va tegishli tayyorgarlikdan o‘tishlari, fuqaro muhofazasi signallarini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishlari, jabrlanganlarga dastlabki tibbiy va boshqa xil yordam ko‘rsatishni bilishlari, davlat organlariga, shuningdek tashkilotlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni hal etishda ko‘maklashishlari, fuqaro muhofazasi obyektlari va mol-mulkini asrab-avaylashlari shart.
Fuqaro muhofazasi sohasida fuqarolarning zimmasida qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 31 avgustda “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasida fuqarolarning radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashdagi majburdirlaridan quydagilar keltirilgan radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishga, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida tartibga solishni amalga oshirayotgan davlat organlarining talablarini bajarishga.
Qonunchilikka muvofiq fuqarolar boshqa huquqlarga ega bo‘lishi hamda ular zimmasida o‘zga majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 13 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonuning 21-moddasida Jismoniy va yuridik shaxslarning seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi majburiyatlaridan quydagilar keltirilgan

O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan jismoniy shaxslar:
seysmik xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga va seysmik xavfsizlik ta’minlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etishi, o‘z hayotini qutqarish, sog‘lig‘ini va mol-mulkini saqlash uchun zilzilalarga qarshi ehtiyot choralarini ko‘rishi, zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rish va ularning oqibatlarini bartaraf etish jarayonida o‘z xizmat majburiyatlarini amalga oshirayotgan tegishli davlat organlari hamda tashkilotlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar:
o‘z xodimlarini zilzila vaqtidagi favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri himoyalanishga va harakat qilishga o‘rgatishi, joylarda ogohlantirish tizimlarini tashkil etishi va doimiy tayyor holatda tutishi hamda ehtimoli bo‘lgan seysmik xavflar haqida xodimlarga darhol xabar berishi, o‘z tasarrufida bo‘lgan obyektlarning barqaror ishlashini ta’minlash shartlariga rioya etishi hamda zilzila vaqtida seysmik xavfning darajasiga muvofiq xodimlarning hayot faoliyatini ta’minlashi, zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish rejalariga muvofiq davlat organlari va boshqa tashkilotlar obyektlarida avariya-qutqaruv ishlarini o‘tkazishda ko‘maklashishi, evakuatsiya tadbirlarini belgilangan tartibda o‘tkazishi hamda tashkilotlar hududida aholi va xodimlarni joylashtirish uchun bazalarni oldindan tayyorlashni amalga oshirishi, seysmik xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga va seysmik xavfsizlik ta’minlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etishi shart. Jismoniy va yuridik shaxslarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Yüklə 100,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə