Mundarija: Kirish. 2 I bob. Aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasiga oid me’yoriy huquqiy hujjatlar


I-BOB. Aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasiga oid hujjatlar



Yüklə 100,27 Kb.
səhifə2/9
tarix12.06.2023
ölçüsü100,27 Kb.
#116860
1   2   3   4   5   6   7   8   9
kurs ishi

I-BOB. Aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasiga oid hujjatlar.
1.1 Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning mohiyati va asosi.
Bizga ma’lumki, XX asrning 60-yillaridan fuqaro mudofaasi tizimi faoliyat ko‘rsatib kelgan. Uning asosiy vazifasi tinchlik davrida va urush sharoitida mamlakat aholisini yalpi qirg‘in qurollari va boshqa xujum vositalaridan himoya qilish, urush sharoitida iqtisodiyot obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda halokat o‘choqlarida qutqarish va tiklash ishlarini o‘z vaqtida samarali amalga oshirishdan iborat edi.
Lekin aholi hayotiga faqatgina ommaviy qirg‘in qurollari emas, balki boshqa xavf-xatarlar ham tahdid solib turadiki, ularni nazardan chetga qochirish aslo mumkin emas. Bular turli tabiiy ofatlar, avariya, halokatlardir. Sodir bo‘lib o‘tgan bir nechta tabiiy ofatlar (massalan: Chernobil atom elektr stansiyasidagi avariya, 25000 odamning yostig‘ini quritgan Spitak zilzilasi va boshqalar) fuqaro mudofaasining o‘rni va vazifalariga boshqacha ko‘z bilan qarash kerak ekanligini ko‘rsatib berdi. Fuqaro mudofaasi qo‘shinlari bunday yirik ko‘lamdagi ofatlarga qarshi kurashishga tayyor emas ekanligi, fuqaro mudofaasi vazifalari faqatgina harbiy davr chegarasida qolishligi mumkin emasligi, ular oldiga qo‘yilgan vazifalar ko‘lamini kengaytirish lozimligi ayon bo‘lib qoldi. Endilikda fuqaro mudofaasi uchun avariya, halokat va tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish, avariya-qutqaruv ishlarini olib borish bilan birga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarni bashoratlash vazifasi yetakchi rol o‘ynashi lozim edi.
Fuqaro mudofaasi o‘rnini bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik ko‘lamdagi favqulodda vaziyatlarga avvaldan tayyorlikni ta’minlovchi yangi maxsus davlat tizimi egallashi, u tinchlik hamda urush davrida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni taqozo etar edi. Bu tizim aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va qutqaruv ishlarini o‘tkazibgina qolmay, boshqa muhim tadbirlarni: xavfli hududlarni xaritalashtirish, seysmik mustahkam bino va inshootlarni qurish, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli bashoratlash ishlarini tashkil qilishi va aholi tayyorligini amalga oshirishi lozim edi.
Shu o‘rinda yana bir masalani oydinlashtirib olishga to‘g‘ri keladi. Favqulodda vaziyatning o‘zi nima, undan aholi va hududlarni muhofaza qilish deganda nimani ko‘zda tutishimiz lozim?
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qo‘yilgan dadil qadamlardan biri - avval Mudofaa vazirligi qoshida fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining, so‘ngra esa shu boshqarma negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF-1378 Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkil etilishi bo‘ldi.
Farmon bilan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, aho­li hayoti va salomatligini, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va harbiy davrda favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish vazirlikning asosiy vazifalaridan biri deb belgilandi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlari hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini favqulodda vaziyatlar tahdidi va xavfini oldindan bartaraf etadigan, aholi hayoti va sog‘ligiga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida va kompleks yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat olib boradigan, uning har bir xodimi “O‘z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish” shiori ostida xizmat qiladigan mobil, zamonaviy professional xizmatga aylantirish;
aholi, birinchi navbatda, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan muloqotlarni mustahkamlash va kengaytirish, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmasini takomillashtirish, aholi va hududlar xavfsizligiga tahdidlar, tabiiy va texnogen xususiyatli xavflar manbalari mavjudligini hisobga olgan holda, tuman va shaharlardagi kuch va vositalarni samarali taqsimlash, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatuvchi turli xizmatlarning tezkor harakatini muvofiqlashtiruvchi mexanizmlarni yaratish;
favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi xavfining chuqur tahlilini va aniqlashni nazarda tutuvchi favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash tizimini takomillashtirish, respublika hududlarini seysmik xavflar, texnogen avariya va halokatlar manbalari bo‘yicha rayonlashtirish;
fuqarolarning hayoti va sog‘ligi, mol-mulkiga xavflarni barvaqt profilaktika qilish va ularning oldini olish, hayotiy faoliyatni ta’minlovchi obyektlar va tizimlarning barqaror ishlashini, tahdidlar va ularning kelib chiqish omillarini oldindan aniqlash, bartaraf etish borasida aniq choralar ko‘rish, aholining ushbu sohada ma’lumotlarga ega bo‘lish darajasini oshirishni ta’minlash;
Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, shuningdek, kichik hajmli kemalarni ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va suv havzalarida odamlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida davlat nazorati va kuzatuvini kuchaytirish;
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish vakolatiga ega rahbarlar va mansabdor shaxslar tomonidan ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda fuqarolarni favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakat qilishga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, shuningdek, vazirlik uchun kadrlarni shakllantirish tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Gidrometeorologik va Seysmologik xizmatlarning moddiy-texnik ta’minotini yanada yaxshilash, o‘quv va ilmiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish, ilmiy xodimlar, mutaxassislar va qutqaruvchilarning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlar yaratish;
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini tashkil qilish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish;
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan maqsadli va ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, ular yuz berganda iqtisodiyot obyektlari faoliyati barqarorligini oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik xizmat markazi tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.A.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmog‘i.
Gidrometeorologik xizmat markazi va uning tarkibiy tuzilmalari, Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmog‘i mavjud shtat birligi va moddiy-texnik bazasi bilan to‘liq, amaldagi moliyalashtirish tartibi, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi bilan o‘tkaziladi.
Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmog‘i bazasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmoprognostik monitoring Respublika markazi tashkil etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.A.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmoprognostik monitoring Respublika markazi faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida aholi va iqtisodiyot obyektlarini muhofaza etishni ta’minlashga rahbar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri belgilandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlarning hokimlari; vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda vazirlar, davlat qo‘mitalari va uyushmalar boshqaruvlari raislari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning direktor va boshliqlari aholi va xalq xo‘jaligi obyektlarini muhofaza etishga rahbar etib tayinlandilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (bo‘limlari)­ning tashkil etilishi va boshqarma (bo‘lim) boshliqlarining joylardagi fuqaro muhofazasi boshliqlarining o‘rinbosarlari hisoblanishi aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.


Yüklə 100,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə