Mundarija: Kirish. 2 I bob. Aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasiga oid me’yoriy huquqiy hujjatlar


II BOB. O‘zbekiston respublikasida fuqarolarining



Yüklə 100,27 Kb.
səhifə5/9
tarix12.06.2023
ölçüsü100,27 Kb.
#116860
1   2   3   4   5   6   7   8   9
kurs ishi

II BOB. O‘zbekiston respublikasida fuqarolarining aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasiga oid me’yoriy va huquqiy hujjatlarda huquq va majburyatlar.
2.1 Aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasiga oid me’yoriy va huquqiy hujjatlarda fuqarolarning huquqlari.
O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 17 avgustdagi “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuning 16-moddasida Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi huquqlaridan quydagilar keltirilgan favqulodda vaziyat ro‘y berganda hayoti, sog‘lig‘i va shaxsiy mol-mulkining muhofaza qilinishi, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarning aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan boshqa mol-mulkidan foydalanish, mamlakat hududining muayyan joylarida bo‘lganda ular duch kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar darajasi to‘g‘risida hamda zarur xavfsizlik choralari haqida xabardor bo‘lish, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalari yuzasidan davlat organlariga murojaat etish, favqulodda vaziyatlar zonalarida ishlaganligi uchun bepul tibbiy xizmat, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlar olish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish jarayonida majburiyatlarini bajarish chog‘ida o‘z sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiyalar va imtiyozlar olish, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish majburiyatlarini bajarish chog‘ida orttirgan kasalligi munosabati bilan mehnat qobiliyatini yo‘qotgan taqdirda, nogironligi mehnatda mayib bo‘lish oqibatida kelib chiqqan xodimlar uchun belgilangan tartibda pensiya ta’minotini olish, boquvchisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish majburiyatlarini bajarish chog‘ida orttirgan mayiblik yoki kasallikdan halok bo‘lganligi yoki vafot etganligi munosabati bilan yo‘qotganda, mehnatda mayib bo‘lish tufayli halok bo‘lgan shaxsning oila a’zolari uchun belgilangan tartibda pensiya ta’minotini olish.
Fuqarolar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tartibi va shartlari, kompensatsiyalar hamda imtiyozlarning turlari va miqdorlari qonunchilikda belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-sentabrdagi “Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi to‘g‘risi”dagi qarorining 14-moddasida fuqarolarning aholini tayyorlash sohasida huquq huquqlaridan quydagilar keltirilgan jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan, tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan boshqa mol-mulkidan foydalanishni o‘rganish, fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etish va tegishli tayyorgarlikdan o‘tish, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi sohasida bilim olish hamda o‘quv mashqlarida ishtirok etish, o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlar davomida o‘zlari duch kelishi mumkin bo‘lgan xavf to‘g‘risida xabardor qilinish hamda texnika, yong‘in va yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari bo‘yicha yo‘riqnomalar olish, o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarda ishtiroki jarayonida sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplatish.
O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonuning 13-moddasida fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlaridan quydagilar keltirilgan o‘z hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki harbiy harakatlardan muhofazalanishi, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan tekin foydalanish, harbiy harakatlar kechayotgan joylarda o‘zlari yo‘liqishlari mumkin bo‘lgan xavf darajasi va zarur xavfsizlik choralari to‘g‘risida axborot olish.
O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 31 avgustda “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasida fuqarolarning radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashdagi huquqlaridan quydagilar keltirilgan ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan nurlanish oqibatida ularning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga yetkazilgan zarar qonunchilikka muvofiq qoplanishi, atrof muhitning, foydalanishdagi va iste’moldagi predmetlarning radiatsiyaviy holati, radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek o‘zlari olgan nurlanish dozasi to‘g‘risida to‘liq va xolis axborot olish, radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokamasida ishtirok etish.
6-moddasida Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo‘lgan hududlarda yashovchi fuqarolar ijtimoiy himoyalanish huquqiga ega. Ijtimoiy himoyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 246-moddasiga muvofiq, tabiiy-iqlim va turmush sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda mehnat haqiga rayon koeffitsiyentlari va ustamalar belgilanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunining 33-moddasiga ko‘ra, ishlovchilarning ish haqiga mintaqaviy koeffitsiyent belgilangan hududlarda yashovchi shaxslar va oilalarga pensiya tayinlashda mintaqaviy koeffitsiyent e’tiborga olingan holda hisoblab chiqilgan amaldagi ish haqi hisobga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 13 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonuning 20-moddasida Jismoniy va yuridik shaxslarning seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi huquqlaridan quydagilar keltirilgan tegishli hududdagi seysmik xavf darajasi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot olish, zilzilalar chog‘ida o‘zini tutish qoidalari hamda ularga tayyorgarlik ko‘rish tartibi to‘g‘risida axborot olish, zarur bo‘lganda tashkilot xodimlarini himoya qilish va ularni zilzila vaqtida o‘zini to‘g‘ri tutishga o‘rgatish uchun mutaxassislarni jalb etish huquqlariga ega.



Yüklə 100,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə