Mundarija: Kirish. 2 I bob. Aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasiga oid me’yoriy huquqiy hujjatlar


Aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunlari



Yüklə 100,27 Kb.
səhifə3/9
tarix12.06.2023
ölçüsü100,27 Kb.
#116860
1   2   3   4   5   6   7   8   9
kurs ishi

1.2 Aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunlari.
Bugungi kunda yurtimizda aholini favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish bo‘yicha hukumat tomonidan huquqiy-meyoriy hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
Normativ-huquqiy hujjatlar har qanday davlat va jamiyatning asosi hisoblanadi. Huquqiy asos qanchalik mustahkam bo‘lsa, qonunlarga qanchalik rioya etilsa, davlat va jamiyat ham shuncha rivojlanib boraveradi. Ayni paytda, zamon va islohotlar amaldagi qonunlarni doimiy ravishda takomillashtirib borishni taqozo etadi.
Hozirgi kunda bizda qancha qonunlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular quydagilarni tashkil etadi:
O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonunida fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) vakolatlarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 26 dekabrdagi “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida”gi qonunida qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 17 avgustdagi “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunida O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha favqulodda vaziyatlar kelib chiqish xarakteriga va o‘lchamlariga ko‘ra tasniflab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarini loyixalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ularni rekonstruksiya qilish, konservatsiyalash va tugatishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 31 avgustda “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi qonunning maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki, shuningdek, atrof muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrdagi “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, asosiy vazifalari etib shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmga qarshi kurashishni ta’minlash, davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlash, deb belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasining 2006 yil 28 sentabrda qabul qilingan “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holatidir.
O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 13 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonuni O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 15 dekabrdagi “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida favqulodda holatni joriy etish shartlari va tartibini belgilashdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi tuzilmalari va ular tuziladigan tashkilotlarni belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomi hamda tuzilmalarni moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlash (tabellashtirish) meyorini tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi va Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining turlari va vazifalari, Fuqaro muhofazasi xizmatlarining tuzilmalari (keyinchalik - xizmat tuzilmalari), mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda hududiy tuzilmalar, obyekt tuzilmalari belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 avgustdagi “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan: “Mahalla fuqaro muhofazasi”ning tuzilmasi, asosiy vazifalari, funksiyalari, yig‘ma guruh tarkibi, asosiy vazifalari belgilangan.



Yüklə 100,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə