Mundarija: Kirish. 2 I bob. Aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasiga oid me’yoriy huquqiy hujjatlar


Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar



Yüklə 100,27 Kb.
səhifə4/9
tarix12.06.2023
ölçüsü100,27 Kb.
#116860
1   2   3   4   5   6   7   8   9
kurs ishi

1.3 Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi PF-5066-sonli “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlari belgilandi.


Keyingi qadam, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi PF-5706 - sonli “O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Yong‘in xavfsizligi Bosh boshqarmasi, tarkibiy va hududiy bo‘linmalari bilan hamda Yong‘in xavfsizligi institutining Ichki ishlar vazirligi tizimidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga o‘tkazilishi bo‘ldi.
Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi PQ-4276 sonli “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining maqomini, tizimini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini hamda Vazirlik tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi organi va “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohalarini rivojlantirish hamda soha tashkilotlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bugungi kunda bu sohalardagi islohotlarni izchil davom ettirish, aholining seysmik xavfsizligini ta’minlashning yangi usullarini joriy qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohalarida islohotlarning aniq manzilliligini ta’minlash, sohalarga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish konsepsiyasining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4794-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 144-sonli farmoni hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 iyundagi «Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni tayyorlash tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 3030-sonli farmonida FVV akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti va viloyatdagi “Hayotiy faoliyat hafsizligi” o‘qishlari haqida ma’lumot berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3190-sonli qarorida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish, aholi va hududlarni seysmik xavfdan himoya qilish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, seysmologiya va seysmik chidamli qurilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini jahon talablari darajasida o‘tkazish uchun shart-sharoitlar yaratish, yer qobig‘i shakli jiddiy o‘zgarishini kuzatuvchi, seysmik xavfni baholovchi va zilzilalarni prognoz qiluvchi stansiyalar tarmog‘ining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida asosiy vazifalari belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5706-son Farmoniga muvofiq hamda favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4276-sonli farmonI hisoblanadi va ushbu farmonda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tizimini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4794-sonli qarorida aholining seysmik xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish, seysmik xavf darajasini kamaytirish choralarini ko‘rish, foydalanishda bo‘lgan va foydalanishga topshiriladigan bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini nazorat qilish, respublika hududida joylashgan suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining seysmik mustahkamligini nazorat qilish, seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, seysmik xavfsizlik va mustahkamlikni ta’minlashning zamonaviy uslub va texnik vositalarini amaliyotga joriy etish, seysmik xavfsizlik va mustahkamlikni ta’minlashning ilmiy asoslari va texnologiyalarini takomillashtirishni belgilaydi.
Shu qatorda Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik bo‘yicha davlat standartlari ham keng o‘rin egallaydi.
O‘z DSt 981: 2000. Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Asosiy tushunchalarning atamalari va ta’riflari bayon etilgan.
O‘z DSt 982: 2000. Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Tabiiy favqulodda vaziyatlar. Atamalar va ta’riflari bayon etilgan.
O‘z DSt 1014: 2002. Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Texnogen favqulodda vaziyatlar. Atamalar va ta’riflari bayon etilgan.
O‘z DSt 1015: 2002. Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Favqulodda vaziyatlar monitoringi va prognozlash. Atamalar va ta’riflari bayon etilgan.
O‘z DSt 1016: 2002. Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Favqulodda vaziyatlar monitoringi va prognozlash. Asosiy qoidalari bayon etilgan.
O‘z DSt 1017: 2002. Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Texnogen favqulodda vaziyatlarning manbalari. Shikastlovchi omillar va ular ko‘rsatkichlarining tasnifi va nomenklaturasii bayon etilgan.
O‘z DSt 1018: 2002. Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Tabiiy favqulodda vaziyatlar manbalari. Shikastlovchi omillar. Shikastlovchi ta’sir ko‘rsatkichlarining nomenklaturasi bayon etilgan.



Yüklə 100,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə