Mundarija kirish adabiyot darslarida o’quvchini mustaqil fikrlashga o’rgatish


Badiiy asarni o’qitishda interfaol metodlar………………



Yüklə 100,53 Kb.
səhifə4/6
tarix28.06.2022
ölçüsü100,53 Kb.
#90169
1   2   3   4   5   6
Mundarija kirish adabiyot darslarida o’quvchini mustaqil fikrlas (1)

3. Badiiy asarni o’qitishda interfaol metodlar………………

O’quvchining bir kunlik qiladigan yumushlariga nazar solsangiz, ularning


ichida o’quvchi uchun jini suymaydigan, eng zerikarlisi kitob o’qishdir. Chunki bu
kitoblarning ko’pini darsliklar tashkil etadi. Lekin darsliklarni ham sevib
o’qiydigan o’quvchini hali kitobxon deya olmaymiz. Chunki darsliklarda barcha
fanlar qoidalashtirilib berilganligi va hissiyotdan yiroqligi tufayli o’quvchi
mustaqil firklashga qiynaladi. O’quvchi darslikdan hayot va uning qonuniyatlari
haqidagi bilimlar bilan tanishadi, ularni aql kuchi bilan qabul qiladi, xotirasida
qayd etadi. Ammo bu bilim va xulosalar uning hissiyotiga zarracha ta‘sir qilmaydi.
Badiiy asarni o’qiganda loqaydlik o’quvchida faollikka aylanadi. U o’zi bilmagan
holda asar g’oyasidan ruhlanadi, qayg’uradi, shodlanadi, g’azablanadi, iztirobga
tushadi. Chunki badiiy asar qalb dardi tufayli yaratiladi. Bu dard esa har qanday
suhbatdoshni ham befarq qoldirmaydi. Bunday faollikni adabiyot darslarida
o’tiladigan badiiy asarlar tahlili orqali yuzaga keltirish talay qiyinchiliklar
tug’diradi. Bunda adabiyot o’qituvchisi mustaqil mutolaa uchun ajratilgan
soatlardan unumli foydalana olishi zarur. Mustaqil mutolaa uchun darslikda
berilgan asarlar bilan cheklanib qolish yaramaydi. Shuning uchun o’qituvchi o’zi
izlanishda bo’lishi, ayni paytda o’zi ham kitobxon bo’lishi kerak. Shundan
ko’rinib turibdiki, kitob mutolaasi:
A) nihoyatda mashaqqatli (sharchi buyuk nemis yozuvchisi mubolag’a qilib
aytgan bo’lsa-da, butun umri davomida o’rgana olmaginini eslang);
B) beqiyos sharafli (kitob mutolaasi tufayli hayot qonunityalarini chuqur
anglay borgan, bilim doirasi kengayib, tushunchasi, dunyoqarashi o’sgan,
ma‘naviy jihatdan yuksalgan va taqdir inoyati bilan o’zi ham asarlar yozgan);
V) huzurbaxshdir (aks holda Gyote ham bunda faoliyati bilan muttasil
Shug’ullanmagan bo’lardi)
Kitobxonlik ijodiy ish va u doimiy shug’ullanishni taqazo etadi.
Chunki endigina badiiy asarni o’qishga kirishgan o’quvchi dastlab voqealar
oqimini qiziqib kuzata boshlaydi, so’ngra shu voqea tasviri, asarda ishtirok
etayotgan obrazlar xatti-harakatlari haqida mushohada yurita boshlaydi. Asarda
tasvirlangan voqelik bilan hayot voqeligini farqlash jonli muloqat natijasidir.
O’quvchi ularni taqqoslash uchun bosh qotiradi va o’ylashga majbur bo’ladi.
O’qish jarayonida qahramonlarning o’rniga o’zini qo’yib ko’radi, muayyan
xulosalar chiqaradi. Ko’rinadiki, u ham o’ziga xos ijod qiladi. Kitobxonning
ijodkorligi esa yozuvi mahoratiga, ya‘ni adabiyotning darajasiga bog’liq.
O’zbek adabiyoti yaqin davrlar ichida paydo bo’lib, rivojlangan emas. Uning
tarixi uzoq o’tmishimizga borib taqaladi. Bunga zardushtiylarning kitobi «Avesto»
dan tortib shu bugungi yozilgan adabiyotlar misol bo’la oladi. O’zbek adabiyoti
asarlar mobaynida eng yaxshi an‘analar asosida rivojlana bordi. Asrimiz boshlarida
yashab ijod etgan yozuvchi A.Qodiriy o’zbek kitobxonini romanchilik bilan
tanishtirdi. «O’tgan kunlar», «Mehrobdan chayon» nomli shoh asarlari bilan
Navoiy, Bobur, Ogahiylarning ijodiy yo’lini davom ettiradi va adabiyotimizni
yuksak pog’onaga ko’tardi.

A.Qodiriyning davomchilari sifatida adabiyotimiz maydoniga Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Pirimqul Qodirovlar kirib kelishdi. O’zbek adabiyoti rivojlanishda davom etmoqda.


Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, kitobxonlik darajasi ko’p jihatdan adabiyot va


jamiyat taraqqiyotiga ham bog’liq ekan. Kitobxonlik muammosi ayrim olimlar
o’ylaganidek, kecha yoki bugun tug’ilgan emas. Uni adabiyotning o’zi kabi
qadimiy desak xato bo’lmaydi. Chunonchi, mahmud Qoshg’ariyning «Devonu
lug‗atit turk», Yusuf xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Nosiruddin Burxoniddin
Rabg’uziyning «Qissasi Rabg’uziy», Navoiy, Boburlarning qator asarlarida
kitobxonlikka oid qimmatli fikrlar bayon etilgan. Biz yuqorida kitobxonlik muammolari bilan tanishib chiqdik. Komilikka kitobxonlik orqali erishilsa, kitobxon bo’lish uchun
nimalarga e‘tibor qaratish kerak. O’quvchini kitobxonlikka qiziqtirish uchun
mustaqil mutolaani yo’lga qo’yish, kerakli adabiyotni topa bilish lozim deb
o’ylayman. Bunda o’quvchi asosan o’qituvchining bilimi va ko’nikmalariga
tayanib ish tutadi. Mustaqil mutolaa adabiyot dasturi asosida o’qituvchi tomonidan
rejalashtiriladi va ma‘lum maqsadga yo’naltiriladi. Darhaqiqat, o’quvchi mustaqil
mutolaa uchun kutubxonada kitob olar ekan, birinchi navbatda o’qituvchining
topshirig’ini nazarda tutadi. Mustaqil mutolaa sinfdan tashqari o’qishning asosini
tashkil etadi.

Mustaqil mutolaani faqat badiiy asarlar ustidagina emas, adabiy tanqidiy


asarlar yuzasidan ham o’zlashtirish mumkin. Shu o’rinda ilmiy asarlar va adabiytanqidiy asarlar orsidagi farqni ham aytib o’tish joiz. Ilmiy asarda tadqiqot birinchi o’rinda turadi. Maqoladagi faktlar ham, misollar ham, fikr ham tadqiqotga xizmat qildiriladi. Adabiy-tanqidiy asarda obrazlilik bir vosita bo’lishi kerak. Ba‘zi maqolalarda she‘r boshdan oyoq izohlanadi, satrlar bo’lib tashlanadi. Ba‘zi g’azallar tahlilida uchinchi baytdan so’ng o’quvchini zeriktirish boshlanadi. She‘rni izohlash kerak emas, she‘rning nima ekanligini ko’rsatib berish kerak.

Adabiy-tanqidiy asarni o’qigach, tahlil etilgan o’sha she‘rni izlab, topib


O’qiydi. Ana shunday asar o’quvchining estetik didini oshiradi. Masalan,
Matyoqub Qo’shjanovning «Abdulla Qodiriyning tasvirlash san‘ati» degan
kitobini o’qigach, «O’tgan kunlar» asarini yana qaytadan o’qigingiz kelaveradi.
Adabiy-tanqidiy asarlarda badiiy adabiyotning o’ziga xos xususiyatlari:
poetikasi, g’oyaviyligi bosh masala qilib qo’yiladi. Mustaqil mutolaadan ham
maqsad o’quvchini badiiy asarni teran o’zlashtirishga tayyorlash ekan bu borada
adabiy-tanqidiy asarlar o’qituvchiga yordamga keladi. Darhaqiqat, umumiy o’rta
ta‘lim maktablarida adabiy asarlarning janr xususiyatlarini o’rgatish ham muhim ahamiyatga ega. Asarni o’rganishda qanday metodlardan foydalanish, asarni
qanday tahlil qilish birinchi galda uning janr xususiyatiga bog’liqdir.
O’quvchilari sinfda anchagina badiiy asarlar bilan tanishadi, ularning
tuzilishini o’rganadilar. Bu asarlar tanlangan voqeani bayon qilishda o’zlariga xos
xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Maktabning 5-7-sinflarida ertak, topishmoq, maqol, kichik hikoyalar,
dostonlar, masal va qissalar bilan tanishilsa, 8-sinfda o’zbek mumtoz adabiyotning
g’azal, ruboiy namunalari bilan tanishiladi. Qisqasi, ular adabiy asarlarning ko’p
xillari va ularning janr xususiyatlari bilan tanishadilar.
Umumta‘lim maktablarining 5-6-sinflarida har bir asarning janr xususiyati
sodda va mazmundor qilib tushuntirib boriladi. Adabiyot dasrliklarida har bir
matndan so’ng savol va topshiriqlardan tashqari, shu matnga aloqador ma‘lumot
beriladi, to’g’rirog’i, bunda, matn mazmuni ma‘lum darajada tahlil qilinadi. Bu
ma‘lumotlar, asosan, o’quvchilarning shu matnni puxta tushunishiga yordam
beradi. Ba‘zi adabiyotshunoslar adabiy tur va janrlar taraqqiyotini o’rganishda asar
turining etimologiyasiga asoslanib, uning tarixiy taraqqiyot jarayonini ko’zda
tutgan holda, asarning kompozitsion tuzilishiga qarab jins va turlarga bo’ladilar,
so’ngra shu turlardan janrlarni ajratadilar. Boshqa bir guruh olimlar esa asarlarni
jins va turlarga ajratishda yozuvchining fikr bayon qilishdagi voqelikka bo’lgan
munosabatiga, ya‘ni hayot manzarasini tasvirlashi, undan olingan taassurothissiyotni bayon qilishi yoki voqelikni kishilar harakatida ko’rsatishga qarab jins,
tur va janrlarga ajratib kelmoqdalar. Q.Yo’ldoshevning yozishicha, «turli adabiy asarlar
bilan ish y uritilganda tahlil usullari mutlaqo o’zgarib ketmaydi, lekin o’quvchining asarga
yondashishi, munosabat tarzi o’zgaradi»

Buning juda katta nazariy va amaliy ahamiyati


bor. Zero, «asarlarni tur va janr xususiyatlariga ko’ra o’rganish san‘atdan lazzatlanish, asarni
uning badiiy butunligi hamda takrorlanmas mohiyatini his etish qobiliyatni rivojlantirishni
nazarda tutadi» Mustaqil mutolaada matn mazmunini puxta o’zlashtirish, uning o’quvchilar xotirasida uzoq saqlanib qolishining asosiy yo’li-ularni dastlab matn bilan
tanishtirish, shundan so’ng asardan kuzatilgan maqsadni o’quvchilar ishtirokida
aniqlashdir. O’quvchilarning janr xususiyatlarini yaxshi bilib olishlari uchun matn
tahlilining barcha sohalarida bo’lganidek, dastlab o’qituvchi ularning jonli,
ta‘sirchan, emotsional, ifodali uqiy olishiga e‘tibor qaratish zarur.
Ifodali o’qish orqali matnning mazmuni, uning badiiy ta‘siri o’quvchilarga
ma‘lum darajada yetganidan keyin, matn mazmunini yozuvchining kuzatadigan
maqsadini aniqlashga aloqador savollar beriladi. Shu munosabat bilan matnning
janr xususiyatlarini o’rganish, ular o’rtasidagi farqni aniqlashga kirishiladi.
Adabiy ta‘lim jarayonida o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatishning
O’ziga xos xususiyati mavjud. Ma‘lumki, boshqa o’quv fanlari bo’yicha o’tiladigan
darslarda o’quvchilar turli yo’l, usul va vositalardan foydalanib o’zgalar tomonidan
avvaldan belgilab qo’yilgan yagona xulosaga keladi. Adabiy ta‘limning o’ziga
xosligi shundaki, unda har bir o’quvchi o’z oldiga qo’yilgan muammoni tegishli
maqsad va vazifalarni belgilagan holda bilimi va hayotiy tajribasiga tayanib turli
yo’l, usul, vositalar yordamida, intellektual imkoniyati darajasida mustaqil
ravishda hal qiladi. O’rganilayotgan badiiy matn, undagi qahramonlar, tasvirlangan
biror hodisa yoki vaziyat borasida har bir o’quvchilarning asar hamda darslik
mualliflarinikidan farq qiluvchi o’z xulosasi bo’ladi. Adabiyot darslarida
o’quvchilarni mustaqil mulohaza yuritishga o’rgatish shunisi bilan alohida
ahamiyat kasb etadi.

O’quvchi shaxsida fikr kishisini tarbiyalash maqsadida tashkil qilingan


adabiyot darslarida tarbiyalanuvchi o’qituvchidan ma‘lum vaqt ichida bajarilishi
lozim bo’lgan topshiriqni oladi. Masalan, 8-sinfda Alisher Navoiy va Nodiraning
umrbayoni hamda g’azallari o’rganilib, o’quvchilar shoirlar uslubini farqlaydigan
bo’lganlaridan so’ng, ularga o’rganilgan ikki g’azalning maqta‘sini olib qo’yilgan
holda taqdim etiladi. O’quvchidan ularning qay biri Navoiy qalamiga, qaysinisi
Nodira ijodiga mansub ekanini aniqlash talab qilinadi.
L. Tolstoyning fikricha, bolalarda ijodkorlikni o’stirish uchun ularni ijodga
undovchi hayotiy omil va kerakli material bilan ta‘minlash zarur. Bolaga erkinlik
berish, «uni o‘qitishni bas qilish» shaxs shakllantirishda juda katta samara beradi.
Maktabda adabiyot o’qituvchisining asosiy vazifasi kerakli material bilan
ta‘minlash, ishga qanday kirishishni o’rgatish, to’g’ri yo’nalish berishdan iboratdir.
Adabiyot darslarida o’quvchini mustaqil fikrlashga o’rgatishda ular bilan asar
haqida suhbatlashishni bilish, ularni matndan javob izlashga majbur etadigan
savollar berish, bu savollar yordamida o’quvchini asar mohiyatiga olib kirish,
undagi tasvir haqida ongli ravishda, to’la ishonch bilan ma‘lum xulosalarga
kelishga ko’maklashish juda muhim. Badiiy asar tahlili jarayonida asarning
mazmun va shakli orasidagi aloqani nazardan qochirmaslik, shaxs bilan jamiyat
orasidagi aloqani ta‘minlash bilan o’qituvchi darsning hayotiyligini saqlab
ta‘minlaydi.

Maktab o’quvchisining tafakkur darajasi erkin muhokama yuritishga har


jihatdan moyil bo’ladi. Ma‘lum qoliplarga solingan tafakkur mantiqsiz va quruq
muhokamani vujudga keltiradi. Fikr yo’nalishini tasodifiy hodisalarga qaratadi.
Bunday tafakkur chinakam haqiqatni topishga qodir emas. Chinakam ijodga moyil
tafakkur voqealar rivojiga o’ta ziyraklik bilan yondashadi. U hodisalardagi
qarama-qarshiliklarni ilg‗ab oladi, ularni aylanib o’tishga emas, aksincha, hal
etishga urinadi. Bunday vaziyatlarda o’quvchilar tilidan: ―Menimcha...‖, ―Mening
nazarimda...‖ degan iboralar eshitiladi.
Badiiy asar ustida ishlashda timsollar va tushunchalar badiiy hamda ilmiy
tafakkur bilan bog’liqlikda amalga oshirilsa, o’quvchilarning adabiy bilimdonlik
darajasi ham ortib boradi.

Badiiy asar tahlili jarayonida o’quvchilar oldiga o’rganilayotgan asarga


bevosita bog’liq, hayotiy ahamiyatga ega, bolalarni qiziqtirishi shubhasiz bo’lgan
adabiy, falsafiy, estetik, tarixiy masalalar qo’yilsa, ta’lim jarayoni yanada
samarali bo’ladi.

Adabiyot darslarida o’quvchilarning mustaqil fikrlash asosida bilim


olishlarini ta‘minlash va bilim olishga motivatsiya uyg’otishda ta‘lim maqsadini
to’g’ri belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyot metodikasi ilmi har bir
adabiyot darsi oldiga tarbiyaviy, ta’limiy, yo‘naltiruvchi va rivojlantiruvchi
singari maqsadlar qo’yilishi lozimligini ko’zda tutadi. Bu xil maqsadlar to’g’ri
belgilab olinsa, dars jarayoni shu asosda tashkil etilsa, o’quvchilarning mustaqil
fikrlashlari uchun ulkan imkoniyatlar paydo bo’ladi.

Mustaqil fikrlash va faoliyat ko’rsatishga qaratilgan adabiyot darslarini tashkil


qilishning psixologik-didaktik shartlarini: o’quvchilar bilimdonligining ma‘lum
bosqichga muvofiq keladigan darajasi; o’quvchilarni o’qish va mehnat qilishga,
o’qituvchi rahbarligida mustaqil bilim olishga undovchi motivlarning yetarli
darajada shakllanganligi; didaktik tamoyillar va o’quv-tarbiya jarayonini tashkil
qilish qoidalariga amal qilinishi; ta‘limning metod va shakllaridan o’rinli
foydalanish tashkil etadi.

Adabiyot darslarini o’quvchilarni mustaqil fikrlashga yo’naltirish asosida


tashkil qilishda umumdidaktik tamoyillardan tashqari, ta‘lim jarayoni mantig’iga
asoslangan maxsus qoida hamda qonuniyatlarga amal qilish ham talab qilinadi.
Dars sinfdagi bolalar bilan yalpi ishlash hamda har bir o’quvchining mustaqil
faoliyatni birgalikda qo’shib olib borish ko’zda tutilgan holda, o’qitishning jamoa,
guruh yoki individual shakllarida tashkil etilishi mumkin. Bundan tashqari,
darsning maqsad va vazifalariga, mazmun va metodlariga mos keladigan tizim ham
zarur. O’quvchilar mustaqil tafakkuri va faoliyatini ta‘minlashga qaratilgan darslar
pedagogik asar sifatida tashkiliy jihatlarining aniqligi, rejaliligi, yaxlitligi,
o’qituvchi-o’quvchi munosabatlarining tengligi, majburiy va ixtiyoriyligi hamda
mantiqiy izchilligi ta‘minlanganligi bilan ajralib turishi kerak. Bunday tartib dars
jarayonini boshqarishni osonlashtiradi.

Adabiy ta‘lim jarayonida o’quvchi tafakkuri mustaqilligining mehnat bilan


Bog’liq bo’lgan ayrim belgilari yuzaga chiqishi kerak. O’quvchining ta‘lim
jarayonidagi mustaqilligi, odatda, ―mustaqil bilim olish‖ tushunchasi bilan
ifodalanadi. Bu o’rinda ―mustaqil bilim olish‖ degan atama o’quvchini mustaqil
o’qishga undaydigan intellektual qobiliyat va malakani anglatadi. O’quvchidagi
mustaqil ravishda bilim olish qobiliyatiga egalikni ko’rsatuvchi belgilar: uning
mustaqil ravishda har xil qo’shimcha manbalardan yangi bilimlarni o’zlashtirishi
va shu orqali o’zida yangi malaka va ko’nikmalarni hosil qila olishi; qo’shimcha
adabiyotlardan o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalaridan dars jarayonida,
o’zining ma‘naviy kamoloti yo’lida foydalana bilishi; bilimlarini darsda va hayotda
turli masalalarni hal etish amaliyotida qo’llay olishida namoyon bo’ladi.
O’quvchida bunday sifatlarning mavjudligi unda bilim olishga intilish, o’qishga
tortuvchi sabablar borligini namoyish etadi.

Asar timsollari ustidagi bu kabi ishlar boshlang’ich sinflardayoq o’ziga xos


tarzda boshlanishi, unda o’quvchi oldiga qo’yilgan vazifalar uning intellektual
imkoniyatlari darajasida bo’lishi, sinf yuqorilashgani sayin muntazam tarzda ular
murakkablashib borishi talab etiladi.
Umumta‘lim maktablarining 6-sinfi ―Adabiyot‖ darsligida Alisher
Navoiyning ruboiy va qit‘alari o’rganish uchun taqdim etilgan. Ruboiy va qit‘a
haqida qisqagina nazariy ma‘lumot ham darslikdan o’rin olgan. O’qituvchi bu
mavzularni o’tib bo’lgach, o’quvchilarga darslikda bo’lmagan bir ruboiy va qit‘ani
taqdim etib, ularning janrini aniqlashni so’rashi mumkin. O’quvchining bu
topshiriqni bajarish yo’lidagi aqliy faoliyati unda ma‘lum bilim, ko’nikma va
malakalarning shakllangan bo’lishini talab qiladi.

Uzluksiz ta‘lim jarayonining o’rta bosqichida o’quvchilar darsda olgan yangi


bilimlar mohiyatiga, uning inson hayoti uchun ahamiyatli ekaniga ishonch hosil
qilishga intiladi. Ba‘zan ularda e‘tiroz yoki shubha tug’iladi. Lekin, ko’pincha bu
e‘tirozlar o’quvchilarning ichida qolib ketadi. Tafakkurni oqilona yo’llar bilan
o’stirish uchun o’qituvchi o’quvchilaridagi shunday holatlarni ilg’ashi, bolalarning
ichidagi shubha va e‘tirozlarni yuzaga chiqarishga undaydigan vaziyat yaratishi
kerak bo’ladi. Bu xislatning rivojlanishi asnosida narsa va hodisalar haqidagi
qarashlarni asoslash, dalillar keltirish, isbotlash, ishontirish kabi aqliy kamolotga
yetaklovchi, bilimning puxtaligini ta‘minlovchi sifatlar takomillashadi.
Tafakkur mustaqilligining o’sishi o’qitiladigan fanlar, o’qituvchi va otaonaning ta‘siriga ham bog’liq. O’qituvchi, ayniqsa, boshlang’ich maktabda, ota-ona oilada bolaga uning ismi, uyi, shahrining nomi ishtirokida ertaklar tuzishga o’rgatishi juda foydali. Bu bilan ular bolada hayotiy tajriba bo’lishiga ko’maklashadilar, unga o’z yo’lini aniqlab, buyumlar dunyosida o’z o’rnini belgilab olishga yordamlashadilar. Badiiy adabiyotning o’ziga xos xususiyati haqida so’z yuritgan Aleksandr Genis shunday fikrlarni keltirib o’tadi: ―Adabiyotning mo„jizaviy qudrati shundaki, u insonning so’zda ifodalab bo’lmaydigan, nimtalab tashlanmagan yurakdek substantsional qismini kitobxonga yetkazib berishga qodirdir. Agar shu qismi bo’lmasa, bironta ham muallif boshqasidan hech qaysi jihati bilan ajralib turmas edi. Har bir asarda ijodkorning o’ziga xos qalbi, insonning turfa xil kechinmalari aks etganligi bir yozuvchini ikkinchisidan farqlash imkoniyatini beradi.

Adabiy janrlarni o’rgatishda xalq ijodi va uning o’ziga xos xususiyatlarini,


birinchi galda bu ijodning o’z janrlari borligini alohida e‘tiborga olish lozim.
Xalq og’zaki ijodi o’quvchilarni ko’proq qiziqtiradigan adabiyotdir. Bu
adabiyotdagi fantaziya, uni ifodalashda ayniqsa mubolag’aning kuchli bo’lishi
tinglovchilarni o’ziga jalb etadi.
Xalq og’zaki ijodida xalqning sevimli qahramonlari ko’tarinki ruh bilan
tasvirlangan. Bu qahramonlar xalqining orzu-umidlarini o’z harakatlarida,
ko’pincha dushmanga qarshi qahramonona kurashlarda ifodalaydilar. O’zbek xalq
eposining Go’ro’g’li, Alpomish, Avaz, Ravshan, Qorajon va Barchinlar kabi
qahramonlari O’rta Osiyo xalqlari o’rtasida juda mashhurdir.



Yüklə 100,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə