Mundarija kirish Asosiy qism Bob Mehnat bozorining ishlash mexanizmi



Yüklə 316,5 Kb.
səhifə10/19
tarix26.05.2023
ölçüsü316,5 Kb.
#113063
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Abdulaziz

Ikki tomonlama monopoliya modeli kuchli tarmoq kasaba uyushmalari harakat qiladigan monopsonik bozor sharoitlariga xosdir. Boshqacha qilib aytganda, monopsonik model bilan kasaba uyushmalari harakati hisobga olinadigan model birlashtirilgan taqdirda ikki tomonlama monopoliya o’rin tutadi. Kasaba uyushmalari shu ma’noda mehnatni monopolistik sotuvchisi bo’lib, u mehnat taklifini nazorat qiladi va ish haqi stavkalariga ta’sir eta oladi. U ish bilan bandlikni o’zgartirish yo’li bilan, ish haqiga ta’sir eta oladigan monopsonistik ishga yollovchiga qarama-qarshi turadi.
Turli mamlakatlarda ish bilan bandlik va mehnat bozori modellari o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi, biz ana shularga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Fransiya modeli. Fransiyada oxirgi 10 yil ichida ishsizlik darajasi 12,0 % atrofida saqlanmoqda. Ishsizlikka qarshi kurashish uchun ham faol, ham sust chora-tadbirlar qo’llaniladi, lekin mehnat bozorida passiv (sust) siyosat ma’qulroq ko’riladi.
Ishsizlarga uzoq vaqt nafaqa to’lanadi. Bunday nafaqa to’lanishining eng uzoq davom etishi 5 yilni tashkil etadi. Shu bilan birga Fransiya byudjetida mehnat bozoridagi passiv siyosatga xarajatlar ulushi faol ijtimoiy siyosat o’tkazishga qilinadigan xarajatlar ulushidan deyarli ikki baravar yuqoridir.
Hozirgi vaqtda Fransiya korxonalarida mehnat resurslarini boshqarish sohasida ishsizlikka qarshi kurashning global vositasi deb qaralayotgan ish bilan to’liqsiz bandlik siyosati amalga oshirilmoqda. Lekin Fransiyada ishsizlik bundan buyon ham 10—12 % darajasida qolaveradi, ya’ni G’arbdagi ko’pchilik mamlakatlardagidan yuqoriroq darajada bo’ladi deb taxmin qilinmoqda.


1.2 Mehnat bozorining segmentlarga bo’linishi va undagi moslashuvchanlik
Mehnat bozorining sig’imi va uning kontingentini o’rganish uchun segmentlarga bo’lish qo’llaniladi. Mehnat bozorini segmentlarga bo’lish — uni o’z chegaralari bilan xodimlar harakatini cheklaydigan barqaror alohidalangan segmentlarga (guruhlarga) ajratishdir. Odatda, sotuvchilar va xaridorlarni segmentlarga bo’lish ularni birlashtiruvchi belgilar, masalan, jug’rofiya joylashuvi, ijtimoiy-demografik xususiyatlari (jinsi, yoshi), ma’lumot darajasi, malakasi, ish staji va hokazolarga qarab ro’y beradi.
Xorijiy iqtisodchilar baholariga ko’ra ishchi kuchi bozori tuzilmasida hozirgi kunda, juda bo’lmaganda beshta sigmentni ajratish mumkin: birinchidan, nisbatan kam sonli, ammo barqaror yuqori malakali rahbar xodimlar otryadi; ikkinchidan, raqobat qonunlari ta’siriga uchraydigan keksa yoshli ishchi va xizmatchilar; uchinchidan, qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarining tuzilmaviy qayta qurish va ishlab chiqarishning qisqartirilishiga bevosita dahldor ishchi va xizmatchilar; to’rtinchidan, mehnat unumdorligining darajasi yuqori bo’lgan (asosan xizmat sohasi) sermehnat tarmoqlarda faoliyat ko’rsatadigan xodimlar; beshinchidan, aholining eng zaif toifalari — yoshlar, keksalar, jismoniy va aqliy nuqsoni bor bo’lganlar, ish topish umidini yo’qotganlar va boshqalar. Aslida mehnat bozori sigmentlarining chegarasi shartlidir. Ular elementlari muayyan qonuniyatlarga bo’ysunib, doimo bir holatdan ikkinchi holatga o’tib turadigan murakkab dinamik (harakat chan) tizimdir. Bunda, adabiyotlarda aytib o’tilganidek, birbiridan nisbatan alohida vaqtga ko’ra turli barqarorlik darajasi, ishchi kuchi talab va taklifiga ayrim omillarning ta’siri, qandaydir kichik tizim ichidagi kuchli raqobat bilan ifodalanuvchi hamda ularni o’zlarining o’rtasidagi zaif, kichik tizimlar o’rtasidagi almashtirishning qiyinligi, bozor iqtisodiyoti subyektlarining ijtimoiy o’ziga xosliklari tufayli kichik sistemalarga ajratiladi.
Mehnat bozorida ish beruvchilar ham, yollanma xodimlar ham segmentlar obyekti sifatida namoyon bo’ladi. Bozorni ish beruvchilar nuqtai nazaridan segmentasiyalash ularning ehtiyojlarini baholash va ularga yaxshiroq yo’sinda moslashish imkonini beradi. Segmentasiyalash obyekti yollanma ishchilar bo’lgan holatda ularning miqdor va sifat xarakteristikalari, xatti-harakat jihatlari bo’yicha ifodalanadigan guruhlari to’g’risidagi tasavvur shakllanadi. Ish joylarining sifati nuqtai nazaridan mehnat bozorini ikki asosiy segment — malaka va malakasiz ish joylari sifatida tasavvur qilish mumkin. Birinchi segmentda ma’lum daraja — oliy yoki o’rta maxsus ta’lim darajasidan kam bo’lmagan malakali tayyorgarlikni talab qiladigan ish joylari to’planadi. Bu ish joylarini ma’muriy, boshqaruv va muhandis — texnik xodimlar, yuqori malakali ishchilar egallaydi. Bu sifatdagi xodimlar yuqori darajadagi ish haqi va ish bilan bandlik kafolatiga ega bo’ladi. Ikkinchi segmentda ish bilan band etilishi maxsus kasbiy tayyorgarlikni talab etmaydigan hamda boshlang’ich darajadagi malaka kifoya qiladigan ish joylari to’planadi. Mehnat bozorining bu segmentida ish bilan band bo’lgan xodimlarning ish haqi yuqori darajada bo’lmaydi, barqaror ish bilan bandlik ham yo’q. Mehnat bozorini aytib o’tilgan ikki segmentga ajratish anchagina mavhum ishdir.
Bozorni segmentlarga bo’lish munosabati bilan mehnat bozorlarining ikkilamchiligi nazariyasi yuzaga keladi, bu nazariyada mehnat bozorini birlamchi va ikkilamchi bozorga bo’lish taklif qilinadi. Shu bilan birga, turli iqtisodchilar ushbu tushunchalarni turlicha talqin qiladilar. Ba’zi iqtisodchilarning ta’kidlashlaricha, birlamchi bozorda barqaror, yaxshi haq to’lanadigan, yuqori malakali mehnat bilan bog’liq bo’lgan va hokazo ishlar bo’ladi. Ikkilamchi bozorda, aksincha, past haq to’lanadi va barqaror bo’lmagan ishlar bo’ladi, ish haqi darajasi past, xizmatda ko’tarilish imkoniyati yo’q va hokazo.
Ba’zi iqtisodchilarning fikricha, birlamchi bozor deganda butun ish vaqti mobaynida barqaror ravishda ish bilan band bo’lish xos va mos bo’lgan mehnat jamoasining «o’zagi» tushuniladi. Bunday talqinda ikkilamchi bozor — ishchi kuchining chet qismi bo’lib, u ish bilan qisman band bo’lgan xodimlarni, ishlab chiqarish hajmlari kamaygan taqdirda, birinchi navbatda ishdan bo’shatiladigan xodimlarni o’z ichiga oladi.
Segmentlashganlikdan tashqari, mehnat bozorining muhim xususiyatlaridan biri uning moslashuvchanligidan iborat. Ushbu moslashuvchanlik, aksincha, bozorda harakatchanlikni oshiradi. Moslashuvchanlikning quyidagi turlari bo’lishi mumkin:
1. Miqdoriy moslashuvchanlik, u ayrim omillarning o’zgarishiga javoban ish bilan band odamlarning soni, ish haqi darajasi o’zgarishida ifodalanadi. Moslashuvchanlikning ushbu turi hamisha mehnat bozoriga xosdir.
2. Funksional moslashuvchanlik, ushbu tur mehnat va ish bilan bandlikning moslashuvchan tartiblarini, mehnatga haq to’lash tizimlaridagi o’zgarishlarni nazarda tutadi.

Yüklə 316,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə