Mundarija kirish I bob. Alisher navoiyning pedagogik qarashlari



Yüklə 84,67 Kb.
səhifə3/9
tarix29.11.2023
ölçüsü84,67 Kb.
#139954
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari

Bu fikrni “Nazm ul-javohir” asarida:
Kim olim esa nuqtada barhak de oni,
Gap bazm tuzar bihishti mutlah de oni,
Har kimsaki yo‘q ilmga anga ahmoq de oni,
Majlisdaki ilm bo‘lsa uchmas de oni.
Yoki ilmli, aqlli odam o‘z maqsadiga erishish uchun har qanday qiyinchilikka ham chidaydi, kim ilmni o‘ziga tayanch qilib olsa, u hech qachon qoqilmaydi, xor bo‘lmaydi va ilmning vazifasi inson baxt-saodatiga xizmat qilishdir, deb ta’kidlaydi.
Demak, Alisher Navoiy o‘zining badiiy asarlari bilan bir qatorda ta’limiy–axloqiy asarlarida o‘zi orzu etgan komil insonga xos axloqiy fazilatlari deb qanoat, adolat, saxovat, himmat, muruvvat, vafo, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik va boshqalarni tushungan, ana shu xislatlar tarkib topgan insonga yomonlik razillik bo‘lmasligi, bunday inson yashagan jamiyat ham ravnaq topishi, barcha xalq baxt-saodatga erishish mumkin, deb hisoblagan. Alisher Navoiy odamlarni axloqli va odobli bo‘lishga da`vat etadi hamda hamda axloqni bunday ta`riflaydi. “Ahloq shaxsning og‘ir baqolig‘ libosidir va libos jismning sangin debosi. Shuning bilan birga odamni bezaydigan ham axloqdir” Alisher Navoiyhikmatlaridan olam –olam ma`no mujassamdir. Uning hikmatlarida ilm – ma`rifat, mehr – oqibat, insoniylik kabi masalalar markaziy o‘rinni egallaydi. Birov kim qilsa olimlarga ta`zim, Qilur go‘yoki payg‘ambarga ta`zim. Shoir olim ahlini qadrlaydi, ulug‘laydi. Olimlarga ta`zim qilish – payg‘ambarga ta`zim qilish bilan barobar ekanligini ta`kidlaydi . Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiyning komil insonni shakllantirishga oid fikrlari, uning ta’limiy-axloqiy qarashlari pedagogik fikr taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Allomaning pedagogik qarashlari o‘zidan oldin o‘tgan olimlarning bu boradagi ilg‘or ta’limotiga, shuningdek, komil insonni tarbiyalashga oid an’anaviy Sharq xalqlari ta’lim-tarbiya yo‘riqlariga asoslanadi. Alisher Navoiy ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko‘rsatadi. U ta’limda ilmiylikka asoslanganlik tarixiylik kabi talablarni asos qilib oladi. O‘z davridagi musulmon maktablarining yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi.
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va taffakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha’n -u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda tirkiy va forsiy tilde so‘zlovchi biron bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. “Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”, I.Karimov.
Sharq xalqlarining adabiyoti qanchalik chuqur o‘rganilsa, bu xalqlar orasidagi adabiy aloqalar ham shunchalik ravshanroq ko‘rina boradi. Adabiy aloqalarning o‘rganilishi esa dohiy san’atkorlarning, adabiy maktab vakillarining ijodiy qudratini, ta’sir doirasini aniqlash uchun to‘laroq tasavvur beradi. Bu jihatdan Navoiy merosini o‘rganish alohida ahamiyatga egadir.
Navoiy merosini o‘rganish yolg‘iz o‘zbek olimlarininggina vazifasi emas. Navoiy buyuk bir adabiy maktab boshlig‘i sifatida dohiy Nizomiy kabi bir qancha xalqlarning adabiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatganligidan uning ijodini o‘rganish ham keng bir sohani tashkil etadi. Dunyo sharqshunoslari Navoiy merosini o‘zbek xalqining adabiyotini o‘rganish maqsadida tekshirsalar, sharq xalqlari tadqiqotchilari butun hayotini xalq baxt-saodatiga bag‘ishlagan bu ulug‘ san’atkorning hayoti va ijodini o‘z madaniyatlarini o‘z adabiyotlari tarixini chuqur o‘rganish, o‘zaro mushtaraklik tomonlarini aniqlash maqsadida o‘rganishgan. Chunki Navoiy tojik, eron, hind madaniyatida buyuk bir madaniyat homiysi sifatida mashhur bo‘lsa, ozarbayjon, turkman, qozoq, tatar, turk, qoraqalpoq xalqlari adabiyotida esa o‘zining kuchli ta’siririni ko‘rsatgan.
Alisher Navoiy turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakilidir. Chunki hech kim bu til va adabiyotning ravnaqi uchun uningdek xizmat qila olgan emas. Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho‘qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilde bunchalik ko‘p va xo‘p (Bobur) yozmagan edi. Navoiy barcha xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u o‘zini “Xito(y)dan to Xuroson” gacha yoyilgan turkiy qavmlarning o‘z shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog‘i ostida birlashtirdi, “yakqalam” qildi. Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga buyuk ta’sir ko‘rsatdi.
Navoiy asarlarining umuminsoniy g‘oyasi - insonparvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik, do‘stlik, tinchlik, mehr va sadoqat, pok sevgi va vafo, ma’rifatlilik kabi go‘zal tuyg‘ularning yuksak badiiy shaklda ifodalashi orqali o‘zbek adabiyoti shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqdi. Buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar yaratmagan bo‘lsa ham, o‘zining bu haqidagi fikrlarini turli ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan. Alisher Navoiy o‘zining umuminsoniy tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarini badiiy asarlarida barkamol inson obrazini yaratish yo‘li bilan bayon etdi.



    1. Yüklə 84,67 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə