Mundarija kirish I bob. Alisher navoiyning pedagogik qarashlari



Yüklə 84,67 Kb.
səhifə8/9
tarix29.11.2023
ölçüsü84,67 Kb.
#139954
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari

II bob bo‘yicha xulosa
Alisher Navoiy o‘z pedagogik qarashlarida bolaga yoshlikdan ta’lim va tarbiya berish, o‘g‘il - qizlarni 6 yoshdan muallimga berish lozimligini aytadi. Turli fanlar va hunar egallashni maslahat beradi.
U o‘zining «Hamsa», «Maxbub ul-qulub», «Munojot», «Vakfiya» va asarlarida ta’lim tarbiya masalalariga e’tibor berar ekan, tarbiya jara- yonlarini, vositalarini, talablarni ko‘rsatadi. U ta’limda ilmiylikka asoslanganlik, tarixiylik, kabi talablarni asos qilib oladi. O‘z davrdagi musulmon maktablarini yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. U o‘qituvchi gapirar ekan, muallim o‘z shogirdlarini ham, o‘zi ta’lim berayotgan fanni sevgan bo‘lishi zarur deydi. O‘ziga ham, o‘qituvchiga ham talabchan bo‘lishni Navoiy o‘qituvchini jamiyatda obro‘li va hurmatga loyiq inson bilib, sho-girdlar muallimni vatandek juda hurmat qilishlarini, e’zozlashlarini uqtiradi.
Navoiyning haqiqiy insoni-pok, mehnatsevar, sof vijdonli, insofli, to‘g‘ri, sahovatli, odobli, kamtar, hayoli, muruvvatli shaxs. Bu hislatlarni odamlarda tarkib toptirish uchun ularda ana shu oliy janob hislatlarni tarbiyalash kerak deydi 
va ahloqiy fazilatlarga ta’rif beradi, ularning oqibatlarini tushuntiradi.

UMUMIY XULOSA
Buyuk mutafakkir shoir va alloma Alisher Navoiy noyob iste’dod egasi bo‘lishi bilan dunyoga mashhur bo‘ldi. Navoiy matematika, astronomiya, hikmatshunoslik, muhandislik ilmini qunt bilan o‘rgangan. U Samarqand va Movarounnahrning mashhur obidalari, go‘zal manzaralariga doimo o‘z munosabatini bildirib kelgan. Hirotda o‘zining vazirlik yillarida ham mansab va shon-shavkat uchun emas, balki butun kuchini el-yurt uchun xizmat qilishga, hunar ahli va hakimlar ishini xalq farovonligiga qaratgan.
Xondamir “Xulosat ul-axbor” asarida “Amir Alisherning fazlu hunar tabaqasining aksariga g‘amxo‘rligi zo‘rdir. Tazqib va tasvir ilmi hunarida benuqson va cheksiz bo‘lgan qalam ahllari, shuningdek, zamon naqqoshlari va davr muhandislarining ko‘pi ul hazratning tarbiya va ta’lim vositasi bilan bu hunarlarni o‘rgandilar va atrof olamda monandi yo‘q yaxshilar tengi bo‘ldilar”, degan fikrni keltiradi. Alisher Navoiy o‘z “Xamsa”sida bitilgan dostonlarida ilgari surilgan umuminsoniy g‘oyalari bilan dunyoga mashhur bo‘ldi. Xususan, “Saddi Iskandariy” dostonida “Podshohlar har narsani idrok qila bilishi, bilmasa donishvor olim kishilar bilan suhbatda bo‘lib o‘rganishi shart”, degan ilg‘or fikr ilgari suriladi. Iskandar Arastudan: “Nega odamlar qaysi ish foydali, qaysi ish zararli ekanini bilgan holda noxush xatti-harakatga yo‘l qo‘yadilar?” - deb so‘raydi.
Arastu javob berib shunday deydi: “Kishining aqli foydali ish qilish kerakligini biladi, nafsi hamisha oson ishga intiladi: nafs o‘z intilishiga erishsa, u odamlarni foydali ishlarning mahsulidan bebahra qiladi”. Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida shoh va u boshqarayotgan xalq to‘g‘risida shunday yozadi: Shoh - daryo va xalq erur anhor, Ikkisining suvida bir maza bor. Ya’ni donishmandlar shohni ulug‘, sermanok daryoga, aholisi va yaqinlarini esa, daryo atrofidagi anhorlarga o‘xshatadilar. “Kimki shohga xizmatkor va qaram bo‘lsa, ishi va odamlarga munosabati ham shohnikiga o‘xshash bo‘ladi. Agar shoh adolatparvar bo‘lsa, vazirlari, aholisida ham adolatpeshalik bor.
Agar shohning odati xalqqa zulm qilish esa, eli ham zulmga moyildir. Agar shoh imon, e’tiqodli bo‘lsa, xalq ham o‘z diniga amal qiluvchidir. Agar shoh kofirtabiat bo‘lsa, qo‘l ostidagi tobelarida ham xuddi shunday kofirlik fe’li avj oladi”. Alisher Navoiyning mashhur asarlaridan “Farhod va Shirin”da hali o‘rganilmagan tahliliy ishlar bor. Navoiy oddiy ertakchi emas, uning har bir ifoda-obrazi, lavhalarida muayyan umumfalsafiy, ilohiy ma’no bor. Farhod boshqalarga o‘xshagan emas, tug‘ilganidan boshlab, bezovta. Yoshligidan mehnat va bilimga havas qo‘yadi.
Faqat mehnat va ijodkorligi bilan kamol topadi. Umrining oxirgi lahzalarigacha izlanadi, axtaradi. U, odam nimaiki qilgan bo‘lsa faqat fikrlash orqali qilgan, fikrlash mumkin bo‘lgan joyda hal qilinmagan mushkul ish bo‘lmaydi, deb qaraydi, izlagan narsaning tagi, tugiga yetmaguncha tinchlanolmaydi. Sehrli ko‘zgu orqali Yunoniston safaridagi tilsimotlar, dev, ajdaho nimalarning ramzi, tog‘larda istiqomat qiluvchi donishmandlar kimlar? Navoiy nega to‘g‘ridan to‘g‘ri Shirish bilan uchrashuvdan boshlamagan? Bular to‘g‘risida ko‘p izlanishlar olib borilishi kerak. Negaki, Vatanni sevish, odamlarga yaxshilik urug‘ini sochish, pok qalb egasi bo‘lish, har qanday bilimlilar bilan bellasha oladigan sifatlarini o‘rganish har qanday kishi uchun, avvalo pedagog va rahbarlar uchun muhim masala, deb o‘ylaymiz.



Yüklə 84,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə