Mundarija kirish I bob. Alisher navoiyning pedagogik qarashlari



Yüklə 84,67 Kb.
səhifə5/9
tarix29.11.2023
ölçüsü84,67 Kb.
#139954
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari

Boshni fido ayla ato qoshigʻa,
Jismni qil sadqa ano boshigʻa…
Tun-kunungga aylagali nurposh,
Birisin oy angla, birisin quyosh…
Dostonning sakkizinchi maqolotida Navoiy yolgʻizlikka nisbatan koʻpchilik – jamoatni ulugʻlab, kishilarning bir-birlari bilan ahil, doʻst boʻlishlarini istaydi:
Yoʻq hunari yolgʻuz esa, oʻz ishi,
Qayda kishi sonida yolgʻuz kishi?
Fard[1] kishi davrda topmas navo,
Yolgʻuz ovuchdin kim etmish sado?…
“Hayrat ul-abror”ning oʻninchi maqoloti rostgoʻylik, halollik va toʻgʻrilikka bagʻishlangan. Navoiy unda kishilarni rostgoʻy va toʻgʻri boʻlishga chaqiradi, yolgʻonchilik va egrilikning zararli oqibatlarini keskin fosh etadi. Shoir yolgʻon soʻzlashning yomon oqibatini “Sher bilan Durroj” masalida ovchining tuzogʻiga tushgan Durroj timsolida hikoya qiladi.
Dostonning oʻn birinchi maqolotida Navoiy ilm-fanga, ilm ahliga yuksak baho beradi. Kishilarni ilm olishga, olimlarni izzathurmat qilishga chaqiradi. Shu bilan birga, shoir oʻsha davrda mehnatkash va musofir talabalarning ilm olish yoʻlida chekkan mashaqqatlaridan, ilm-fan egalarining muhtojlikda yashaganlaridan afsus-nadomatlar chekadi.
Navoiy ilmdan amalda foydalanish zarurligini taʼkidlaydi:
Ilm, Navoiy, senga maqsud bil,
Endiki ilm oʻldi amal aylagil.
Navoiy yaramas odat va xulq-atvorlarni shafqatsiz qoralashi, oliyjanob insoniy fazilatlarni qadrlashi, bolalarni oʻqish, oʻrganish va yuksak odobli, aʼlo xulqli boʻlishga chaqirishi katta ahamiyatga ega boʻlib, bolalar adabiyotining shakllanishida juda muhimdir. Uning bir qator axloqiy-taʼlimiy qarashlari hozirgi kunda ham oʻz qadr-qimmatini saqlab kelmoqda.
Alisher Navoiyning pedagogik qarashlarini olamshumul ahamiyati nimada?
Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singigan boʻlsa-da, maxsus "Lison ut-tayr" dostoni (1499) da, "Nasoyim ul-muhabbat" (1495-96)da, "Tarixi anbiyo va hukamo" (1485-8), „Arbain“, „Munojot“ singari asarlarida aks etgan.
"Lison ut-tayr"da borliq va ilohiyot haqidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Navoiy asarlarini diniy va soʻfiylik jihatidan oʻrganish kengaydi, ular obʼektiv va ilmiy bahosini olmoqda. 
„Arbain“, „Munojot“ kabi asarlari chop etildi. Jomiyning „Nafahotul-uns min hazarotil-quds“ tazkirasini tarjima qilib va toʻldirib, soʻz yuritilgan 618ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi.
„Majolisun-nafois“ (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira boʻlib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida maʼlumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot boʻlmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, toʻrtinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi maʼlumotlar jamlangan. Asar Fahriy Hirotiy (1521-22), Muhammad Qazviniy(1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan.

Yüklə 84,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə