Mundarija kirish I bob. Alisher navoiyning pedagogik qarashlari



Yüklə 84,67 Kb.
səhifə2/9
tarix29.11.2023
ölçüsü84,67 Kb.
#139954
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari

Kurs ishi maqsadi: Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari.
Kurs ishining vazifalari:

  1. Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari

  2. Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari. 

  3. Alisher Navoiyning maktab va madrasalar rivojiga qo‘shgan hissasi. 

  4. Alisher Navoiyning o‘qituvchi (mudarris) to‘g‘risidagi fikrlari 

  5. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va taffakkuri.

  6. Alisher Navoiy merosini va ilm-ma’rifatini o‘rganish

Kurs ishining tarkibiy qismi: kirish II BOB, to’rt bo‘lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

I BOB. ALISHER NAVOIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI

    1. Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari.

Har bir o‘qituvchi- pedagog faoliyat yuritar ekan, berayotgan ta’lim-tarbiyasining yanada samarali bo‘lishi uchun o‘z ustida muttasil ishlashi, bilimini, mahoratini o‘stirishi, o‘quvchilar bilan bo‘ladigan munosabatlarni puxta o‘ylab, ularning ko‘ngliga ozor yetkazmasdan ish olib borishi lozim. Muomala madaniyati, o‘zini tuta bilishini nazorat qilishi kerak. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi uning muomalasida namoyon bo‘ladi. Muomalaning asosiy vositasi – tildir. Xalqimizda shunday naql bor “Bola – shirin so‘zning gadosi”. Shunday ekan, tarbiyachi muomala jarayonida juda ehtiyotkor bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida shunday deydi: “Shirin so‘z ko‘ngillar uchun bamisoli asaldir”. Shuning uchun ham o‘qituvchi har on nutq madaniyatiga qattiq e’tibor berishi, o‘zining psixologik, estetik, jismoniy, axloqiy jihatlarini namuna holatda namoyon etishi muhim. O‘qituvchi o‘zining pedagogik faoliyatida to‘g‘riso‘z bo‘lishi, ishlarni adolat bilan olib borishi kerak. Bu xislat tarbiyachi bilan o‘quvchi o‘rtasida yaqinlikni oshiradi, chunki adolat insonlar xulqini baholovchi muhim mezondir. Hazrat Alisher Navoiy aytganidek: “Loaqal bir harf o‘rgatgan ustozning haqqini yuz ming ganj-u xazina bilan ham uzib bo‘lmaydi”. Biz ulardan umrbod qarzdormiz.
Alisher Navoiy yoshlarga chuqur bilim berish uchun muallimlar, mudarrislar va ustoz-murabbiylarning o‘zlari ham bilimli va tarbiyali bo‘lishi zarurligini uqtiradi. U nodon mutassib johil domlalarni tanqid etadi va o‘qituvchi ma’lumotli, o‘qitish yo‘llarini biladigan muallim bo‘lishi zarur, deydi. Masalan, “Mahbub ul-qulub” asarida maktabdorlar haqida fikr yuritar ekan, ularni o‘ta qattiqqo‘l, jo-hil va ta’magirliklarini qoralaydi. Darhaqiqat, johil muallimlar gunohsiz yosh bolalarga jafo qiluvchidir. U yosh bolalarni azoblashga, kaltaklashga o‘rgangan, g‘azabli, qoshi chimirilgan,gunohsizlar bilan achchiqlanishga odatlangan. Ularning ko‘pchiligida ko‘ngil qattiqligi va ta’b xastaligi oshkor. Buning ustiga ular aql kamligiga ham giriftor. Ular qiynash yo‘li bilan bolalar ko‘nglini o‘zlariga rom qilmoqchi va kichkintoylarning beqaror tabiatini do‘q-po‘pisa bilan tartibga solmoqchi bo‘ladilar. Ulardagi ko‘rinib turgan qo‘pollik, yosh bolalardagi kelishmagan xattiharakatni silliqlashga yirik egovdir. Ular ishi odam qo‘lidan kelmas, odam emas, balki dev qila olmas.Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qiladi. Lekin ustoz bolaga ilm va odob o‘rgatadi. Darhaqiqat, mu-allim bu kabi hollarda yuzlab mashaqqat chekadi. Shu jihatdan olganda bolalarda uning haqi ko‘p, agar shogird ulg‘aygach podshohlik martabasiga erishsa ham o‘z muallimiga qulluq qilsa arziydi. Ayni o‘rinda o‘qituvchi mehnatining mashaqqatli ekanligini ta’kidlab o‘tadi: “Uning ishi odam qo‘lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to‘da bolaga ilm va adab o‘rgatadi, ko‘rkim bunga nima yetsin. Shunisi ham borki, u to‘dada fahm-farosati ozlar bo‘ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo‘ladi. Har qanday bo‘lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko‘pdir.
Alisher Navoiy inson tafakkuri, aqli, bilimini va ilmiy bilimlarini yuksak qadrlagan. U “Bilimva donishmandlik insonning bezagidir”, deb yozadi. Alisher Navoiy farzand tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, tarbiyalanuvchini “hayot chirog‘i” deb ta’riflaydi. Farzand oilaga baxt va saodat keltiruvchi ziyodir. Uning fikricha, shaxsga kichik yoshligidanoq bilim, ma’lumot va tarbiya berishlikni ko‘rsatib, o‘g‘il-qizlarni 6 yoshdan tarbiyachiga, muallimga berish lozim, deb hisoblaydi. Shuningdek, Navoiy hayotda o‘zilmiga amal qilish, o‘rganganlarini hayotga tadbiq etish masalasiga alohida e’tibor beradi. Masalan, u “Mahbub ul-qulub” asarida ilm o‘qib uni ishlatmagan kishi, shudgor qilib dehqonchilik qilmagan yoki urug‘ sochib hosildan bahra olmaganga o‘xshaydi, deydi. Ilm o‘qib qilmagan amal maqbul,
Dona sochib ko‘tarmadi mahsul. Olim bilim olishda barcha fanlarni o‘rganishni targ‘ib etadi. Bunda u olim-u fozillarni yig‘ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi.Alisher Navoiyning fikricha, bilimlarni tinmay uzluksiz o‘rganish zarur, bunda har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tish muhimligini, qunt bilan ishlash, tirishqoqlik bilan harakat qilish, izchillik bilan kurash, uni oxirigacha yetkazish, chidam va sabot bilan o‘rganishni ta’kidlaydi. Demak, buyuk alloma ilm olish tamoyillarini o‘z davrida to‘g‘ri ifodalab, hatto ta’lim tizimini belgilab beradi: ya’ni Alisher Navoiy ta’lim tizimini o‘z davrida o‘quv muassasasi, madrasalarda o‘qish, olim, hunarmand, san’atkorlarga shogird tushib yoki mustaqil holda ilm olish imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etadi. Alloma yoshlarga chuqur bilim berishda muallimning, mudarrislar hamda ustoz murabbiylarning o‘zlari ham bilimli va tarbiyali bo‘lishi zarurligini uqtiradi. Bunday muallimlar shogirdlarni yonida yuzlari yorug‘ bo‘lib, doimo izzatda, hurmatda bo‘ladilar, deb ta’kidlaydi. Shunday qilib, biz Alisher Navoiyni pedagog-mudarris deb atashimiz mumkin. Chunki ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berib, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko‘rsatib o‘tadi. U ta’limda ilmiylik, asoslanganlik, tarixiylik kabi talablarni asos qilib olgan buyuk pedagogdir. Chunki boqiy hayotga intilgan Navoiy fikricha, dono inson o‘zining kuchquvvatiga aql-u zakovatiga ishonadi. Shuning uchun Navoiy ilm-fanning ahamiyatini yoritib berar ekan, ilmni qorong‘ulikni yoritadigan chiroq, hayot yo‘lini nurafshon etadigan quyosh, odamlarning haqiqiy qiyofasini ko‘rsa-tadigan olim sifatida ta’riflaydi.

Yüklə 84,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə