Mundarija: Kirish I bob ijodkorlik, kreativlik, iqtidorlik, tushunchalarining umumiy mohiyati


Ijodkorlik, kreativlik va iqtidorlikning rivojlanishiga taʼsir koʻrsatadigan muhim omillar



Yüklə 52,58 Kb.
səhifə6/7
tarix13.10.2023
ölçüsü52,58 Kb.
#127571
1   2   3   4   5   6   7
IJODKORLIK, KREATIVLIK, IQTIDORLIK, TUSHUNCHALARINING UMUMIY MOHIYATI

2.2 Ijodkorlik, kreativlik va iqtidorlikning rivojlanishiga taʼsir koʻrsatadigan muhim omillar
Bu omillar, talim jarayonida o'qituvchilar va o'quvchilar tomonidan amaliyotda mustaqil ravishda amalga oshirilishi kerak. Bu omillar, insonlarning yaratuvchi g'oyalarni amalga oshirish, yangiliklarni topish, o'zaro munosabatlarni o'zlashtirish va boshqa sohalarda rivojlanishni oshirishga yordam beradi. Bu omillar, insonlarning ma'lumotlari va tajribalari asosida rivojlanishi va ularni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan yaratuvchi g'oyalarni tufayli rivojlanishi kerak. Sо‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan kо‘plab tadqiqotlar, ularning natijalarian kо‘rish mumkin. Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan “Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. Qolaversa, о‘qituvchilar kreativlik asoslarini о‘rganishga jiddiy kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y.). О‘qituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuv kо‘nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti. Ta’lim departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi noan’anaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta’lim departamenti, 2013 y.). Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, kо‘pchilik о‘qituvchilar hali hanuz shaxsan о‘zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini о‘zlashtira olmayaptilar. Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini tо‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’nosini tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga kо‘ra, “kreativlik – о‘z qiymatiga ega original g‘oyalar majmui” (Azzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa о‘z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bо‘lib, u о‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bо‘lishi lozim”. Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik “muayyan soha bо‘yicha о‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy kо‘nikmalarga ham ega bо‘lish” Biroq, о‘quv yilining oxiriga kelib oliy ta’lim muassasalarida talabalarning fanlarni о‘zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Kо‘plab talabalarning ta’lim olishga nisbatan qiziqishi yо‘qolgan. Buning natijasida о‘qituvchilar ham avvalgidek zavqu shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni о‘ylashmayapti. Ta’lim tizimini boshqaruvchi organlar ta’lim olishga nisbatan xohish-istagi bо‘lmagan talabalar, bu kabi ta’lim oluvchilarni о‘qitishni istamayotgan о‘qituvchilar faoliyatini о‘zgartirish borasida yangidan-yangi chora-tadbirlar belgilasa-da, ahvol о‘zgarishsiz qolmoqda. Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan о‘ylab, rejalashtirilib qо‘yilishi talabalar uchun qiziq bо‘lmayotgandir, balki ta’lim mazmunining muayyan qolipga solinganligi talabalar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, rag‘bat bildirmayotgandir. О‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni о‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga bо‘lgan munosabatni о‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil bо‘lar? Zotan,о‘quv mashg‘ulotlarida yetishmayotgan asosiy omil – kreativlik bо‘lib qolaveradi. Mutaxassislarning yuqori malakali bо‘lishi, ijodkorligining ortishi ilmiy – innovatsion faoliyat tufayligina amalga oshadi. Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalar faqat tayyor bilimlarni egallashga о‘rgatib kelingan edi. Bunday usul talabalarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni sо‘ndirar edi. Pedagog – olimlar yillar davomida ta’lim tizimida “Nega о‘qitamiz? Nimani о‘qitamiz? Qanday о‘qitamiz?” savollariga javob izlash bilan bir qatorda “Qanday qilib samarali va natijali о‘qitish mumkin?”-degan savoliga javob qidirdilar. Bu esa olim va amaliyotchilarni о‘quv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni о‘qitishni ishlab chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib kо‘rish mumkin, degan fikrga olib keldi. Dunyoning turli mamlakatlarida kо‘plab tadqiqotchilar ta’limda innovatsiyalarni qо‘llash bо‘yicha har doim izlanishlar olib borishgan. Ular “innovatsiya”, “interfaol usullar”, innovatsion texnologiyalar tо‘g‘risida yaxshi axborotlar yig‘ishgan. Ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni qо‘llash bugungi kunda quyidagi vazifalarni amalga oshirishni talab etadi: о‘quv fanini aniq maqsadini aniqlash ; fanning hajmini va mazmunini aniqlashzarur bо‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiya etish; fanning moddiy va texnik ta’minotini yaratish; ta’lim oluvchilarning xususiyatlarini о‘rganish; о‘qituvchini tayyorgarligi va dars mashg‘ulotini loyihalash.Kreativlik shaxsning ijodiy kо‘rsatkichlari bilan belgilanadi. Kreativlikni о‘rganish asosan ikki yо‘nalishda olib boriladi: 1-yо‘nalish. Kreativlikni intellekt bilan bog‘liqligi masalalarini va kreativlik bilan bog‘liq ta’limiy jarayonlarni belgilashni о‘rganadi. 2-yо‘nalish. Shaxs va uning psixologik о‘ziga xosligi kreativlikning asosiy aspekti ekanligi, shaxsga va uning motivatsion chizgilariga urg‘u berilishi bilan tasniflanadi. Intellektual faktorlarni ta’limiy yо‘nalishlarda qо‘llanilishida, kreativlikni о‘rganish, baholashda 1950-yillarda J. Gilford va uningizdoshlari 16 ta gipotetik intellektual qobiliyatni ajratib kо‘rsatadilar. Ular orasida: – fikrning turliligi (ma’lumvaqt oralig‘idagi g‘oyalarning miqdori), – fikrning (bir g‘oyadan ikkinchisiga kо‘cha olishi) originalligi (о‘ziga xoslik), -umume’tirof etilgan qarashlardan farq qiluvchi g‘oyani yaratish qobiliyati), – qiziquvchanlik (о‘zini о‘rab turgan olamdagi muammolarga ta’sirchanlik), – gipoteza qilish qobiliyati (reaksiyaning stimuldan mantiqiy mustaqilligi), – fantastikali (stimul va reaksiya orasidagi mantiqiy bog‘liqlikning borliq hayotdan butunlay uzilganligi). Shu tariqa fikr yuritadigan, sо‘nggi yangiliklardan boxabar о‘qituvchilar bugungi kunda juda dolzarb va bolaning rivojlanishi uchun muhim sanalganin tegrallashgan darslarni tashkil etishga qodir bо‘ladilar.Ijodkor va kreativ o‘quvchilar bu umumiy va maxsus qobiliyatlarni o‘zida mujassam etgan bolalardir. Ular boshqa bolalardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadilar: qiziquvchanligi; doimo turli savollarga javob izlashlari; nutqi, tafakkuri, xotirasining tez rivojlanishi;erta yoshdanoq musiqa, rasm chizish, kitob o‘qish, matematikaga qiziqishi; yuqori darajadagi bilish faolligi va o‘quv faoliyati; masalalarning yechimini topishda maqsadga intiluvchanlik va originallik;Pedagogik-psixologik nuqtai nazardan umumiy va maxsus qobiliyat yosh davrla- rini inobatga olgan holda muhim jihatlarga bog‘liq. Ilk yosh davrlari – maktabgacha va kichik maktab yoshida iqtidor umumiy hamda universal qobiliyat sifatida qaralishi va rivojlanishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan bu “umumiy qobiliyat” o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib ma’lum bir yo‘nalishni belgilaydi. Ayni vaqtda bu iqtidor bola tomonidan qay darajada namoyon bo‘layotganligiga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. Aniq namoyon bo‘lgan, ya’ni psixolog, pedagog, ota-onalar tomonidan e’tirof etilgan qobiliyat “dolzarb”, atrofdagilar payqamaydigan qobiliyat “potensial” qobiliyat deyiladi. Ko‘pgina mashhur olimlar, bastakorlar, rassom va yozuvchilar erta yoshdayoq o‘zlarining qobiliyatlarini namoyon qilganlar. Va, aksincha, ko‘p hollarda bolalikda hech qanday iqtidorga ega bo‘lmagan bolalar yetuklik davrida muvaffaqiyatlarga erishishlari mumkin. Bu aqliy potensialga ko‘pincha atrofdagilar e’tibor bermasliklari mumkin. Tabiiyki, har bir holatda iqtidorni payqamaslikning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Potensial qobiliyat, haqiqatdan ham, ma’lum bir vaqtgacha namoyon bo‘lmasligi mumkin. Balki ota-onalar, pedagoglar va kattalar tomonidan bola qalbining nozik harakatlaridagi o‘zgarishlarga yetarlicha ahamiyat berilmagandir, intuitiv holda buni payqamagandirlar yoki bilimlari yetmagandir. Yoki, aksincha, bu narsalarni tushunmaganliklari sababli boladagi buyuk potensial imkoniyatlarni sezmaganlar va, hattoki, bu ijodkorlikni, intellektual tashabbusni negativ xususiyat sifatida qabul qilganlar. Qobiliyatlar sifatida ro‘yobga chiqadigan psixik hislatlar majmuasining tuzi lishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgilanganligi tufayli har qaysi turdagi faoliyat uchun o‘ziga xos tarzda qo‘yilishi turgan gap. Buning uchun ayrim misollarni tahlil qilib o‘tamiz:Matematik qobiliyat: matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ishamallarni kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o‘rtasida aloqa o‘rnatish, to‘g‘ri va teskari fikr yuritishdan o‘tishlik, masala yechishda fikr yuritishning epchilligi kabilar;Adabiy qobiliyat: nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, xotirada yorqin ko‘rgazmali obrazlarning jonliligi, “til-zehni”, behisob xayolot, ruhiyatga qiziquvchanlik, o‘zi ifodalashga intiluvchanlik va Ajratib ko‘rsatilgan qobiliyatlar tarkibidan ko‘rinib turibdiki, matematik va adabiy qobiliyatlar o‘zaro bir-biriga o‘xshamagan talablari bilan tafovutga egadir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik, musiqaviy, texnik, konstruktorlik, tibbiy va shunga o‘xshash qobiliyatlar tuzilishi maxsus xususiyatga ega bo‘lib, kasbiy ahamiyat kasb etishi mumkin Pedagogik-psixologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha birorta ham qobiliyatning yo‘qligi yoki yetarli taraqqiy etmaganligi iste’dod sifatlarining murakkab turiga kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal taraqqiyoti yo‘li bilan muvaffaqiyatli ravishda o’rni bosib boriladi. Har qanday layoqat qobiliyat darajasiga ko‘tarilishi uchun eng murakkab yo‘lni bosib o‘tishi kerak bo‘ladi. Qobiliyatlar ilk davrlardanoq rivojlana boshlab, bir necha bosqichda amalga oshadi. Qobiliyatlarning rivojlanishi va shakllanishi, birinchidan, ma’lum bir faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sharoitga qarab tegishli tabiiy zehn, nishonalarni aniqlash yo‘li bilan, ikkinchidan, mutaxassis (muzikant, artist, rassom va hokazo) rahbarligida tizimli faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va rivojlantirish yo‘li bilan, uchinchidan, umumlashgan aqliy operatsiyalarni shakllantirish yo‘li bilan borishi kerakki, bu operatsiyalar umumiy va maxsus axborotni yengil hamda samarali o‘zlashtirishni, tanlagan faoliyat bo‘yicha ko‘nikma, malakalarni hosil qilishni ta’minlasin. To‘rtinchidan, o‘quvchining maxsus qobiliyatini kamol toptirishni jadallashtirishni ta’minlovchi shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo‘li bilan. Beshinchidan, shaxsning faollik alomatlarini tarbiyalash yo‘li bilan borish kerakki, bu alomatlar dastavval mehnatsevarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, puxtalik, qat’iyatlilik, sinchkovlik va tanqidiylikdan iborat. Bularsiz shaxsning potensial imkoniyatlari va qobiliyati faoliyatda maksimal ravishda rivojlana olmaydi. Oltinchidan, maktab o‘quvchilariga nisbatan individual munosabatda bo‘lishni umumiy talablar bilan to‘g‘ri qo‘shib olib borishdir. Qobiliyatning muayyan izchillikda namoyon bo‘lishi va rivojlanishini hayot tajribasi ko‘rsatib turibdi. Qobiliyat turli rivojlanish darajasiga ega bo‘lishi mumkin. Ilmiy abstraksiyalash qobiliyatning ikki: reproduktiv va ijodiy aks ettirish darajalarini. farqlash imkonini beradi. O‘z qobiliyatini rivojlantirishning birinchi darajasidagi kishi bilimlarni juda mohirlik bilan o‘zlashtiradi. Faoliyatni o‘rganib oladi va uni biror namuna orqali amalga oshiradi. Ikkinchi darajada turgan kishi esa yangilik yaratishga qodirdir. Bu darajalarni tekshirishga metafizik munosabatda bo‘lish yaramaydi albatta, birinchidan har qanday reproduktiv aks ettirish faoliyati va ijodiy faoliyat elementlarini ijodiy aks ettirish faoliyati esa reproduktiv faoliyat elementlarini o‘z ichiga qamrab oladi, busiz ularni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, yuqorida aytilgan darajalar ham qandaydir o‘zgarmas va qotib qolgan narsalar emas. Kishi bilimlarni o‘zlashtirib, ko‘nikma hosil qilish jarayonida faoliyat bir darajadan ikkinchi darajaga o‘tib turadi. Qobiliyatning tabiiy manbai ham mavjud bo‘lib , u tabiiy zehn deb yuritiladi. Boshqa xususiyatlarni qadrliroq deb hisoblaganlar, ya’ni, hammaga shaxsiy tajribadan ma’lumki, tirishqoqlik, itoatkorlik, saranjom-sarishtalik kabi xislatlarni fikrlar originalligi, dadillik, harakatlardagi va mulohaza yuritishdagi mustaqillikdan ustun qo‘yadigan ota-onalar, o‘qituvchilar, rahbarlar uchraydi. Amerikalik olimlar tomonidan 400ga yaqin taniqli odamlarning tarjimai holi o‘rganib chiqilganda ulardan 60 foizi maktab ta’limi davrida jiddiy muammolarga duch kelganliklari aniqlangan. Aktual va potensial qobiliyatlar tushunchasining mavjudligi rivojlanishni oldindan prognoz qilish muammosini muhim, deb hisoblaydi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qishga halaqit qiladigan iqtidorli bolalarning asosiy xususiyatlaridan biri ular uchun berilgan oddiy vazifalarni bajarmasligi va o‘qishga qiziqish yo‘qligidir. Bunday bolalar o‘zlari bemalol o‘zlashtiradigan mashg‘ulotlarni kimdir boshqarishini xohlamaydilar, hatto boshqarilsa xafa ham bo‘ladilar. Iqtidorli bolalarni o‘qitishni birgina yo‘li iqtidorli sinflar yoki maktablarni tashkil qilinishidadir. Shundagina iqtidorli bolalar maktabni tezroq tamomlab, tezroq o‘zlari xohlagan oliygohlariga kirishlari mumkin. Bu ularga oldilariga qo‘ygan maqsadlariga tezroq erishishlariga sabab bo‘ladi. Iqtidorli bolalar o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlarga erishishi, vatan kelajagi va ravnaqi uchun salmoqli hissa bo‘ladi.Xulosa qilib aytganda, iqtidorli bolalar tarbiyasi kattalarning tarbiya muammolariga e’tiboriga emas, balki bunday bolalarga berayotgan e’tiboriga bog‘liqdir. “Iste’dod” va “qobiliyat” o‘ziga xos tushunchalarga ega, ulardagi inson hususiyatlari har qanday amaliy faoliyat taqdim etayotgan talablar nuqtai nazaridan ko‘riladi. Shuning uchun iste’dod haqida ham umuman gapirish mumkin. Iste’dod shaxsning nimagadir, qandaydir faoliyatiga nisbatangina qo‘llaniladi. Aynan “iqtidorlilik” tushunchasining ichida zaruriy shart sifatida muayyan amaliy faoliyatdan iborat bo‘lgan o‘zaro bog‘liqlik ushbu tushunchaning tarixiy xarakterini belgilab beradi. “Iste’dod” tushunchasi biologik xususiyat deb qaralganda o‘z mazmunini yo‘qotadi. Iste’dod – bu u yoki bu faoliyat turlariga kiritilishi va shubhasiz har bir muayyan faoliyatning “muvafaqqiyatli” bajarilishiga jiddiy ravishda bog‘liqligidir. Shunday qilib, “iste’dod” tushunchasi aniq, rivojlanayotgan ijtimoiy mehnat amaliyoti uslubi bilan o‘zaro bog‘lanmasa, hech qanday ahamiyatga ega emas. Psixologik-pedagogik ma’lumotlarni umumlashtirgan holda ikki xil xususiyatli fikrni alohida ta’kidlab o‘tish iste’dod tuzilishini yengilroq tushunish imkoniyatini yaratadi: iste’dod–bu shaxs psixik xislatlarining shunday murakkab birikmasidirki, uni: a) alohida, yagona maxsus qobiliyat bilan, b) xotiraning yuksak mahsuldorligi orqali; c) hatto noyob (kamyob, nodir) sifat tariqasida o‘lchab bo‘lmaydi;shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud emasligi hamda yetarli darajada taraqqiy etmaganligi iste’dodning murakkab tarkibiga kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal takomillashuvi orqali ularning o‘rnini bosib yuborishi (kompensatsiya qilishi) mumkin.


2.3 Ijodkor, kreativ va iqtidorli o’quvchilarni yanada ko’paytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi prezidentining “ Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qonuni
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash tizimini takomillashtirish borasidagi faoliyatini davom ettirishi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 1. Quyidagilar:Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi — Prezident ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) etib;Agentlik huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish jamg‘armasi — Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) etib qayta nomlansin. 2. Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.Vasiylik kengashi 10 kun muddatda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilasin. 3. Agentlikning 2021 — 2025-yillarda Agentlik tizimida 13 ta yangi ixtisoslashtirilgan maktabni qurish va mavjud 5 ta ijod maktabini ta’mirlash, ularni zarur o‘quv adabiyotlari va moddiy-texnika vositalari bilan jihozlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 4. Quyidagilar:Agentlik tizimidagi maktablarni qurish, ta’mirlash hamda zarur mebel jihozlari, o‘quv adabiyotlari va moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxat (keyingi o‘rinlarda — Manzilli ro‘yxat) 2-ilovaga muvofiq; Agentlik tizimidagi ijod maktablari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilab qo‘yilsinki, 2021 — 2025-yillarda Agentlik tizimidagi maktablarni:qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash — O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan; zamonaviy mebel va jihozlar, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter, multimedia hamda video-kuzatuv vositalari bilan ta’minlash — O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘lar, Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 5. Manzilli ro‘yxatga muvofiq amalga oshiriladigan qurilish ishlariga buyurtmachi tashkilotlar etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari belgilansin. 6. Quyidagilar:Agentlik uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarini zamonaviy mebel va jihozlar, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter, multimedia hamda video-kuzatuv vositalari bilan jihozlashning yangi me’yorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Qurilish vazirligi obyektlar loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi bo‘yicha davlat nazoratini o‘rnatsin. 7. Agentlik 2021-yil 1-sentabrga qadar:xalqaro (International Advanced Levels) dasturlar talablariga muvofiq o‘quvchi va pedagog kadrlarning STEAM fanlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni baholash hamda ularga xalqaro darajadagi AS va A-LEVEL sertifikatlarini berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;Agentlik tizimidagi maktablarni A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning elektron axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash, o‘quvchilarga mazkur kutubxonalardan keng foydalanishga imkoniyat yaratish; Agentlik tizimidagi maktablar o‘quvchilarini liderlik, tizimli tahlil qilish, kreativ va tanqidiy fikrlash, notiqlik san’ati, loyihalarni boshqarish ko‘nikmalariga o‘rgatish; Prezident maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularga keyinchalik o‘qishini davom ettirish uchun oliy ta’lim muassasalarini tanlashda ko‘maklashishga qaratilgan “Maktab maslahatchisi” (School Counsellor) dasturini joriy etish;malakali mutaxassislar, mentorlar (ustozlar), ekspertlar va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarni jalb etgan holda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv IT ta’limni joriy qilish; Agentlik tizimidagi ijod maktablarida o‘quvchilarning chet el adabiyotlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish ko‘nikmasini shakllantirish uchun “Yosh tarjimonlar Agentlik tizimidagi ijod maktablarida veb-dizayn, kompyuter grafikasi, tasviriy va raqamli san’at, audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash hamda aktyorlik mahorati yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan to‘garaklarni ochish;
O‘zbekiston xalq shoirlari, Xalq yozuvchilari, yuksak unvonlarga sazovor bo‘lgan adiblar, aktyorlar, rejissorlar hamda boshqa madaniyat va san’at vakillarini Agentlik tizimidagi ijod maktablariga biriktirish, ular ishtirokida mahorat darslarini o‘tkazish hamda mazkur maktablarda “ustoz-shogird” an’analari asosida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish choralarini ko‘rsin. 8. Belgilansinki, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab: a) O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt summasini qoplash uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya to‘lanadi; b) quyidagilarga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishga kirish huquqi beriladi: Prezident maktablari bitiruvchilariga davlat oliy ta’lim tashkilotlariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosida; Oldingi tahrirga qarang. Agentlik tizimidagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilariga ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat oliy ta’lim tashkilotlarining kimyo, biologiya, fizika va axborot texnologiyalari sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to‘lov-kontrakt asosida; (8-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 06/22/106/0314-son) Agentlik tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilariga ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat oliy ta’lim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to‘lov-kontrakt asosida; v) Xalqaro (International Advanced Levels) dasturlarning A va B darajadagi A-LEVEL sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlar davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirishda sertifikat berilgan fan bo‘yicha kirish imtihonidan ozod etiladi hamda ularga mazkur fandan maksimal ball beriladi. 9. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Agentlik bilan birgalikda 2021-yil 1-avgustga qadar kimyo, biologiya, fizika, axborot texnologiyalari, tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatini tasdiqlasin va o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilsin. 10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-sentabrdan boshlab: Agentlik tizimidagi maktablarga rahbar va pedagog kadrlarni ishga qabul qilish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi; Agentlik tizimidagi maktablar to‘garak rahbarlarining bazaviy tarif stavkasi miqdori davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari oliy ma’lumotli o‘qituvchisi bazaviy tarif stavkasining 80 foizi miqdorida belgilanadi; Oldingi tahrirga qarang. Agentlik tizimidagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul bir sinfda o‘quvchilarning eng ko‘p soni 20 nafardan oshmasligini hisobga olgan holda tashkil etiladi. (10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 06/22/106/0314-son) 11. Agentlik huzurida yuridik shaxs maqomidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil etilsin. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazini tashkil etishga oid Hukumat qarorini qabul qilsin hamda uning faoliyatini lozim darajada yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin. 12. Agentlik 2022-yil 1-yanvarga qadar: a) Agentlik huzurida Ilmiy-metodik kengashni tashkil qilsin hamda uning faoliyatiga malakali olimlar hamda pedagog kadrlarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilsin; b) Ilmiy-metodik kengash bilan birgalikda: xalqaro ta’lim standartlari va talablari, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari asosida rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy qilsin; rahbar va pedagog kadrlar uchun uzluksiz malaka oshirish kurslari hamda metodologik o‘quv seminarlarini tashkil qilsin; rahbar va pedagog kadrlarning malaka oshirish jarayonlarini monitoring qilish, ularning kasbiy rivojlanish natijalari va o‘zlashtirgan o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishini ta’minlovchi maxsus elektron platformani ishlab chiqsin va lozim darajada ishlashini ta’minlasin. 13. “O‘zmetkombinat” AJning Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan mazkur jamiyatga qarashli “Yoshlik” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohini Agentlik tasarrufiga beg‘araz o‘tkazish hamda kelgusi 10 yil davomida uning faoliyatini yuritish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni “O‘zmetkombinat” AJ tomonidan ajratiladigan homiylik xayriyalari hisobidan qoplash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Agentlik “O‘zmetkombinat” AJ bilan kelishgan holda bir oy muddatda “Yoshlik” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi faoliyatini tashkil etish hamda bolalarni oromgohga jalb qilish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 14. Quyidagilar:Prezident ta’lim muassasalari agentligining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq; Prezident ta’lim muassasalari agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilab qo‘yilsinki, Agentlikning qo‘shimcha shtat birliklari soni Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi 17 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi. 15. Agentlikka quyidagi qo‘shimcha vakolatlar berilsin: Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari uchun ixtisoslik fanlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning yagona maketlarini tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish, taqriz berish hamda ekspertlar va taqrizchilarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshirish; darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning tuzuvchilarini tanlash, ekspertizadan o‘tkazish va chop etishni to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirish. 16. Belgilansinki, Agentlik va uning tizimidagi ta’lim muassasalari uchun xorijiy davlatlardan olib kelinadigan adabiyotlar, multimedia vositalari, o‘quv-laboratoriya jihozlari, asbob-uskunalar va reaktiv mahsulotlar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etiladi. 17. Agentlik Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasidagi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga qarashli IT-park binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. 18. Agentlik:2023-yil 1-yanvarga qadar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan har bir hududdagi Prezident maktablarini bittadan avtobus, Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarini bittadan yengil avtomobil bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin; ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish joizki, Ijodkorlik, kreativlik va iqtidorlikning tushunchalari, bir-biriga juda yaqin aloqadorligi bor. Bu tushunchalar, bir-biridan o'zlarining mohiyatini o'zgartirishda muhim rol o'ynaydilar.
Ijodkorlik, yangiliklarni yaratish va ularni amalga oshirishning umumiy jarayonidir. Bu jarayonda, kreativlik va iqtidorlikning tushunchalari, ijodkorlikning qanday shaklda amalga oshirilishi kerakligini aniqlashda muhim rol o'ynaydi.
Kreativlik, ijodkorlikning asosiy ko'rsatkichi hisoblanadi. Bu tushuncha, yangi va ijodiy ideyalar yaratishga, ularni boshqa sohalarda qo'llashga va ularni ijodiy mahsulotlarga aylantirishga imkon beradi. Kreativlik va iqtidorlikning tushunchalari, ijodkorlik jarayonida qo'llaniladigan materiallar bo'lib, ularning amalga oshirilishi, yangi mahsulotlarni yaratishda muhim rol o'ynaydi.
Iqtidorlik, insonning boshqa insonlardan farqli ravishda fikrlash, tahlil qilish va muammo yechishga qobiliyatini anglatadi. Bu tushuncha, ijodkorlik jarayonida o'ziga xos yechimlar yaratishda va ularga qo'llanishda muhim rol o'ynaydi.
Bularning hammasi ko'pincha, bizning hayotimizdagi bir nechta sohalarni o'z ichiga oladi. Bu tushunchalar, bizning o'zimizga xos, ijodiy va o'zgacha yechimlar yaratishda yordam beradi. Shu sababli, ijodkorlik, kreativlik va iqtidorlikning tushunchalari, bir-biridan aloqador bo'lib, ularni birlashtirib, yangiliklarni yaratish va ularni amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi. Ijodkorlik, kreativlik va iqtidorlik tushunchalari o'zaro aloqadorligi yuqori darajada. Bu tushunchalar bir-biriga qarshiyoq emas, balki bir-birini qo'llab-quvvatlaydi. Ijodkorlik va kreativlik, insonning iqtidorini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu tushunchalar o'quvchilarning o'zlarining o'zlarini ifoda qilishiga, yangi ideyalar va tushunchalar taklif qilishiga yordam beradi. Iqtidorlik esa, o'quvchilarning muhim savollarga javob topishiga, o'zlarining o'zini baholashiga, ijodkorlik va kreativlikni rivojlantirishga motivatsiya ko'rsatishga yordam beradi. Bularning barchasi bir-biriga qarshiyoq emas, balki o'zaro qo'llab-quvvatlaydi va insonning rivojlanishiga yordam beradi.



Yüklə 52,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə