Mundarija: Kirish. I bob. Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasifanining predmet1 va vazifalari I. I


Maktabgacha metodika faniarini oqitish texnologiyasi fanining qonuniyatlari



Yüklə 133,5 Kb.
səhifə5/8
tarix19.04.2023
ölçüsü133,5 Kb.
#106304
1   2   3   4   5   6   7   8
Mundarija Kirish. I bob. Maktabgacha ta’limda metodika fanlarin

1.2. Maktabgacha metodika faniarini oqitish texnologiyasi fanining qonuniyatlari.

Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi ta’limning tamoyillari va qoidalari, ta’lim shakllari va metodlarini asoslashga qaratiladi, bu esa boiajak o'qituvchtlami yuqori kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydi. Maktabgacha metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi materiallami tanlash va tizimlashtirishda ilmiy metodologiya asos bo'lib xizmat qiladi. Metodologiya bu nazariy bilimlar tizimi, ilmiy tadqiqotlar asosiy, boshqaruvchi tamoyillami belgilovchi, obyektiv borliqdagi hodisalarni ilmiy tahlil qilishni amalga oshirish vositasidir. Pedagogik bilimlar metodologiyasi pedagogik nazariyani tuzilishi, tamoyillar, bilimni o'zlashtirish usulari bilan belgilanadi. Pedagogik metodologiya o‘z ichiga quyidagilami oladi: 1. Pedagogik bilimlami tuzilishi va funksiyalari haqidagi ta’limot. 2. Fundamental, umumilmiy va pedagogik holatlar (nazariya, konsepsiya, gipoteza). 3. Pedagogik tadqiqotlar metodlari haqidagi ta’limot. Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi pedagogik bilimlar sohasi bo'lib, pedagogikani umumiy va xususiy metodologiyasidan foydaJanadi. Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi pedagogikani fan sifatida va uni metodologiyasini jadal rivojlanish bosqichida shakllanadi. Bu esa maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi fanini predmeti bo'lgan ta’lim jarayonini to'g'ri tashkil etish imkonini beradi. Nazorat uchun savollar: 1. Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi fanining maqsadi nima? 2. Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi fanining predmeti nima? 3. Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi fanining vazifalari? Maʼlumki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda taʼlim tizimini rivojlantirish, kadrlarni malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash sohasi tubdan isloh qilinmoqda. Uni oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan toʻla xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak maʼnaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimini yaratishga alohida eʼtibor qaratilyapti.


Bunda innovatsiyalar, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish, shu boʻyicha zarur huquqiy mexanizmlarni yaratishga ustuvor yoʻnalish sifatida qaralayotgani muhimdir.
Shular asosida, oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash hamda attestatsiyadan oʻtkazish tizimi yana-da takomillashtirilmoqda, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim bosqichiga qator yangiliklar tatbiq etilayotir. Shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarining sifati, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish boʻyicha zamon talablari asosida muayyan ishlar olib borilyapti.
Yurtimizda yuridik kadrlar tayyorlash sohasiga ham aynan mana shunday progressiv nuqtai-nazar bilan yondashilayotgani yaqin kelajakda oʻzining yorqin samaralarini berishi shubhasiz. Zero, shu boʻyicha qabul qilinayotgan Farmon va qarorlar, boshqa huquqiy hujjatlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning yuksak talablari va zamonaviy xalqaro standartlariga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab berilmoqda. Ularning ijrosi esa soʻzsiz va izchil taʼminlanyapti.

Biroq mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar shu bilan bir joyda turib qolishi kerak emas, balki u jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hamohang tarzda rivojlanib borishi darkor. Oʻzbekistonda olib borilayotgan tub islohotlar sharoitida davlat qurilishi va huquqiy siyosatning mazmun-mohiyatini aniqlashtirish, uning maqsad hamda vazifalarini islohotlarning bugungi taraqqiyoti asosida shakllantirib borish zarur. Inson manfaatlarini taʼminlashning strategik jihatdan yangi vositalar bilan bir qatorda, ham taktik xususiyatga ega boʻlgan ilgʻor usullarni qoʻllash,shaxs hamda jamiyat manfaatlarini yana-da samaraliroq himoya qilish, korrupsiyani oldini olishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish lozim.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida bu boradagi aniq “yoʻl xaritasi“ chizib berildi. Ushbu muhim hujjat 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining vazifalariga muvofiq, shuningdek, yuridik kadrlar tayyorlash tizimini xalqaro standartlarni hisobga olgan holda yana-da takomillashtirish, Toshkent davlat yuridik universitetida oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy qilish, yoshlarning oliy yuridik taʼlim olishlariga keng imkoniyatlar yaratishni taʼminlash maqsadida amaliyotga joriy etildi.
Shu asosda professor-oʻqituvchilar tarkibini yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega mutaxassislar bilan mustahkamlash, amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislarni taʼlim jarayoniga keng jalb etilmoqda. Talabalarning mustaqil tayyorgarligini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda nazariy mashgʻulotlar yana-da optimallashtirildi, ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, yuristda tahliliy fikrlash va kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan oʻquv rejasi, dastur va oʻquv-metodik materiallar oʻquv jarayonida qoʻllanilyapti.
Modul tizimi va oʻqitishning innovatsion metodlarini rivojlantirish, oʻquv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash, talabalar, oʻqituvchilar va yosh tadqiqotchilarni global axborot-huquqiy va taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, amaliyot, stajirovka oʻtish tartibini takomillashtirish, shuningdek, klinik taʼlimni joriy etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, shu jumladan xorijiy adabiyotlar fondini, oʻqitishning texnik vositalari, shuningdek, global axborot-huquqiy va taʼlim resurslarini muntazam yangilanayotir. Yetakchi xorijiy ilmiy-taʼlim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar, qolaversa, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura bilan faol hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Shunga uygʻun tarzda davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida taʼlim tizimini chuqur isloh qilishga doir vazifalar koʻrsatib oʻtildi, ularni amalga oshirish yoʻllari oʻrtaga tashlandi.
Bu bevosita pedagogik faoliyatni zamon talablaridan kelib chiqib, yoʻlga qoʻyish masalasiga ham daxldordir.
Zero, bugun taʼlim muassasalarida innovatsion pedagogik faoliyatga har qachongidan ham koʻproq zaruriyat tugʻilyapti. Bu darslarni samarali oʻtish, vujudga kelishi mumkin boʻlgan ziddiyatlarni oqilona hal etish imkonini beradi. Binobarin, taʼlim xodimi – eng avvalo, innovator “xavfsiz sinovlar oʻtkazish” psixologiyasining bilimdoni boʻlishi kerak.
Oʻqituvchini aniq maqsadni koʻzlagan holda innovatsion faoliyatga tayyorlash – bu yaxlit, bir butun jarayon. U oʻzaro bogʻliq va bir-biri bilan shartlangan davrdan tashkil topgan: oliy taʼlim muassasalarida oʻqish va tarbiyalash, shuningdek, maxsus muassasalarda oʻqish va maktabdagi amaliy pedagogik faoliyatning oʻzaro almashib kelishi asosida tashkil qilingan OTMdan keyingi taʼlim. Qayd etib oʻtilgan davrlarni oʻqituvchi shaxsini bosqichma-bosqich rivojlantirib borishning yaxlit jarayoniga birlashtirilishi – uni innovatsion faoliyatga kiritishning asosidir.
Oʻqituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash konsepsiyasini yaratishda oʻqituvchi shaxsini shakllantirishning bir butun jarayonini loyihalashni va faoliyat olib borishini taʼminlovchi tizimli, refleksiv-faoliyatli, individual-ijodiy yondashuvlar asos qilib olinadi.


Yüklə 133,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə