Mundarija: kirish i-bob. O'Lchash vositalarining turini tasdiqlash


Qiyoslash laboratoriyasi quyidagi ishlarni amalga oshiradi



Yüklə 42,11 Kb.
səhifə2/7
tarix11.12.2023
ölçüsü42,11 Kb.
#145488
1   2   3   4   5   6   7
ERWG

Qiyoslash laboratoriyasi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • Davlat markazida o’lchash vositalar ustidan nazorat yuritadi

  • O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash muassasalarida metrologik normalarga va metrologik ta'minot darajalariga rioya qilish bo'yicha uslubiy yordam ko'rsatish

  • Tibbiy muassasalarda qo’llanilayotgan tibbiy o’chash vositalar ustidan qiyoslar ishlarini o’tkazadi

Qiyoslash laboratoriyasi quyidagi tibbiy maqsadlar uchun o'lchov vositalarini tekshirishni amalga oshiradi

  • Barcha turdagi elektrokardiograflar;

  • Barcha turdagi kardiomonitorlar ;

  • Fotokolorimetrlar KFK-2, KFK-2MP;

  • SF-46, KFK-3, SF-26 spektrometrlari;

  • Fizioterapevtik qurilma Potok-1, Amplipulse, Tonus-1, Electroson-4 va boshqalarning milliapermetrlari;

  • Barcha turdagi sfigmomanometrlar;

  • Metrologik o'lchov parametrlarini aniqlagan holda barcha turdagi ultratovushli diagnostika asboblarining tasvir sifatining fantom tekshiruvi;

  • Energiya, elektr va vaqt parametrlarini o'lchash orqali defibrilyatorlarni sinovdan o'tkazish;

  • Barcha parametrlarini (quvvat, yuk xarakteristikasi, tok, kuchlanish va chastotani) o'lchash orqali elektrojarrohlik generatorlarini, yuqori chastotali jarrohlik koagulyatorlarini sinovdan o'tkazish;

  • Immunoferment, Biokimyoviy,Gemotologik, analizatorlar;

  • Elekroensifalograflar, miograflar, reograflar;

  • Termostatlar, quritush shkaflari va inkubatorlar;

Qiyoslash laboratoriyasi AQShning DNI NEVADA, Agilent, Technotronics kompaniyalarining eng zamonaviy o'lchov vositalari va sinov uskunalari bilan jihozlangan.
Laboratoriya qo'shimcha xizmat turlarini taqdim etadi:

  • Tibbiy asbob-uskunalarni sotib olishda uslubiy yordam.

  • Tibbiy texnika uchun me'yoriy hujjatlarni metrologik ekspertizadan o'tkazish.

  • Tibbiy o’lchash vositalar yuzasidan hulosalar berish

O'Vning turini tasdiqlash - bu metrologiya bo'yicha Milliy organ qarori bilan o'lchash vositasi turini mamlakat territoriyasida qo'llanilishini qonuniy tan olinishidir. O'V ning turi deganda, bir maqsad uchun mo'ljallangan, bir ish tamoyiliga va bir hil konstrukciyaga va yagona texnik hujjatga ega bo'lgan o'lchash vositalari kompleksi tushuniladi. Davlat tekshiruvi va nazorati qo'llaniladigan sohalarda foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan va import bo'yicha keltiriladigan o'lchash vositalari (O'V) davlat sinovlaridan o'tkazilib, ularning turi tasdiqlanishi yoki metrologik attestatlanishi lozim. Davlat sinovlarini o'tkazish, turini tasdiqlash va O'V ni Davlat ro'yhatiga kiritish ishlarini O'zstandart Agentligi bajaradi. • O'V ning turini tasdiqlash maqsadida sinovlarni tashkillashtirish, o'tkazish tartibi va mazmuniga talablar va davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qo'llanilishi mumkin bo'lgan O'V ning turini tasdiqlash tartibi O’z DSt 8.009:2004da o'rnatilgan. • O’z DSt 8.009:2004 standartning talablari O'zbekiston Respublikasida yaratiladigan va (yoki) seriyali ishlab chiqarilishi mo'ljallangan O'V ga va O'zbekiston hududiga import bo'yicha to'pi bilan keltiriladigan o'lchash vositalariga nisbatan qo'llaniladi. • O'V ning turini tasdiqlash to‘g’risidagi qarorni metrologiya bo'yicha milliy idora - O'zstandart Agentligi qabul qiladi. • O'V ning turi O'V ning namunalarini (nushalarini) sinash natijalari bo'yicha tasdiqlanadi. Sinash jarayonida O'V namunalarining tafsilotlari har tomonlama tadqiq qilinadi va bu tafsilotlar (harakteristikalar) ning mazkur O'V ning turiga oid me'yoriy hujjatlarning talablariga muvofiqligi aniqlanadi. • O'V ning turini tasdiqlash maqsadida O'V ning namunalari (nusxalari) ni sinash O’z DSt 16.4:2001 va O’z DSt 8.006:1999 bo'yicha akkreditlangan sinash (o'lchash) laboratoriyalarida o'tkaziladi. • O'zstandart Agentligi tasdiqlangan O'V turini O'z RH 51-019:2005 bo'yicha Davlat ro'yxatiga kiritadi. • Turi tasdiqlangan O'V ga, O'zstandart Agentligi tasdiqlagan tartibda, turni tasdiqlash to‘g’risidagi sertifikat beriladi. • Seriyali chiqarishga mo'ljallangan O'V sinalganda O'Vning me'yoriy parametrlarini va uni qiyoslash metodikasi tasdiqlanadi va tur Davlat reestrda registratsiyadan o'tadi, O'Vga turini tasdiqlash bo'yicha sertifikat beriladi. Tasdiqlangan turdagi O'V Davlat (reestrda) belgisi bilan markalanadi (O’z DSt 1.x19) • Sertifikat besh yil muddatga beriladi.
Ekspluatatsiyaga kam sonli O'V kiritish metrologik attestaciya orqali amalga oshiriladi. O'V metrologik attestatsiyani O'z Rst 8.011 bilan reglamentlangan. O'Vning MA Davlat metrologiya hizmati va yuridik shahslarning metrologiya hizmatining akkreditlangan organlari tomonidan o'tkaziladi. MA ijobiy natijalariga ko'ra O'V Davlat reestrda registraciya qilinadi va unga MA to‘g’risida sertifikat beriladi. Davlat metrologik tekshiruv va nazorati qo'llaniladigan sohada foydalaniladigan yoki foydalanishga mo'ljallangan o'lchash vositalari metrologik attestatlanadi. Bunda quyidagilar attestatlanadi: • donalab ishlab chiqariladigan O'V; • chet mamlakatlardan donalab keltiriladigan O'V; • o'zining bevosita vazifasi bo'yicha qo'llanilmaydigan yoki xilni tasdiqlashda o'rnatilgan qo'llanish sharoitlaridan farqlanuvchi sharoitlarda qo'llaniladigan, vatanda yoki horijda ishlab chiqarilgan, turi tasdiqlangan O'V; • turi tasdiqlashda o'rnatilganlardan farqlanuvchi individual metrologik tafsilotlarni o'rnatishga imkon beruvchi texnik imkoniyatlarga ega, seriyalab ishlab chiqarilgan O'Vning dona nushalari; • ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda tayyorlangan va metrologik attestatlashni o'tkazishni tashkillashtirishga va tartibiga umumiy talablarni o'rnatishda. O'Vni metrologik attestatlashning asosiy vazifalari: - O'Vning davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida o'z vazifasiga muvofiq qo'llanilishiga huquqli ekanligini o'rnatish; - attestatlanadigan O'V metrologik tafsilotlarining O'Vni yaratishga texnik topshiriqda o'rnatilgan yoki O'Vdan foydalanuvchi (attestatlashni buyurtiruvchi)ning attestatlashga topshirig’i (so'rovnomasi)ga binoan o'rnatilgan talablarga muvofiqligini baholash; - O'Vning haqiqiy metrologik tafsilotlarini aniqlash; - O'V texnik tafsilotlarining havfsizlik talablariga, gigienik va hos sinovlar jarayonida o'rnatilgan boshqa mahsus talablarga muvofiqlikning to'liqligini baholash.
Lekin hozirgi zamon fan, texnika va texnologik jarayonlarning eng qulay va samarador tizimi shunday bo‘lishi lozimki, buning natijasida mahsulot ishlab chiqaruvchiga nisbatan hech qanday ta‘sir etilmasligi lozim. Tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy aloqalar nuqtai nazaridan sertifikatlashtirish faoliyati mustaqil bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday sertifikatlashtirishni boshqaruvchi idora standartlashtirish idoralari hamda tijorat tashkilotlari yoki davlat muassasalari bo‘lishi mumkin. Ular o‘zlarining sinov o‘tkazuvchi laboratoriyalariga ega bo‘lib, mahsulotni tekshiradigan xodimni ishga layoqatliligini tekshiradi hamda korxonalardagi sifat tizimini boshqarishdagi ishlarni amalga oshiradi, uslubiy ta’minlash va boshqa quyidagi ishlarni bajaradi:
– texnologik jarayonlarning turg‘unligini ta’minlash;
– uchinchi tomon tarafidan bajariladigan sertifikatlashtirish tizimi o‘z tarkibiga mahsulot sinovlarini oladi, bu esa o‘z navbatida mahsulotni standart talablariga muvofiqligini (mosligini), aniqlashda kerakli vosita hisoblanadi;
– yakka olinadigan mahsulot uchun amaliy va iqtisodiy talablarga javob beruvchi sertifikatlashtirish tizimin aniqlash;
– sertifikatlashtirish tartib, usullari va ishlashini boshqa sertifikatlashtirish tizimlari bilan taqqoslash;
– buyum (mol) yoki mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi tomonidan haqiqiyligi ko‘rib chiqilganligi yoki ma‘qullanganligini, tegishli markazlarda yoki akkreditatsiyalangan laboratoriyalarda tekshirilganligini isbotlovchi belgi (tamg‘a) bo‘lishi, maxsus belgi, etiketkalar, ilova qilib yuboriladigan hujjat – sertifikatlar yoki sertifikatlashtirilgan buyumlar (mollar) royxatiga kiritilishi lozim yoki sertifikatlash huquqiga ega bo‘lgan korxonada mahsulotni chiqarish uchun taqdimnomasi bo‘lishi kerak.
Sertifikatlashtirish turli shakllarda bo‘lib, uni tayyorlash va o‘tkazish uchun yarim vazifalarni bajarilishi tartibi o‘z navbatida mahsulot turiga, qonunlar majmuining milliy xususiyatlariga va boshqa qator omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Sertifikalashtirishni tayyorlash va uni o‘tkazishda asosiy ishlar qatoriga:
– sertifikatlashtiruvchi maqsluotni tanlash;
– mahsulotga sertifikatlashtirishda belgilanadigan talablarni, tavsiflarni tanlash;
– sertifikatlashtiruvchi mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini tekshirish;
– sinov laboratoriyalarini akkreditlash;
– sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish;
– muvofiqlik sertifikatini berish va muvofiqlik belgisi bilan mahsulotni belgilash (tamg‘alash)lar kiradi.
Sertifikatlashtirish Milliy tizimining me’yoriy hujjatlarida sertifikatlashtirishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartiblari quyidagicha belgilangan (sxemaga qarang).



Yüklə 42,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə