Mundarija: kirish i-bob. O'Lchash vositalarining turini tasdiqlash


II-BOB. O'LCHASH VOSITALARNI QIYOSLASH LABORATORIYALARINI TASHKILLASHTIRISH



Yüklə 42,11 Kb.
səhifə3/7
tarix11.12.2023
ölçüsü42,11 Kb.
#145488
1   2   3   4   5   6   7
ERWG

II-BOB. O'LCHASH VOSITALARNI QIYOSLASH LABORATORIYALARINI TASHKILLASHTIRISH
2.1. O'lchash vositalarni qiyoslash laboratoriyalarini tashkillashtirish
Davlat metrologiya nazorati va tekshiruvi majburiy bo‘lmagan faoliyat sohasida o‘lchash vositasining metrologik sozligini ta’minlash uchun kalibrlash qo‘llaniladi.
Kalibrlash (kalibrlash ishlari) – davlat metrologik nazorati va tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lmagan o‘lchash vositasining metrologik xarakteristikalarining haqiqiy qiymatlarini aniqlash va tasdiqlash hamda (yoki) ishga yaroqliligini tasdiqlash maqsadida bajariladigan operatsiyalar majmuasidir (7.2-rasm.). Kalibrlash ishlarini o‘tkazish uchun kalibrlash tizimi yaratilgan bo‘lib, ular davlat metrologik nazorati va tekshi-ruvidan o‘tishi lozim bo‘lmagan sohalarda o‘lchashlar birliligini ta’minlashga yo‘naltirilgan sub’ektlar faoliyati va kalibrlash shshlari majmuasidir. Kalibrlash tizimi kalibrlash ishlarini tashkil etish va o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. Kalibrlash tizimi faoliyati O'zDSt 8.018:1997 bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘lchash vositalarini kalibrlash tizimi (keyinchalik - O‘z KT) ni tashkillashtirish, tuzilishi, vazifalari bo‘yicha asosiy nizomlar, bu tizimga kirgan sub’ektlarning xuquqlari va majburiyatlari O‘z RST 8.018-97 da belgilangan. Bu standartning qoidalari O‘z KT da akkreditlangan yuridik shaxslarning metrologik xizmatlariga, O‘z KTga kirgan akkreditlash va boshqa idoralar va tashkilotlarga nisbatan joriy etiladi.
O‘Vni kalibrlash – o‘lchash vositalarining haqiqiy metrologik tavsilotlari (xarakteristkalari) ni aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda bajariladigan amallar majmui.
Kalibrlash tizimi – Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llanilmaydigan sohada o‘lchashlar birliligini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyat va kalibrlash ishlarini bajaruvchi va kalibrlash ishlarini tashkillashtirish va o‘tkazishga o‘rnatilgan talablar asosida harakat qiluvchi sub’ektlar majmui.
Kalibrlash to‘g‘risidagi sertifikat – o‘lchash vositalarining kalibrlanganligini va uning natijalarini tasdiqlovchi hujjat. Bu hujjat kalibrlashni bajargan tashkilot tomonidan beriladi.
Kalibrlash belgisi – kalibrlash natijalarini ijobiy ekanligini tasdiqlash maqsadida o‘lchash vositasiga va (yoki) ularning ekspluatatsion xujjatlariga bosiladigan tamg‘a.
O‘z KT O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash umumiy tuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib, davlat metrologik tekshiruvi va nazoratidan tashqari sohada metrologik ishlarni tashkillashtirish va o‘tkazishda o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimida o‘rnatilgan me’yorlar va qoidalarga rioya qilinishini ko‘zda tutadi.
16
O‘z KT quyidagi tamoyillarga asoslangan holda tuziladi:
- tizimga ixtiyoriy ravishda kirish kalibrlash ishlarini bajarishda talablarni
majburiy bajarish;
- davlat etalonlaridan va boshlang‘ich o‘lchash vositalaridan birliklarning
o‘lchamlarini kalibrlanuvchi o‘lchash vositalariga majburiy berish. Kalibrlash tizimidagi faoliyatning asosiy vazifalari:
- akkreditlovchi idoralarni ro‘yxatga olish;
- metrologik xizmatlarni kalibrlash ishlarini bajarish huquqiga akkreditlash;
- o‘lchash vositalarini kalibrlash;
- O‘z KTning asosiy tamoyillarini va qoidalarini o‘rnatish;
- O‘z KTning faoliyatini tashkiliy, metodik va axborot bilan ta’minlash;
- Akkreditlangan metrologik xizmatlar tomonidan kalibrlash ishlarini
bajarishda talablarga rioya qilinayotganligini inspeksion tekshirish. Metrologiya bo‘yicha Milliy idora (O‘zstandart Agentligi), SMSITI, hududiy SSM, yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari, o‘z vazifalarining ushbu xujjatning talablariga muvofiq bajaruvchi O‘z KT ning tashkiliy asosini tashkil etadi. Uz KT tuzilmasi quyidagilardan tashkil topgan:
- Uz KTning Markaziy idorasi;
- O‘z KTning Kengashi;
- Uz KTning akkreditlash idoralari;
- Kalibrlash ishlarini bajarishga akkreditlangan yuridik shaxslarni
metrologik xizmatlari.
YUridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari:
- O‘Vni, shu jumladan tashqi tashkilotlar uchun ham kalibrlash
ishlarini bajaradi;
- Kalibrlash ishlarini o‘tkazish uchun talab etilgan sharoitlarni, kalibrlash
vositalarining va yordamchi jihozlarning yaxshi holatda bo‘lishini ta’minlaydi.
- Kalibrlash ishlarini o‘tkazish uchun zarur texnik, metodik va me’yoriy
hujjatlar jamg‘armasini shakllantiradi va rivojlantiradi.
- Me’yoriy hujjatlaning o‘lchashlar birliligini ta’minlash va kalibrlash faoliyati
doirasidagi talablarining bajarilishini ta’minlaydi;
- Kadrlar tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish ishlarini bajaradi;
- Kalibrlash faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflarni
ishlab chiqadi.
Metrologik xizmat quyidagilarga mas’ul bo‘ladi:
- korxonalarda kalibrlanishi lozim bo‘lgan UVning xolatiga;
- bajariladigan kalibrlash ishlarining sifatiga;
- korxonaga qarashli kalibrlash vositalarining xolatiga;
- kalibrlash intervallarining to‘g‘ri o‘rnatilganligiga.
O‘zbekiston Respublikasining kalibrlash tizimi o‘z belgisiga ega.
Bu belgining shakli va o‘lchamlarini metrologiya bo‘yicha milliy idora
tasdiqlaydi.



Yüklə 42,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə