Mundarija: Kirish I. Bob. Oqsillar haqida umumiy ma’lumot


Oqsillarning tuzilish darajasi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə4/13
tarix29.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#138971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mundarija Kirish I. Bob. Oqsillar haqida umumiy ma’lumot

1.2. Oqsillarning tuzilish darajasi
Oqsil molekulasining tuzilishi 20 ga yaqin a-aminokislotadan amalda son-sanoqsiz oqsillar hosil bo'lishi mumkin.
Polipeptid zanjirida aminokislota zvenolarining ketma-ket kelishi oqsil molekulasining birlamchi struktura zvenosi deyiladi.

Mana shunday cho'ziq zanjirli oqsillar soni uncha ko'p emas (masalan, tabiiy ipak oqsili — fibroin strukturasi). Fibroion molekulasining 50% ini glitsin aminokislotalar qoldig'i tashkil etadi. Qolgan ko'pchilik oqsillar spiral shaklda o'ralgan bo'ladi. Vodorod bog'lar tufayli hosil bo'ladigan polipeptid zanjirlarning fazoda joylashgan spiral konfiguratsiyasi oqsillarning ikkilamchi strukturasi deyiladi.
Oqsillarda hammasi bo’lib to’rt ko’rinishdagi strukturaviy tashkillik ajratiladi.
Birlamchi struktura- oqsillarda uzunasiga ketma-ket joylashgan aminokislotalar bo’g’inlaridan iborat polipeptid zanjirlar oqsil molekulasining birlamchi strukturasi deyiladi.
α– oqsillarning birlamchi strukturasi.
Ikkilamchi struktura- oqsil molekulasining spiral shaklini eslatuvchi molekulaning har xil uchastkalarida – CO – NH – gruppalari orasida juda ko’p vodorod bog’lanishlar borligi tufayli oqsilning ikkilamchi strukturasi hosil bo’ladi. Oqsil molekulasining ana shunday spiral shakli (strukturasi) osilning ikkilamchi struktuasi deyiladi.
Uchlamchi fazoviy struktura - fazoda polipeptid zanjiri koptok o’ramiga o’ralgan fazoviy konfiguratsiya oqsilning uchlamchi strukturasi deyiladi.
Uchlamchi struktura polipeptid zanjiridagi funksional gruppalarning har xil ta’sirlashuvlari bilan bog’liq. Masalan: oltingugurt atomlari orasida disulfid (- S – S ) ko’prik karboksil gruppa bilan gidroksil gruppa orasida murakkab efir ko’prik, karboksil gruppa bilan aminogruppa orasida tuz ko’prik hosil bo’ladi.
Bu strukturada vodorod bog’lanish mavjudligi ahamiyatga sazavordir. Oqsillarning strukturasi borligi tufayli ko’pchilik holatlarda oqsil molekulasida o’ziga xos biologik aktivlik yuzaga keladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə