Mundarija: Kirish I. Bob. Oqsillar haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə3/13
tarix29.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#138971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mundarija Kirish I. Bob. Oqsillar haqida umumiy ma’lumot

Kurs ishining hajmi: Kurs ishi 30 betdan iborat bo’lib, kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, mavzu to’la yoritib berilgan.





I. Bob. Oqsillar haqida umumiy ma’lumot, tuzilish darajalari va vazifalari.
1.1. Oqsillar haqida umumiy ma’lumot
Oqsillaryuqori molekulyar, nihoyatda murakkab tarkibli va murakkab bog’lanishli organik birikmalardir.
Oqsillar ularning asosini α – aminokislotalarning qoldiqlari tashkil qilgan, bir – birlari bilan CO – NH – gruppalari orqali peptid bog’lar deb bog’lanadigan bog’lar bilan bog’langan polipeptid zanjirlaridan tuzilgan tabiiy biopolimerlardir. Oqsillarning tarkibida C (50 – 55%), H (6,5 – 7,5%), O (20 – 24%), N (15 – 17,6%), S (0,3 – 2,4%), P (0,4 – 0,9%) larda bo’ladi.
Oqsillarda C, H, N, O bo’lishi muqarrar bo’lgan elementlardir. Aminokislotalar tarkibida kamdan – kam Cu, Fe, Zn va boshqa metallar ham bo’ladi.
Oqsillarning hosil bo’lishida tarkibi bo’yicha har xil bo’lgan 29 dan ortiq aminokislotalar ishtirok etadi.
Oqsillar tarkibiga kiradigan aminokislotalar quydagi jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Oqsillar tarkibiga kiradigan aminokislotalar

Formulasi

Nomlsnishi

H2N – CH­2 –COOH

Glisin

CH3 –CH(NH2) – COOH

Alanin

CH3 –CH(CH3) –CH(NH2) - COOH

Valin

CH3 –CH(CH3) – CH2 - CH(NH2) - COOH

Leysin

CH3 - CH2 –CH(CH3) –CH(NH2) - COOH

Izoleysin

CH2(OH) –CH(NH2) - COOH

Serin

CH3 – CH(OH) – CH(NH2) - COOH

Treonin

CH2(SH) –CH(NH2) - COOH

Sistein

HOOC–CH(NH2)–CH2–S–S–CH2
CH(NH2)-COOH

sistin

CH2(SCH3) – CH2 - CH(NH2) - COOH

Metionin

Alifatik monoaminodikarbon kislotalari va ularning monoamidlari

HOOC – CH2 – CH(NH2) – COOH

Asparagin kislota

H2N(O)C – CH2 – CH(NH2) - COOH

Asparagin

HOOC – (CH2)2 – CH(NH2) – COOH

Glitamin kislota

H2N(O)C – (CH2)2 – CH(NH2) - COOH

Glutamin

Alifatik diaminokarbon kislotalar

H2N – (CH2)4 – CH(NH2) - COOH

Lizin

H2N –C(=NH)-NH-(CH2)3-CH(NH2) –COOH

Arginin

Aromatik aminokislotalar

C6H5 – CH – CH(NH2) – COOH

Fenilalanin

HO – C6H4 – CH2 – CH(NH2) – COOH

Tirozin

Geterosiklik Amonokislotalar



Prolin



Gidroksiprolin



Triptofan



Tistidin

Oqsillar bo’linadilar;
Proteinlarga-oddiy oqsillar faqat aminokislotalarning qoldiqlaridan tuzilgan;
Protedlar-murakkab oqsillar, aminokislotalarning qoldiqlaridan va prostetik gruppalar deb nomlanadigan har xil aminokislota harakteriga ega bo’lmagan gruppalar (polisaxaridlarning qoldiqlari,ortofosfat kislota va hk) lardan tuzilgan.
Oqsillarning tarkibi,tuzilishi
Yuqorida ko’rsatganimizdek oqsillar tarkibiga uglerod, vodorod, kislorod,azot bo’lishi shart bo’lgan elementlardan tashqari oltingugurt,fosfor, temir, mis, rux va boshqa elementlar ham uchraydi.
Oqsil molekulasidagi aminokislota qoldiqlarining soni 102-105 gacha bo’ladi.
Oqsillarning nisbiy molekulyar massasi juda katta,yani;
Mr = 104 -107ga javob beradi. Masalan;tovuq tuxumi tarkibiga kiruvchi oqsilning nisbiy molekulyar massasi 36000 ga teng.
Go’shtdan ajratilgan bir oqsilning nisbiy massasi 150000 ga, ba’zi oqsillarning nisbiy molyar massasi 300000 va undan ham yuqori bo’ladi.
Oqsillarning gidrolizi natijasida 20 dan ortiq aminokislota hosil bo’ladi.
Har bir oqsilga polipipted zanjirida aminokislotalarning qatiyan aniq ketma-ketligi va aniq fazoviy struktura xosdir.
1888-yilda rus biokimyogari A.Y. Danilevskiy oqsillarning molekulalarida takrorlanuvchi atomlarning peptid gruppasi mavjudligini ko’rsatdi.
XX-asrning boshlarida nemis olimi E Fisher va boshqa tadqiqotchilar birinchi bo’lib molekulasidagi bir-biri bilan peptid bog’lar orqali birikkan 18 ta aminokislotalar qoldig’idan iborat birikmani sintez qildilar. Bu polipeptidlar ba’zi xossalari bilan oqsillarni eslatgan. Polipeptid sintezini soddalashtirilgan holda quyidagicha ifodalash mumkin :


Birinchi dastlabki modda- glisin- hayvonlarning pay, teri, tuyoq kabi organizmlaridan tayyorlanadigan yelimni gidroliz qilib olinadi; ikkinchi dastlabki modda –alanin, uni har qanday oqsildan olish mumkin.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə