Mundarija Kirish I bob. O’zbek tilining leksik qatlami tarkibi masalasi



Yüklə 61,57 Kb.
səhifə2/7
tarix28.11.2023
ölçüsü61,57 Kb.
#137660
1   2   3   4   5   6   7
turkiyqatlamso\'zlar

Mavzuning dolzarbligi: Ona tilimizga ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho meros sifatida e’tibor qaratish, uni asrab-avaylash, boyitish, nufuzini oshirish barchamizning asosiy vazifalarimizdan sanaladi. Shunday ekan hozirgi taraqqiy etayotgan o’zbek tilining fonetik-gramatik xususiyatlarini o’rganish dolzarbdir.
Mavzuning maqsadi: ushbu kurs ishini o‘rganishdan maqsad o’zbek tilining leksik qatlami, turkiy so’zlarning tarixiy rivojlanish tarixi, o’zbek tilida turkiy so’zlarning ishlatilish darajasi, turkiy qatlam so’zlarning fonetikasi, leksik va morfologik xususiyuatlari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish, bilim, ko’nikmа vа mаlаkа shаkllаntirishdir.
Kurs ishining vazifalari:
- mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish va xulosalarni umumlashtirish;
- O’zbek tilining leksik qatlami, turkiy so’zlarning tarixiy rivojlanish tarixi, o’zbek tilida turkiy so’zlarning ishlatilish darajasi, turkiy qatlam so’zlarning fonetikasi, leksik va morfologik xususiyatlari mavzularini yoritib berish.
Kurs ishining tuzilmasi: “Turkiy qatlamga mansub so’zlarning fonetik-gramatik xususiyatlari” mavzusidagi kurs ishi kirish, 2 ta bob, 5 ta paragraf, kurs ishi xulosasi, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
I BOB. O’ZBEK TILINING LEKSIK QATLAMI TARKIBI MASALASI
Ona tilimizga ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan bebaho meros sifatida e’tibor qaratish, uni asrab-avaylash, boyitish, nufuzini oshirish barchamizning asosiy vazifalarimizdan sanaladi. Qadimgi turkiy til o’zbek va boshqa turkiy tillarning shakllanishiga asos bo’lgan. Ammo qadimgi turkiy tilning o’zi ham ma’lum taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirgan, shakllangan, ma’lum bir qolipga tushgan.

    1. Turkiy so’zlarning tarixiy rivojlanish tarixi

Hozirgi o’zbek tilining lug’at tarkibi bu tilning so’z boyligi, leksik-semaitik sistsmasi snfatnda shakllaigan, yaxlit hodisadir. O’zbek tilida hozirda mavjud va qo’llanishda bo’lgan barcha so’zlar, grammatik vositalar bu tilning o’ziniki, uning o’z boyligidir. Ammo bu leksik boylik o’zbek tilida birdan yuzaga kelgan emas. O’zbek tili lug’at tarkibi murakkab rivojlanish -bosqichlarini boshidan kechirgan. Ilk davrlarda u turkiy qabila tillari va ba’zi qadimiy chet tillarning ayrim leksik elementlarini o’zida birlashtirgan holatda bo’lgan bo’lsa, keyinchalik o’zbek tili lug’at tarkibiga fors-tojik tilidan, arab tilidan, mo’g’ul va xitoy tillaridan so’zlar qabul qilingan. O’zbek tili leksikasining Ulug’ Oktyabr revolyutsiyasidan keyingi sovet davridagi rivoji bevosita buyuk rus adabiy tilining barakali tahsiri va bu tildan qabul qilingan ko’plab so’zlarning o’zbek tili lug’at tarkibini mislsiz boyitgani va boyitayotganligi bilan xarakterlanadi.
Til leksikasining tarixiy rivojlanish va shakllanish xususiyatlarini bilish uchun til lug’at tarkibidagi so’zlarni tarihiy-etimologik nuqtai nazardan o’rganish, ularni etimologik qatlamlarga ajratish mumkin. Bu ish til lug’at tarkibini ilmiy tushunish, ilmiy analiz qilish maqsadida amalga oshiriladi. Til lug’at tarkibini tarixiy etimologik, ya’ni so’zlarning genetik manbalariga ko’ra analiz qilish o’zbek xalqi tilining o’tmishda qanday qardosh tillar, shuningdek qardosh bo’lmagan chet tillar bilan aloqada va hamkorlikda bo’lganini, bu tilda qaysn tillarning tahsiri mavjudligini aniqlashga ham ko’maklashadi. Pirovardida, bunday izlanishlar o’zbek tili lug’at tarkibi,. grammatik qurilishining tarixiy o’suv yo’llarini ilmiy tushunish, payqash uchun nihoyatda muhimdir.
Til lug’at tarkibini tarixiy-etimologik nuqtai nazardan tekshirganda, avvalo tarixan, genetik jihatdan o’zbek tilining o’ziniki bo’lgan so’zlar belgilab olinadi. Bunday so’zlar o’zbek tilida qadimdan mavjud bo’lgan turkiy so’zlardir. Bunday so’zlar o’zbek tili leksikasining asosiy negizini tashkil etuvchi qadimiy qatlamdir. So’ngra o’zbek tili tarixan qaysi tillar bilan aloqada bo’lganligiga qarab lug’at tarkibidan o’zga, ya’ni chet tillarning elementlari axtariladi. Mana shu nuqtai nazardan, masalan, o’zbek tilining lug’at tarkibidan qadimiy uyg’ur tili, so’g’d tili, xitoy tili, arab tili, mo’g’ul tili, fors-tojik tili va boshqalarning elementlarini axtarish qonuniydir. Bu tillar o’zbek tili lug’at tarkibiga turli davrlarda, turli darajada, turli yo’llar bilan tahsir etgan. SHunga ko’ra, o’zbek tiliga o’tgan so’zlarning soni ham turli darajadadir.
SHunday qilib, o’zbek tili leksikasini tarixiy-etimologin nuqtai nazardan tekshirish ikki masalaga qaratiladi:
a) o’zbek tili leksikasidagi o’z so’zlarni belgilash;
b) o’zbek tili leksikasidagi o’zlashgan so’zlarni belgilash.
Mana shu asosga ko’ra, o’zbek tili leksikasidagi so’zlarni tarixiy-etimologik nuqtai nazardan ikki katta qatlamga bo’lish mumkin:
1. O’zbek tili leksikasidagi o’z qatlam.
2. O’zbek tili leksikasidagi o’zlaigma qatlam.
O’z qatlam ham, o’zlashma qatlam ham, o’z navbatida yana konkret qatlamlarga bo’linadi.
Biror so’zning o’z qatlam yoki o’zlashma qatlamga mansub bo’lishi doimo konkret hodisadir. Masalan, qo’y, qo’y(moq), bosh, bosh(lamoq) so’zlari o’z qatlamga mansub, chunki bu so’zlar — genetik nuqtai nazardan turkiy til so’zlari, demak, o’zbek tilining so’zi. SHu uchun bu so’z o’z qatlamga mansub. Ammo qalam, adabiyot, qalha so’zlari o’zbek tiliga arab tilidan kirgan, shu tufayli bu so’zlar o’zlashma qatlamga maneub. Bunday holatlar munozarasiz ilmiy haqiqatdir. Lekin o’zbek tili leksikasida shunday so’zlar ham borki, ular hozirda qardosh deb tushunilmaydigan ikki xil sistemaga mansub tillarda uchraydi. CHunonchi, siyreg (siyraq), taylag (tayloq), tanglay, tomuu (tumov), elchin (elchi), ert (erta), xox (ko’k), xunjit (kunjut) so’zlari o’zbek tilida ham, mo’g’ul tilida ham bor va bu tillarda bir xil yoki yaqin ma’nolarda kutubxonasi ishlatiladi. Agarda mo’g’ul tili turkiy til, qardosh til deb tushunilganida keltirilgan so’zlar umumturkiy leksik qatlamdagi mansub bo’lar edi. Lekin o’zbek va mo’g’ul tillari boshqa-boshqai sistemaga mansub tillar deb qaraladi. Qayd qilingan tip so’zlarni mo’g’ul tilidan o’zbek tiliga qabul qilingan yoki aksincha turkiy tillardan mo’g’ul tiliga o’tgan, qabul qilingan deb bo’lmaydi. Bunday xulosaga kelish uchun chuqur ilmiy tadqiqot ishlari olib borish lbzim bo’ladi. SHu sababli yuqoridagi so’zlar tilshunoslikda o’rtoq so’zlar, turkcha-mo’g’ulcha parallellar deb atalmoqda. Demak, o’zbek tili leksikasida o’rtoq so’zlar qatlami ham mavjuddir. SHunday qilib, o’zbek tili leksikasida quyidagi qatlamlar» mavjud: o’z qatlam, o’zlama qatlam, o’rtoq so’zlar qatlami.
Ma’lumki, qadimgi turkiy til davri turkiy xalqlar tili, tarixiylikning ildizlarini bilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning natijasida hozirgi adabiy tilning qonuniyatlarini teranroq anglash imkoni yuzaga chiqdi.
Qadimgi turkiy til davri barcha turkiy urug’ va qabilalarning umumiy tili sifatida V-X asrlarni o’z ichiga oladi. Qadimgi turkiy til kelib chiqishi va rivojlanishi jihatidan oltoy va xun tili davrlari bilan uzviy bog’langan. Bu davr tili haqida B. Vladimirsov quyidagi fikrlarni bayon qiladi: “…mo’g’ul tili turk va tungus tillari bilan birga o’zlarining bir umumiy ajdodiga ega bo’lganki, uni shartli ravishda oltoy tili deb atash mumkin. Oltoy tilining rivojlanishi jarayonida tashkil topgan mo’g’ul, turk, tungus tillari ma’lum. Bu davr turkiy tillar taraqqiyotining birinchi, eng qadimgi bosqichi bo’lib, fanda u oltoy til birligi nomi bilan yuritiladi. Bu davrda hali turkiy tillar mo’g’ul tillaridan mo’g’ul tillari esa, o’z navbatida, tungus-manchjur tillaridan ajralib chiqmagan edi, ular bir til birligi sifatida qo’llanar edi. Shunday qilib, qandaydir eng qadimgi tilning bo’lganligi taxmin qilinadi. Bu tilga xos umumiy leksik, fonetik va grammatik belgi-xususiyatlar esa hozirgi mo’g’ul, turkiy va tungusmanchjur tillarida saqlanib qolgan”.
Mutaxassislarning fikricha, qadimgi davrlardan milodiy V asrgacha bo’lgan muddat “Eng qadimgi turkiy til” davri deb yuritiladi. Adabiyotlarda bu davr oltoy va xun bosqichlariga ajratiladi. Oltoy davrining xarakteri, bu davrda yashagan xalqlar va ularning tili haqida aniq ma’lumotlar beruvchi tarixiy yodgorliklar yo’q. Bu davr tilining ayrim xususiyatlari o’lik tillarning eng qadimgi belgilari bilan hozirgi jonli tillarni tarixiy-qiyosiy usul osida o’rganish orqali taxminiy ravishda aniqlanishi mumkin. Tarixiy taraqqiyot jarayonida tillarning qo’shilishi, ajralib ketishi natijasida oltoy davrining oxirlarida bu tillar tabaqalanadi va ikkita katta til guruhlariga bo’linadi, ya’ni tungus-manchjur va turk-mo’g’ul tillar guruhlari ajralib chiqadi. O’z navbatida ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning o’sishi, ajralib chiqishi, farqlanish jarayonining davom etishi asosida bu tillarning har qaysisi asta- sekin o’ziga xos leksik, fonetik va grammatik xususiyatlarga ega bo’lib boradi. Buning natijasida xun davrining oxirlarida turk-mo’g’ul til birligidan turk tillari va mo’g’ul tillari ajralib chiqadi. VI asr o’rtalarida turklar kuchayib, yirik bir qabila ittifoqiga birlashdi, qo’shni qabilalarni engib, 552-yilda o’zlarining mustaqil davlati – turk xoqonligini barpo qildi. 555-yilga kelib, Markaziy Osiyodagi xalqlar Manjuriya va Yenisey qirg’oqlarigacha bo’lgan yerlarni o’zlariga qaratib oldilar. Harbiy va siyosiy qudrati asta-sekin kuchayib borgan turk xoqonligi eftalitlar davlatini tor-mor qildi, Amudaryo va Orolgacha bo’lgan joylarni, VI asrning 70-yillarida esa Shimoliy Xitoydagi Chjou va Tsi davlatlarini bosib oldi. Xoqonlikning chegarasi Amudaryodan Hindistongacha cho’zilgan edi. Ammo qabilalar o’rtasidagi o’zaro urushlar, Xitoyning kuchayib ketishi va bu urushlarga aralashuvi natijasida VI asrning 80-yillarida turk xoqonligi parchalanib, Sharqiy turk xoqonligi va G’arbiy turk xoqonligiga bo’linib ketdi. Turkiy tillar taraqqiyotining uchinchi bosqichi, ya’ni qadimgi turkiy davrdagi turkiy urug’ va qabilalar, ularning tillariga oid juda ko’p yozma manbalar, tarixiy yodgorliklar mavjud. Jumladan, turk xoqonligi tarkibiga kirgan turkiy urug’lar va ularning tillari O’rxun-Yenisey yodgorliklari orqali aniqlangan. Mazkur yodgorliklarning ko’pchiligi rus olimlari tomonidan topilgan. Bular orasida, ayniqsa, sibirlik o’lkashunos N.Yadrinsev tomonidan 1889-yilda Mo’g’ulistondagi O’rxun daryosi bo’ylaridan topgan yodgorliklar katta ahamiyatga ega. Xuddi shunday yodgorliklarning kattagina bir qismi Yenisey daryosining yuqori qismi va Qirg’izistondagi Talas vodiysi, shuningdek, Baykal ko’li atroflari, Lena daryosi sohillaridan topilgan. Yana bir bitik O’ngin bitigidir. Bu bitiktosh Mo’g’ulistondagi O’ngin vodiysidan topilgan. Hozir ham o’rnatilgan joyida turibdi. Yodgorlik VIII asrning birinchi yarmida, taxminan, 732-yilda tiklangan.
J.Klosonning yozishicha, bitik sarkarda Alp Eletmish xotirasiga tiklangan. Uyg’ur yozuvida bitilgan yodgorliklarning eng muhimi “Xuastuanift” bitigidir. Bu bitikning ma’nosi - moniylarning tavbanomasidir. Moniylik dinining falsafiy asari, oʻn besh boʻlimdan iborat. Ilk oʻrta asrlarda asarning eroniy, sugʻdiy, turkiy, xitoycha versiyalari keng tarqalgan. Bu yodgorlikning turkiy versiyalari uygʻur, moniy yozuvida boʻlib, ular Sankt-Peterburg, Berlin va Londonda saqlanadi. Turfondan topilgan Sankt-Peterburg nusxasi uyg’ur yozuvida, Turfondan va “Ming budda g’ori” ibodatxonasidan topilgan Berlin va London nusxalari moniy yozuvida bitilgan. Bu yodgorliklarni 1910-1911yillarda ingliz olimi Le Kok Berlin, Londonda, 1963-yilda L.Dmitrieva lotin alifbosida ruscha tarjimasi bilan nashr ettirgan. Olimlarning fikricha, asar qadimgi eroniy tillarning birida yaratilgan. Keyinchalik moniy ta’limotini yoyish maqsadida boshqa tillarga oʻgirilgan. Uning turkiy versiyasi, taxminan, VIII asrda yaratilgan. Asar tilining koʻk turk yodgorliklari tiliga yaqinligi, uygʻur yozuvli nusxaning xat uslubi, shuningdek, asarning moniy yozuvida ham tarqalganligi ana shundan guvohlik beradi. G’arbiy turk hoqonligi davri (VI-VIII asrlar)da turkiy qabilalar o’troqlasha boshladi. O’troqlashgan turklar shaharda hunarmandchilik, savdo-sotiq bilan shug’ullanadi, cho’l va qishloq joylarda esa dehqonchilik qiladi. Buning natijasida turkiy qabilalarning etnik jihatdan o’zaro yaqinlashuvi va fors tillarida so’zlashuvchi xalqlar bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari kuchayadi. VIII asrda G’arb va Janubda – Movarounnahr hududi (Samarqand, Buxoro, Choch, Farg’ona, Xorazm)da yashagan aholi va sug’diy-eroniy xalqlar arablar tomonidan bosib olindi, Abbosiylar xalifaligiga qaram bo’lib qoladi. Bu yerdagi xalqlar esa islom dinini qabul qiladi. Bu tarixiy hodisa Movarounnahrda yashagan xalqlarning, shu jumladan, turkiy xalqlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, fan va adabiyotning rivojiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatdi. Ayniqsa, IX asrning 2- yarmidan, Somoniylar davridan boshlab turkiy xalqlarning ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy siljishlar sodir bo’ldi. Jumladan, urug’-qabilachilik munosabatlari kuchsizlanadi, feodal munosabatlar rivojlanib bordi. Shu asnoda turk xoqonligi davrida turkiy qabilalar to’liq tabaqalanadi. Markazlashish, o’zaro birlashish jarayonida qo’shilish va ajralib ketish asosida rivojlangan turkiy tillar uyg’urlar hukmronligi davrida umumturkiy adabiy til sifatida shakllandi. Bu adabiy tilning tashkil topishida qarluq-chigil tillari, shuningdek uyg’ur tili asos sifatida qatnashdi, uning taraqqiyotiga ma’lum darajada ta’sir qiladi. X-XII asrlarda Qoraxoniylar hukmronligi davrida qo’llangan, ma’lum darajada me’yorga solingan turkiy adabiy til qisman o’g’uz-qipchoq tillari xususiyatlarini ham o’z ichiga olar edi. Eski o’zbek adabiy tilining xalq tili sifatida shakllanish davri ham mana shu vaqtlarga to’g’ri keladi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Qadimgi turkiy til asrlar osha shakllanib kelgan juda qadimiy til hisoblanadi. Bu tilning kelib chiqishi hamda rivojlanishini o’z ichiga oluvchi qadimiy yodgorliklar va manbalar juda ko’p. Mazkur manbalar hozirgi kunda ham topilib tilshunos olimlar tomonidan o’rganilmoqda. Turkiy til negizida yangi tillar va til oilalari shakllangandir. Eski o’zbek tilining paydo bo’lishi va shakllanishiga ham shu til asos bo’lib xizmat qilgan.

Yüklə 61,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə