Mundarija Kirish I bob. O’zbek tilining leksik qatlami tarkibi masalasi


Turkiy so’zlarning morfologik tabiati



Yüklə 61,57 Kb.
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü61,57 Kb.
#137660
1   2   3   4   5   6   7
turkiyqatlamso\'zlar

2.3. Turkiy so’zlarning morfologik tabiati
Turkiy tillаr fаqаt gеnеtik jihаtdаn qаrindоsh tillаr hisоblаnmаy, shu bilаn birgа tipоlоgik хususiyatlаri hаm umumiydir: ulаr mоrfоlоgik tаsnifigа ko‘rа аgglyutinаtiv tillаr guruhigа kirаdi. So‘z o‘zаgi vа so‘z shаkllаridаgi mushtаrаklik bu hоdisаlаrning хususiyatlаridа hаm аks etgаn. Bu jihаtdаn turkiy tillаrning хususiyatlаri quyidаgilаrdа ko‘rinаdi:
- so‘zning dоimо o‘zаkdаn bоshlаnishi;
- o‘zаkning o‘zgаrmаsligi, ya’ni o‘zаkkа hаr qаndаy qo‘shimcha qo‘shilgаndа hаm o‘zаkning fоnеtik jihаtdаn o‘zgаrmаsligi:
- so‘z shаkllаrining аsоsаn qo‘shimchalаr vоsitаsidа hоsil bo‘lishi;
- so‘z shаkllаrining hоsil bo‘lishidа subyеktiv shаkllаr mutlаqо qаtnаshmаsligi, ya’ni bir syazning turli shаkllаri fаqаt bir o‘zаkdаn paydo bo‘lishi;
- hаr bir qo’shimcha аlоhidа grаmmаtik mа’nоni ifоdа etgаni uchun hаr bir so‘z shаklidа bir nеcha qo‘shimchalаrning kеtmа-kеt kеlа оlishi;
- o‘zаk mоrfеmа vа аffiksаl mоrfеmаninng оrgаnik birikа оlmаsligi, ulаr оrаsidаgi chеgаrа sеzilib turishi.
Turkiy tillаrning bаrchasidа so‘zlаrning o‘zаk vа qo‘shimchalаrgа аjrаtish mumkin. Аmmо turkоlоglаr o‘zаkning tаrkibi vа tаrаqqiyoti хususidа turlicha fikr bildirаdilаr.
Turkiy tillardagi qadimiy morfologik shakllar tahlil qilinganda oltoy nazariyasidagi fikrlar, ma’lum m a’noda, asoslangandek bo’ladi.
Turk-mo’g’ul-tungus aloqalari morfologiyaning hamma bo’lim~ larida ko’rinadi. Bu uch guruhga mansub tillar uchun umumiy bo’lgan morfologik ko’rsatkichlar to’liq aniqlangan emas (ayrim turkiy tillarda hozirgi kelasi zamon sifatdoshi, mo’g’ul tillaridagi ravishdosh, tungusmanchjur tilidagi hozirgi zamon sifatdoshi affikslari hamda o’rin va yo’nalish bildiruvchi -ra, -ru qo’shimchalarini hisobga olmaganda).
Qadimgi turk va m o’g’ul tillaridagi morfologik munosobatlarning o’xshash va farqli tomonlarini quyidagicha umumlashtirish mumkin:
Turk-mo’g’ul tillari uchun umumiy bo’lgan morfologik ko’rsatkich sifatida o’rin kelishigi -da, jo’nalish kelishigi -a, harakat nomi -ku, shaxs oti -chi, o’rm-joy belgisini bildiruvchi -daki, ot yasovch; -m, -vul, fe’l yasovchi -la qo’shimchalari xarakterlidir.
Sifat darajalarining qadimgi turkiy tildagi up-urun (oppoq), kopкбк (ko’m-ko’k), sum-sucug (juda shirin), qap-qara (nihoyatda qora) shakllari m o’g’ul tilidagi sav-sayan (oppoq), ib-ilayan (qip-qizil), koakoke (ko’m -ko’k); buryatcha dav-daxap (oppoq), iv-ilan (qip-qizil), xavxara (qop-qora) shakllariga mos keladi.
Turkiy tillarda ham, mo’g’ul tillarida ham alip kordi, ahp ketti, jazip bardi kabi ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalari uchraydi. Turkiy va m o’g’ui tillari o’rtasidagi morfologik yaqinlik turkiy tillarda turlicha namoyon bo’ladi. G‘arbiy mo‘g’ul tillarida turkiy tillar bilan umumiy bo’lgan morfologik elementlar janubiy mo’g’ul tillaridagiga nisbatan kо’proq uchraydi.
Qirg’iz va qozoq tillaridagi mo’g’ulcha til shakllariga moslik o’zbek va turkman tillarida shu kabi shakllar miqdorining ko’payishi uchun asos bo’lgan. Sibir va oltoy tillarida bunday elementlar ancha. Tuva, yoqut tillarida ham bunday elementlar ko’p uchraydi, bu shakllar ushbu tillarning o’ziga xosligini namoyon etadi.
Oltoy tillari qarindoshligiga oid fikrlar quyidagicha umumlashtirilgan: 1. Turkiy- mo’g’ul-tungus-manchjur tillaridagi aloqadorlik morfologiyaning barcha bo’limlarida kuzatiladi: masalan, -(i)d ko’plik qo’shimchasi: torin (ot)- torid (otlar), valyaqip (shahar) — valyad (shaharlar); noxor (o’rtoq) - noxod (o’rtoqlar); tuyal (buzoq)- tuyad (buzoqlar) va h.k.
2. Aniq morfologik o’xshashliklar tahlili turk-m o’g’ul-tungus-manchjur tillariga xos qadimiy shakllarni tiklash imkonini beradi. Tillardagi parallellik morfologik elementlarning bir tildan ikkinchi tilga o’tishi natijasida yuzaga kelgan.
3.Tillarning chatishuvi va o‘zaro aloqasida uch nuqtayi nazar farqlanadi. Birinchi qarash tarafdorlari (A.Shleyxer. M.Myuller, qisman A.Meye) bir til tizimining bir qancha tizimlardan iborat ekanligini istisno qilgan holda, tillar chatishuvini inkor etadilar. Ikkinchi qarash tarafdorlari (G.Shuxardt, V.Pizani, Dj. Bonfante va boshqalar) uchun tillar chatishuvi hech qanday to’siq bilmaydigan doimiy va keng ko’lamli jarayon. Uchinchi qarash tarafdorlari (I.V.Boduen-de-Kurtene, V.A. Bogoroditskiy, L.V.Sherba, B.Y. Vladimirsov, A.Rosetti) nisbatan asosli fikrga ega bo’lib, tillar chatishuviga geografik, madaniy yaqinlik, savdo aloqalari, qabila va xalqlarning munosabati asosida yuzaga keladigan real tarixiy hodisa deb qarashadi. Shu bilan birga, ularning fikricha, chatishuv qaysi darajada bo’lmasin, chatishgan til asosidagi qadimiy tilni ajratish mumkin bo’ladi.
Tillarning chatishuvi haqida gap ketganda faqat leksikadagina emas, balki fonetika, morfologiya, sintaksis sohalaridagi bir tomonlama yoki o’zaro ta’sir ham nazarda tutiladi.
Affiksal morfemalar o’zak morfemaga birikish xususiyatiga ko’ra muayyan tilning o’ziga xos jihatlarini namoyon qiladi. 0 ‘zak va affiksal morfemalarning tabiatiga ko’ra tillar asosan agglyutinativ, flektiv, polisintetik, am orf tillarga bo’linadi.
Turkiy tillar faqat genetik jihatdan qarindosh tillar bo’lib qolmasdan, ayni paytda tipologik jihatdan ham bir xil: tillarning morfologik tasnifi bo’yicha agglyutinativ tillar guruhiga kiradi. So’z o’zagi va so’z shakllaridagi mushtaraklik grammatika tizimida ham aks etadi. Turkiy tillar, jumladan. o’zbek tili agglyutinativ hisoblanadi. Agglyutinatsiya «ketma-ketlik» ma’nosidagi so’z bo’lib, qo’shimchalarning o’zakka m a’lum tartibda va ketma-ket qo’shilishini ifoda etadi. Bunday hollarda o’zak va qo’shimchalar chegarasi sezilib turadi. Agglyutinativ tillarda so’z shakllari o’zgarmas holda qo’shiladigan affikslar yordamida yasaladi. Bunday tillarda affikslar, asosan, bir grammatik m a’noni ifodalavdi. Masalan, -lar faqat ko’plik qo’shimchasi sifatida qaraladi.
Turkiy tillarda affikslar monofunksional xarakterga ega. Masalan, -sar - shart mayli shakli; -moq - noaniq shakl. Ammo ayrim affikslar bir necha vazifa uchun xoslangan. Bu holatni tilning grammatik tizimidagi taraqqiyot bilan izohlash mumkin. Masalan, -lar qo’shimchasi grammatik ko’plikni ifodalash bilan bir qatorda (bolalar, qushlar), uslubiy m a’noni ham bildiradi (kulgular, qayg’ular). Mazkur qo’shimchaning hurmat, kesatiq, kinoyani bildiruvchi grammatik m a’nolari uslubiy jihatlari hisoblanadi. Buyruq mayli shakli da’vat bilan birga son va shaxs ma’nolarini ham ifodalaydi.
Turkiy tillar (o’zbek tili) da o’zakka, dastavval, so’z yasovchi qo’shimcha (morfema)lar, keyin lug’aviy shakl yasovchi va oxirida sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar birikadi: tila-k-lar-imiz-ni. Turkiy tillardagi affiksal morfemalar o’zak morfemadan keyin qo’shilish xususiyatiga ega. Shu jihatdan, old qo’shimchalar turkiy tillar tabiatiga xos emas. Ser-(sersuv), no-(nomardj, be-(begunoh), ba-(badavlat)... kabi old qo’shimchalar fors-tojik tiliga xos bo’lib, ijtimoiy-siyosiy, madaniym a’rifiy omillar ta’sirida turkiy tillarga o’zlashib ketgan. Old qo’shimchalar ruscha-baynalmilal so’zlarda ham mavjud.
Flektiv tillarda o’zak morfema va affiksal morfema chegaralari sezilmaydi. Rus tili, arab tili flektiv tillarga mansubdir: видетъ-вижу; ходить-хожу; xulq-axloq; she’r-ash’or va h.k.
Agglyutinativ tillarga mansub turkiy tillarning morfologik xususiyati quyidagi jihatlarda namoyon bo’ladi:
1. So’z doimo o’zakdan boshlanadi.
2. O’zak, asosan, o’zgarmasdir. Aksariyat hollarda o’zakdan keyin qo’shilgan har qanday affiks o’zakni fonetik jihatdan o’zgartirmaydi.
3. So’z shakllari, asosan, affikslar vositasida hosil qilinadi.
4. So’z shakllari hosil qilishda supplitiv shakllar ishtirok etmaydi, ya’ni bir so’zning turli shakllari faqat bir o’zakdan hosil qilinadi.
5. O ‘zak va affiks orasidagi chegara. aksariyat hollarda, aniq va 54 ravshan bo’ladi. Masalan, o’ylandi so’z shaklida o’v — o’zak, - la- fe’l yasovchi affiks, -n -lug’aviy shakl yasovchi va di - zamon ko’rsatkichi.
\6. Har bir qo’shim cha alohida grammatik ma’noni ifoda etgani bois har bir so’z shaklida bir necha qo’shimchalarnmg ketma-ket kelishi kuzatiladi. Turkiy tillarda so’zlar tuzilishiga ko’ra mustaqil ma’noli va yordamchi morfemalardan tashkil topadi. Mustaqil m a’noli morfemalar o’zak (negiz) qismdan iborat bo’lib, bunday o’zak morfema turkiy tillarda sinxron jihatdan yaxlit bo’ladi, yangi so’z va shakllarning hosil bo’lishi uchun asos sanaladi. Otlardagi kelishik, egalik yoki makon m a’nosini anglatuvchi shakllar yordamchi morfemalar hisoblanadi. Turkiy tillarda affiksal morfemalar qo’shim cha grammatik ma’noni shakllantirishga xizmat qiladi.
Turkiy tillаrdа grаmmаtik mа’nо quyidаgi usulаr оrqаli hаm ifоdаlаnаdi:
1. So‘z tоvush tаrkibining vаriаntlаri vа singаrmоnik charаllеlizm so‘z mа’nоsining kеngаyishigа аsоs bo‘lаdi. So‘zdаgi uruhning o‘zgаrishi hаm grаmmаtik mа’nоni ifоdаlаshning bir usulidir.
2. O‘zаk (nеgiz) ning tаkrоr qo‘llаnishi so‘z vа grаmmаtik mа’nо yasаsh usuli bo‘lа оlаdi. Bungа nеgizning to‘liq vа qismаn tаkrоrlаnishi, o‘zаkdаgi tоvushning o‘zgаrishi оrqаli bo‘lаdigаn tаkrоr kirаdi.
3. Turli so‘z shаkllаri tаrkibidа kеlа оluvchi mоrfоlоgik birikmаlаrning o‘zаrо аlоqаsi nаtijаsidа аnаlitik shаklаr hоsil qilinаdi. Turkiy tillаrdа аyrim qo‘shmа fе’llаr sinеtik shаklgа o‘tishi hоlаti hаm o‘zigа хоs hоdisаdir.
Xulosa
Til – aloqa vositasi, chunki so’zlovchi fikrmulohazalarini til orqali bayon qiladi, tinglovchi esa til vositalari orqali ro’yobga chiqqan fikrni anglaydi. Ona tili fani o’quvchilarni fikr bayon qilish va uni o’qib olish faoliyatiga tayyorlaydi. Fikr til vositasida ro’yobga chiqadi, shu sababli har bir kishi tilni va undan foydalanishni bilishi zarur. Tilni bilishning grammatik qonun-qoidalarini, ta’rifini o’zlashtirishgina emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan amaliy foydalana bilish hamdir, ya’ni fikrni og’zaki va yozma shaklda to’g’ri, tushunarli va savodli ifodalay bilishdir. Bunga erishish uchun ona till darslarida lug’at ustida ishlashga alohida e’tibor qaratish lozim. Lug’at ishida so’zning ma’nosi, talaffuzi va imlosi e’tiborda tutiladi. Bular ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o’quvchilarning ulardan nutqda foydalanishlariga erishish, o’zgalar nutqini anglashlarini ta’minlashdir. Buning uchun o’qituvchi ona tili vao’qish darslarida qo’llangan har bir so’zning va ta’limiy jarayonlarda: ekskursiya, o’zaro suhbat, turli tadbirlarda ishlatilgan so’zlarning ma’nosiga e’tibor bilan qarashi, ularning qaysilari maxsus ishlashni taqozo etishini belgilab olishi kerak. Ta’lim-tarbiya bir joyda to’xtab qolmaydi, u doimiy takomillashuv jarayonida. Shunday ekan, o’sib kelayotgan yosh avlodga bilim berishning yangi usullarini ishlab chiqib, o’quv jarayoniga tavsiya etish dolzarb masalalardan biridir.
Ushbu kurs ishini tayyorlash mobaynida o’zbek tilining leksik qatlami, turkiy so’zlarning tarixiy rivojlanish tarixi, o’zbek tilida turkiy so’zlarning ishlatilish darajasi, turkiy qatlam so’zlarning fonetikasi, leksik va morfologik xususiyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish bilan birga yuqoridagilar haqida batafsil yoritildi.
O’zbek tili o’zining ko’p asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida lug’at tarkibini o’z ichki manbalari hisobiga boyitib, takomillashtirib keldi. Bunday qonuniyatga ko’ra, o’z qatlam negizlari asosida yangi so’zlar yasaldi, mavjud so’z ma’nolari kengaytirildi, ba’zi so’zlarga qo’shimcha vazifalar yuklandi, adabiy tilga xalq shevalarida turli davrlarda, ehtiyojga ko’ra, so’zlar qabul qilindi.
O’zbek tili lug’at tarkibining boyishida ichki manba imkoniyatlari muhim asos hisoblanadi. Shunga qaramasdan, dunyodagi hech bir til o’z ichki manbalarigagina tayanib ish ko’rmaganidek, o’zbek tili uchun ham faqat o’z so’zlari, o’z qatlam boyligi va imkoniyatlarigina kifoya qilmaydi. O’zbek tili lug’at tarkibining boyish va takomillashuvida tashqi manba muhim rol o’ynaydi. Umuman har qanday til sof holda yashay olmaydi. Turli tillarning turli tarixiy sharoitlarda o’zaro ma’lum munosabatda bo’lishi qonuniy holdir.



Yüklə 61,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə