Mundarija Kirish I bob. O’zbek tilining leksik qatlami tarkibi masalasi


II BOB. TURKIY SO’ZLARNING FONETIK-GRAMATIK XUSUSIYATLARI



Yüklə 61,57 Kb.
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü61,57 Kb.
#137660
1   2   3   4   5   6   7
turkiyqatlamso\'zlar

II BOB. TURKIY SO’ZLARNING FONETIK-GRAMATIK XUSUSIYATLARI
Hozirgi o’zbek tili leksikasining turkiy asoslari qadimiy davrlarga borib taqaladi. CHunki turkiy obidalar tilida uchrovchi so’zlar bu obidalar egasi bo’lgan turkiy urug’ va qabilalar tilida VII—VIII asrlardan juda ko’p davrlar avval ham mavjud bo’lgan.
2.1. Turkiy qatlam so’zlarning fonetik tabiati
Fonetik tahlil va tavsifga bag‘ishlangan har qanday ish odatda unlilar tavsifidan boshlanadi. Bu Yevropa tilshunosligi an’anasi va, ehtimol, oriy tillarda ma’no tashish yukining ko‘pincha unlilar zimmasiga tushishi bilan bog‘liqdir. Lekin Sharq, jumladan, arab tilshunosligida (somiy tillarda ma’no tashish yuki ko‘pincha undoshlar zimmasiga tushishi, kam miqdoqdagi unlilar bu asosiy, o‘zak ma’noni har xil ko‘rinishlarda berishga xizmat qilishi bo‘ls) foneik tizim tavsifi, odatda, undoshlardan boshlanadi. Zotan, artikulatsiya (hosil bo‘lish va talaffuz etish) jihatidan ham undoshlar unlilardan ko‘ra ancha murakkab. Shuning uchun Sharq tilshunosligi fonetik tizim tavsifini undoshlardan boshlaydi. Bundan tashqari, biz oldingi ma’ruzada turkiy tillarda ham qadimgi davrlarda so‘zdagi unlining tabiatini o‘zak tarkibidagi undoshlar belgilashi haqida qisqacha gapirib o‘tdik va navbatdagi ma’ruzalarda bu hodisa tavsifi yana chuqurlashtiriladi. Shuning uchun tukiy tillar tahlilini ham undoshlar tavsifidan boshlaymiz.
Undoshlar tavsifini berishda Sharq (arab) tilshunosligida ularni hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra bo‘g‘izdan lab tomon yo‘naltirilgan chiziqqa joylashtirish odat tusiga kirgan. Arab tilshunosligi asoschisi Ahmad ibn Xalilning (VIII asrda yashab o‘tgan) “Kitobul’ayn” asarida so‘zlarni lug‘atda joylashtirishda (resp. alifboda) tovushlar va ularni ifodalovchi harflar shunday tartib bilan berilganligi sababli tilshunoslikda bunday sira Ibn Xalil tartibi (chizig‘i) deb ham ataladi. Turkiyshunoslikda turkiy tillarning qiyoiy-tarixiy fonetikasi tadqiqining asoschisi, turkiy tillarning birinchi qiyosiy-tarixiy grammatikasi bunyodkori V.V.Radlov 70 dan ortiq belgi (harf)larni o‘z ichiga olgan va turkiy tillar fonetik tavsifini berishda va o‘zining mashhur qiyosiy lug‘atida so‘zlarni joylashtirishda ham shu tartibdan foydalangan edi.
Turkiyshunoslikda, jumladan E.Tenishev tahriri ostida nashr etilgan umumlashtiruvchi tadqiqotda, turkiy bobotilning keyingi taraqqiyot davri holatida bo‘lganligi taxmin etilayotgan 17 asl undoshni bunday chiziqqa joylashtirsak, quyidagi holatni ko‘ramiz:
Tilorqa undoshlar /gh/,/q/
Tilorqa-burun undoshi /ng/
Tilo‘rta undosh /y/
Ikki artikulatsiyali /sh/
Tiloldi-burun undoshi /n/
Tiloldi affrikata /ch/, /j/
Tiloldi-yon /l/
Tiloldi titroq /r/
Tiloldi /t/, /d/,/s/, /z/
Lab-burun undoshi m/
Lab undoshlari /b/, /p/
Bu 17 undoshdan /m/ tovushi ham, turkiyshunoslarning fikriga ko‘ra,asl bo‘lmay, anlautdagi /b/ning auslautdagi burun undoshi /n/ ning regressiv distant assimilatsiyasi natijasida rivojlangan. Shuningdek, anlautdagi /t /, /p/, /s/, /ch/ ning jaranglilashuvi natijasida /d/, /b/, /z/, /j/ fonemalari shakllangan. Turkiyshunoslar turkiy bobotilning qadimgi davr holatida unda sonorlardan boshqa jarangli undoshlar bo‘lmagan deb yakdilona fikr bildirishadi.
Turkiy so’zlarning o’ziga xos muhim xususiyati ularning deyarli barcha turkiy tillarda uchrashidir. Boshqacha aytganda, qadimiy turkiy leksikaning asosiy negizini tashkil etuvchi, eng aktual va hayotiy so’zlar barcha turkiy tillar leksikasi uchun umumiydir. Turkiy so’zlarning bir qator turkiy xalqlar tillarida mavjudligi va asrlar davomida bu tillarda qo’llanib kelgani, hozirda ham saqlangani turkiy tillar leksikasida umumiylikni, o’xshashlikni, ya’ni o’xshash lug’at fondini yuzagy keltirgan. Mas, ish, osh, bosh, qo’l, qo’y, yer, ko’z, kun kabi ko’plab turkiy so’zlarni qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, uyg’ur, tatar, ozarbayjon va turkman tillarida ham uchratish mumkin. Turkiy tillardagi o’xshash, umumiy leksik fond bu tillarning har qaysisining o’z so’zi, o’z so’z boyligidir. Biror so’zning ikki yoki undan ortiq turkiy tilda uchrashi bu leksemaning ularning birortasidan ikkinchisiga qabul qilinganini ko’rsatmaydi. Bunday umumiylikning sababi turkiy tillarning aslida bir manbaga, bir genetik asosga aloqador ekanini, ularning lug’at fondi qadimda yagona manbaga taalluqli bo’lganini ko’rsatadi. Demak, umumturkiy leksikaning mushtarakligi tarixiy-genetik umumiylikdir. SHunisi ham borki, so’zning umumiy mulklik belgisi turkiy leksikani belgilash uchun yagona va asosiy mezon bo’la olmaydi. CHunki bunday so’z o’zlashgan element bo’lishi ham mumkin. Masalan, bir qator turkiy tillarda arab, fors-tojik, mo’g’ul tillaridan o’zlishtirilgan shunday so’zlar bor. Turkiy so’zlarning umumiyligi sinxronik jihatdan belgillimaydi. Masalan, ba’zi turkiy tillarda uchrovchi turkiy so’z hozirgi o’zbek tilida uchramasligi mumkin. Bu hol o’sha so’zning mushtarakligini inkor etmaydi. CHunki bu so’z o’zbek tilidan o’tmishda chiqib ketgan bo’lishi ehtimol. CHunonchi, arig’ (pokiza, toza ma’nosida), bitik (yozuv, maktub), yozi (dasht, cho’l), yog’lig’ (ro’molcha), ildirim (yashin, chaqmoh), tuz (to’g’ri, rost), usruk//esrpk (mast), chekmak (ko’p ma’noli so’z), ev (uy), emgak (mehnat), o’tmak//etmak (non), hurdosh (yondosh, teng yoshdagi), al//el (qo’l) singari bir qator so’zlar hozirgi o’zbek adabiy tilida uchramaydi. Bu so’zlar ozarbayjon, turkman, boshqird, tatar tillarida hozirda ham mavjud.
Turkiy so’zlarning mushtarakligi turkiy tillar urug’ va qabila tillari davrda kuchli bo’lgan. Keyinchalik mustaqil, o’zaro farqli turkiy tillar shakllanishi va ularning mustaqil rivojlanish yo’liga o’tishi bilan bu tillar orasidagi mushtaraklik kamaya borgan. Bunday qonuniyatning uchta muhim sababini ko’rsatish mumkin.
1. Har qaysi turkiy til o’z ichki qonuniyatlari asosida rivojlandi, natijada turkiy so’zlar har qaysi turkiy tilning o’ziga xos fonetik, grammatik, leksik-semantik talablariga bo’ysundirildi.
2. Turkiy xalqlarning har qaysisi o’ziga xos hayot tarzi, xo’jaligi, ma’naviy-madaniy turmushiga ega bo’ldi. Bu hol ular tili leksikasida qadimda umumiy tarzda qo’llangan ma’lum guruh so’zlarning aktual bo’lishini, ma’lum guruh so’zlarning esa passiv qo’llanishi va hatto tildan chiqib ketishiga olib keldi. Bu hol turkiy tillar leksikasida qonuniy ravishda ba’zi farqlarni tug’dirdi.
3. Turkiy tillarning boshqa tillar bilan aloqasi, chet tillarning har qaysi turkiy tilga ta’siri, bu ta’sirning xususiyati, darajasi ham turlicha bo’ldi. Masalan, ba’zi turkiy tillar arab, fors-tojik tili bilan bevosita to’qnashmadi yoki kam aloqada bo’ldi yoxud bunday aloqa boshqa bir turkiy til orqal yuz berdi. Ba’zi turkiy tillarga esa arab va fors-tojik tillarining ta’siri kuchli bo’ldi. Natijada o’zbek tilida qadimda qo’llangan bahzi umumturkiy so’zlar o’rnida keyinchalik adabiy tilda arabcha yoki fors-tojikcha so’zlar qo’llanishi odat tusiga kirdi. Umumturkiy leksika o’z boshidan ma’lum rivojlanish, o’zgarish va shakllanish bosqichlarini kechirgan.
Umumturkiy leksikaning rivoji xususiyatlari hozirgi o’zbek tili leksikasiga qiyoslansa, tubandagi ba’zi qonuniyatlar belgilanadi: 1) turkiy tillarda qadimdan mavjud bo’lgan bir qator so’zlar o’zbek tilida hozir ham bir ma’no va shaklda qo’llanmoqda. 2) turkiy tillarda qadimdan mavjud ko’pgina so’zlar hozir o’zbek tilida bor, dmmo o’zbek adabiy tilida ba’zi fonetik o’zgarishlar bilan qo’llanadi. So’zlarning keltirilgan fonetik shakllari o’zbek adabiy tili uchun norma hisoblanmasa ham, ular o’zbek xalq shevalarida ana shu shakllarda uchraydi; 3) turkiy tillarda qadimdan mavjud bo’lgan ba’zi so’zlar hozirgi o’zbek adabiy tilida qo’llanmaydi.
Turkiy tillarga xos fonetik hodisalardan biri so’z o’rtasidagi jarangsiz undoshlarning intervokal pozitsiyada jaranglilashuvidir. Shu nuqtayi nazardan turkiy tillami ikki guruhga ajratish mumkin:
1) bir bo‘ginli so’zlar tarkibida jaranglilashish sodir bo’ladigan turkiy tillar. Bu guruhga mansub tillarda bir bo’g’inli o’zaklarga unli bilan boshlanuvchi affiks qo’shilsa, o’zak oxiridagi jarangsiz undosh jaranglilashadi. Masalan, xak. pas-pazi “bosh-boshi”, at-adi “ot-oti”; tuv. asazip "osib": qoz. siq-sigib “chiqib” , kap-kabi "qopi” ; tat. aq-agim "oqim" kabi;
2) bir bo’g‘inli so’zlar tarkibida jaranglilashish sodir bo’lmaydigan turkiy tillar. Bu tillarda bir bo’g’inli o ‘zaklarda har qanday sharoitda ham jarangsiz undosh saqlanadi. Masalan, o’zbek tilida: ot-oti, ek-ekib, oq-oqib. Ammo bu tillarda ham ko’p bo’g‘inli so’zlar oxiridagi k, q, p jarangsiz undoshlari intervokal pozitsiyada jaranglilashadi: yazlikyazligi “yozligi”, ayaq-ayigim “oyog’im ”. o‘zb.о‘rtoq-o‘rtog’i, о’simliko’simligi; Bunday jaranglilashuv undoshlardan keyin egalik affiksi qo’shilgandagina sodir bo’ladi, boshqa hollarda esa ular jarangsizligicha qoladi: qishloqi, qo’rqib, qiziqib va h.k.
Turkiy tillarning konsonantizmi (undoshlar tizimi)da kuzatiladigan hodisalardan biri undoshlar geminatsiyasi, ya’ni undoshning miqdor jihatdan o’zgarib, cho’ziq tovushga o’tishi, ikkilanishidir. Yozuvda bunday undoshlar ikkita bir xil harf bilan ales ettiriladi. A.Sherbak fikricha, intervokal pozitsivada undoshlar jaranglilashuvi mavjud b o’lgan tillardagina geminatlar bo’lishi mumkin. Intervokal pozitsiyada undoshlarning jaranglilashuvi esa barcha turkiy tillarga xos. Bu holat turkiy bobo til davrida ham undoshlar geminatsiyasi mavjud bo’lganligini ko’rsatadi.

Yüklə 61,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə