Mundarija Kirish I bob. O’zbek tilining leksik qatlami tarkibi masalasi


Turkiy so’zlarning leksik xususiyatlari



Yüklə 61,57 Kb.
səhifə5/7
tarix28.11.2023
ölçüsü61,57 Kb.
#137660
1   2   3   4   5   6   7
turkiyqatlamso\'zlar

2.2. Turkiy so’zlarning leksik xususiyatlari
Turkiy tillarni bir til oilasiga birlashtiruvchi va boshqa til oilalaridan farqlovchi xususiyatlardan biri leksik tarkibning bir-biriga yaqinligi hamda grammatik qurilishning mushtarakligidir. Shuning uchun chuvash va yoqut tillaridan boshqa hamma turkiy tillar bir-biriga tushunarlidir.
Tildagi barcha so’zlar uning lug’at boyligini tashkil etadi. Tilning lug’at bovligi ikki manba — ichki va tashqi manba orqali ortib boradi. Boshqa tillardan so’z olish natijasida turkiy tillarda ham o ‘z qatlam va o’zlashgan qatlam farqlanadi. O’z qatlam. O’z qatlamga turkiy tillarga oid. shuningdek, turkiy tillar uchun umumiy bo’lgan so’zlar kiradi. Turkiy tillar lug’at tarkibida umumturkiy so’zlar asosiy miqdomi tashkil etadi: tosh, tog’, yer, bosh, suv, til, qol, kishi, bola; oq, qora, qizil, ко ‘к, sariq, yashil, yaxshi, yomon; bir, ikki, uch, besh, olti, yetti, yuz, ming: men, sen, u, biz, siz, bu, shit; kel, ol, bor, tur, qara; ildam, erta, indin, ilgari.
Turkiy tillarning bevosita o’ziniki bo’lgan qatlam tilning ichki imkoniyatlari asosida hosil bo’lgan so’zlardan iborat. Bunda uch holat kuzatiladi:
1) asli turkiy so’zlardan shu tildagi affikslar yordamida yasalgan so’zlar: qatnashchi, terimchi, og’machi, birlashnma;
2) boshqa tildan o’zlashgan so’zlarga turkiy qo’shimcha qo’shilishi natijasida hosil bo’lgan so’zlar:
a) arabcha so’zlardan: aqlli, mashhurlik;
b) forscha- tojikcha so’zlardan: mardlik, go’shtli;
d) ruscha-baynalmilal so’zlardan: limonli, sportchi.
3) o’zlashgan so’zga o’zlashgan qo’shimchani qo’shish natijasida hosil bo’lgan so’zlar ham ichki imkoniyat asosida yasalgan so’z hisoblanadi: kitobxon, doimiy, adabiyotshunos. Turkiy tillar leksikasining umumiy xususiyatlari quyidagicha:
1. O’zak aksariyat o ‘rinlarda cv (undosh + unli) qolipida bo’ladi.
2. Turkiy so’zlarda ot-fe’l omonimligi ko’p uchraydi: to’y, tut, yoz.
Turkiy tillarda omonimiyani yuzaga keltiruvchi hodisa - qadimgi turkiy til so’zlariga xos turkum sinkretizmi o ‘z ifodasini topgan. E.V.Sevortyan tomonidan “fe’l-ot asoslar” deb nomlangan bu hodisa turkiy tillarning boshlang’ich taraqqiyot bosqichlarida bir bo’g’inli leksik asosning ayni bir lug’aviy m a’noga ega boTgani holda ism sifatida ham, fe’l sifatida ham ishlatilishini ifoda etadi. E.V.Sevortyan o ‘z qarashlarida “fe’l-ot omonimligi”, “fe’l-ot omoformalar” terminlarini qo’Ilagan. Shu bilan bir qatorda, bu hodisani “leksik-morfologik sinkretizm” deb qarash to’g’riroq ekanligini e’tirof etgan. Hozirgi o’zbek tilidagi yoz, tut, shish, to ‘y kabi so’zlarda turkum sinkretizmi xususiyatlari namoyon bo’ladi.
3.Turkiy so’zlarda tarixiy fonetik o’zgarishiar sezilib turadi: yigocyagac; jil-yil, jilan-yilan -ilan; sal jilmoq-siljimoq.
4.Tana a’zolari nomlari, asosan. turkiy qatlamga oid: koz, qidoq, til, has, qas.
5.Tub fe’llar turkiy hisoblanadi: her, bil, qac, kir, qoy, tol, bur, ayt.
6.Sonlar (bes, yetti), olmoshlar (men, siz) turkiy qatlamga mansubdir.
7.Turkiy tillarda so’z tartibi quyidagicha: asos+so ‘z yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi qo ‘shimcha. qo’y + chi + lar + imiz.
Qadimgi turkiy til davri turkiy tillarning umumtaraqqiyot bosqichiga xos xususiyatlarning to’laligicha namoyon bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu davr tiliga oid tadqiqotlarda turkiy tillarning fonetik, leksik, grammatik taraqqiyotiga xos umumiy jihatlarning kuzatilishi qayd etilgan. XV asrning leksik xususiyatlari aks etgan nomalarda qadimgi turkiy tilga mansub bir qator so’zlarning mavjudligi kuzatiladi. Navoiy asarlarida 1400ga yaqin qadimgi va eski turkiy til so’zlari qo’llangan.39 “Boburnoma”da qadimgi turkiy til davrida keng iste’molda bo’lgan 1700dan ortiq umumturkiy so’z uchraydi. Eski turkiy til va eski o’zbek tili harbiy leksikasining semantik-funksional, tarixiy-etimologik, strukturgrammatik tahlili ko’pgina harbiy terminlar X I-X V asrda arabcha, forscha-tojikcha, ayniqsa, m o’g’ulcha o’zlashmalar bilan ifodalana boshlaganini ko’rsatsa-da, eski o’zbek adabiy tili harbiy leksikasi asosini qadimgi turkiy so’zlar tashkil etgan. Eski o’zbek tili manbalariga doir tadqiqotlar ham shu fikrni tasdiqlaydi. X I-X IV asrlarda yaratilgan qo’lyozm a manbalar tilida iste’mol qilingan 700ga yaqin ijtimoiy-siyosiy terminlarning 640dan ortig’i Navoiy asarlarida kuzatilishi ta’kidiangan. Qadimgi turkiy til olmoshlari ayrim fonetik o’zgarishlar bilan eski o’zbek adabiy tilida saqlangan. Qadimgi turkiy til so’zlarining aksariyati eski o’zbek adabiy tili davrida hech qanday o’zgarishlarsiz, ayrimlari fonetik yoki semantik o’zgarishlar bilan qo’llangan. Qadimgi turkiy tilga xos xususiyatlarning hozirgi turkiy tillarda kuzatilishi tadqiqotlarda qayd etilgan. A.M.Sherbak, E.Tenishev, A.Pokrovskaya, N.Gadjiyeva, A.Koklyanova, F.lsihoqov. A.Yuldashevlaming izlanishlari qadimgi turkiy til davriga xos so’zlarning hozirgi turkiy tillarda nomlash (ot), ifodalash (harakat-fe’l), ko’rsatish (olmosh), belgilash (sifat) vazifalarida ishlatilayotganligini ko’rsatadi. Turk xoqonligi davriga xos so’zlarning asosiy qismi hozirgi turkiy tillarda qo’llanadi. E.Begmatov DTSga tayangan holda, qadimgi turkiy tilga xos 2500 dan ortiq so’zning hozirgi o’zbek adabiy tilida qo’llanishini ta’kidlaydi. Bu so’zlar turli yo’nalishdagi tushuncha ifodalari bo’lib, .yigirmaga yaqin leksik-semantik guruhga mansubdir. Ijtimoiy sohaning turli ko’rinishlariga oid tushimchalarni ifodalovchi qadimgi so’zlar hozirgi turkiy tillarda ishlatiladi.
O’zlashgan qatlam. Turkiy tillardagi уunoncha, arabcha, forscha, tojikcha, xitoycha, mo’g’ulcha, ruscha so’zlar o’zlashgan qatlamni tashkil etadi. Turkiy tillardagi o’zlashgan qatlamning asosiy qismi arab, fors-tojik, rus tillaridan kirgan so’zlardan iboratdir.
Arabcha so’zlar diniy terminlar va turli soha nomlaridir. Arabcha so’zlar quyidagi xususiyatlarga ega:
1. (vjf,h harflari ishtirok etgan so’zlar, asosan, arabcha: vazir, fikr; hosil.
2.’(tutuq belgisi) ishtirok etgan so’zlar arab tiliga mansub: ma’no, ta ‘limot, na’ra va b.;
3.Arabcha so’zlar siniq ko’pligiga ega, ya’ni ko’plik so’z tarkibini o’zgartirish bilan hosil qilinadi: hol-ahvol, xabar-axbor, ruh-arvoh, xulqaxloq, she ‘r-ash ‘or va h.k.;
4.Arab tili konsonant hisoblanib, arabcha so’zlarda o’zakdoshlar leksema tarkibidagi undoshlar yordamida hosil qilinadi: hukm-hokimhakam-mahkama-hokimiyat; fikr-tafakkur-mutafakkir; kitob-maktabkutubxona-maktub; sinf-tasnif; hurmat-ehtirom-marhamat-muhtaram.
Turkiy tillardagi arabcha so’zlar: kitob, maktab, xalq, maorif shoir, та ‘no, ilhom, san ‘at, tanqid, madaniyat, kashf, a ‘lo, odob, xat, savod, amal, oila, inson, husn, nutq, soat, avlod, savol, sin f millat, hikoya, maqol, hayot, shamol, qadr, dohiy, mag’rur, xafa va h.k.
Forscha-tojikcha so’zlar. Forscha-tojikcha so’zlar turkiy tillar lug’at tarkibida qadimdan mavjud bo’lib kelgan. Forscha-tojikcha so’zlar quyidagi xususiyatlarga ega: a) ch, 1 ,g, z undoshlari bilan boshlanadigan so’zlar, asosan, forschatojikcha hisoblanadi: lola, gul, chaman; b) -xo’r, -noma, -do’z -xon, -namo. -shunos, -boz, -bon, -dor, be-, noser- kabi qo’shimchalar forscha-tojikchadir.
Turkiy tillardagi forscha-tojikcha so’zlar: osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, gul, xona, mirob, dasta, bemor, g’isht, dasht, xonadon, shogird, xaridor, sharobxo’r, serob, shirin, mard, mehribon. jonajon, kamtar, kam, chala, go’sht, non, sozanda, sabzavot, reja, dard, ombur, dugona, do’st, peshona, kaft va h.k.
Mo’g’ulcha so’zlarning o’zlashish omillari tadqiqotlarda qayd etilgan. V. I. Rassadin fikricha, Chig’atoy va uning vorislari hukmronligi davrida eski o’zbek tiliga yuzga yaqin mo’g’ulcha so’z o ‘zlashgan. Hozirgi turkiy tillarda m o’g’ulcha so’zlar miqdorining bundan ko’proq ekanligi qayd etilgan. Jumladan, oltoy tili shevalarida 830 dan ortiq m o’g’ulcha so’z ishlatilishi aniqlangan.
Eski o’zbek tilida ishlatilgan m o’g’ulcha so’zlar shaxs otlari: (qorovul, chag’dovul, chig’dovul, yasavul, shig’avul, kuragon, dorug’a); harbiy kiyim-kechak nomlari: (dubulg‘a, kо‘ha, о‘pchin); harbiy harakatga doir terminlar (burong’or, javong’or, g‘o‘l// qo’l, shiba kabilar)dan iborat.
Mo’g’ulcha so’zlarning 97%i harbiy terminlardir. -vul affiksi orqali yasalgan hiravul, eravul, bakavul, yasavul, jangdavul, chag ‘davul singari harbiy terminlar eski o’zbek tilida faol qo’llangan. Qadimgi turkiy til manbalarida eravul o’rnida yezak, “ilg’or qism”, ya’ni “avangard boshlig’i” m a’nosini ifodalovchi yesak basi, “ayg’oqchi otryad” ma’nosidagi tutgan so’zlari ham qayd etilgan. Izohlarda tutgaqning, asosan, tunda harakat qilishi ta’kidlangan (DLTind,288). Eski turkiy til obidalarida xonni muhofaza qiluvchi (faqat tunda emas, umuman) shaxs jatgaq deyilgan (DLTind, l 19); yatgaq, tutgaq “tungi otliq otryad” (DTS.592); bilgichi “razvedkachilar (DTS,98); yortug “jang kunlarida yoki biror yerga borishda xonning atrofida boradigan soqchilar” (DLT, III, 48) ma’nosidagi turkiy terminlar keyingi davr o’zbek tili manbalarida, deyarli, uchramaydi. Bu so’zlar mo’g’ulcha terminlar o’zlashishi sababli iste’moldan chiqqan.

Yüklə 61,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə