3-mavzu. O‘zbek tilining leksik qatlamlari mashg’ulot rejasi



Yüklə 46,92 Kb.
səhifə1/8
tarix25.12.2023
ölçüsü46,92 Kb.
#161461
  1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu. O‘zbek tilining leksik qatlamlari mashg’ulot rejasi-fayllar.org


3-mavzu. O‘zbek tilining leksik qatlamlari mashg’ulot rejasi




3-MAVZU. O‘ZBEK TILINING LEKSIK QATLAMLARI

Mashg’ulot rejasi: 
1. So‘z - leksikologiyaning o‘rganish obyekti sifatida.
2. So‘zlardagi bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik.
3. Ijtimoiy leksika.
4. Sohaviy leksika.
1. So‘z - leksikologiyaning o‘rganish obyekti sifatida.
Tildagi barcha so’zlar uning lug’at boyligini tashkil etadi. Tilning lug’at
boyligi ikki manba - ichki va tashqi manba orqali ortib boradi. Tilning ichki 
imkoniyatlari orqali so’z yasash (qo’shimcha qo’shish va so’zlarni qo’shish
orqali); shevalardan so’z olish ichki manba, boshqa tildan so’z olish tashqi manba 
hisoblanadi.
Boshqa tillardan so’z olish natijasida o’z qatlam va o’zlashgan qatlam 
farqlanadi. O’zbekcha, turkiycha so’zlar o’z qatlam nomi bilan, boshqa tildan
olingan so’zlar o’zlashgan qatlam atamasi bilan yuritiladi. 


O’z qatlam. O’z qatlamga o’zbek tiliga oid bo’lgan, shuningdek, turkiy tillar
uchun umumiy bo’lgan so’zlar kiradi. O’zbek tili lug’at tarkibida turkiy tillar 
uchun umumiy bo’lgan so’zlar anchagina: tosh, tog’, yer, bosh, suv, til, qo’l, kishi,
bola; oq, qora, qizil, ko’k, sariq, yashil, yaxshi, yomon; bir, ikki, uch, besh, olti, 
etti, yuz, ming: men, sen, u, biz, siz, bu, shu; kel, ol, bor, tur, qara; ildam, erta,
indin, ilgari. 
O’zbek tilining bevosita o’ziniki bo’lgan so’zlar tilning ichki imkoniyatlari
asosida hosil bo’lgan so’zlardan iborat. Bunda uch holat kuzatiladi: 
1) asli o’zbekcha so’zlardan shu tildagi affiks (qo’shimcha)lar yordamida yasalgan
so’zlar: qatnashchi, terimchi, og’machi, birlashma
2) boshqa tildan o’zlashgan so’zlarga o’zbekcha qo’shimcha qo’shilishi natijasida
hosil bo’lgan so’zlar o’zbekcha hisoblanadi; 
a) arabcha so’zlardan: rahbarlik, mehrli;


b) tojikcha so’zlardan: mardlik, go’shtli;


v) ruscha so’zlardan: limonli, sportchi; 
3) boshqa tildan o’zlashgan so’zga o’zlashgan qo’shimchani qo’shish natijasida
hosil bo’lgan so’z o’zbekcha hisoblanadi: kitobxon, doimiy, adabiyotshunos
Demak, yasama so’zlar asosan o’zbekcha (o’z qatlam so’zlari) hisoblanadi.
O’z qatlam so’zlari (o’zbekcha so’zlar) quyidagi xususiyatlarga ega. 
1) v,z,l,g, tovushlari bilan boshlanadigan so’zlar o’zbekcha emas: lab.
2) f, h, ‘ ishtirok etgan so’zlar o’zbekcha hisoblanmaydi: bahor, fikr, a’lo. 
3) o’zbekcha so’zlarda unlilar yonma-yon kelmaydi: soat, matbuot.
4) o’zbekcha so’zlar omonim xarakterda bo’ladi: soch-soch, tut-tut. 
5) o’zbekcha so’zlarda tarixiy tovush o’zgarishlari sezilib turadi: yag’och-og’och,
jil-yil: jilon-yilon-ilon. 
6) o’zbekcha (turkiy) so’zlarda bir bo’g’in tarkibida undoshlar yonma-yon
kelmaydi; g’isht, go’sht, daraxt. 



Yüklə 46,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə