3-mavzu. O‘zbek tilining leksik qatlamlari mashg’ulot rejasi


qo‘shni kelinchakdan o‘rgangan edim (Oybek). Yigit yalt etib qo‘shni



Yüklə 46,92 Kb.
səhifə4/8
tarix25.12.2023
ölçüsü46,92 Kb.
#161461
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu. O‘zbek tilining leksik qatlamlari mashg’ulot rejasi-fayllar.org

qo‘shni kelinchakdan o‘rgangan edim (Oybek). Yigit yalt etib qo‘shni dalaga

qaradi, u yerda xotin-xalajlar, bola-chaqalar 

chuvillashib paxta terishayotgan edi (M.Ismoiliy).
Metafora asosida nom ko‘chish birgina narsa nomi bo‘lgan otlarga daxldor 
bo‘lmay, boshqa turkumga mansub so‘zlarda ham uchraydi. Masalan: taqir cho‘l- 

taqir bosh, taqir sholcha; o‘tkir pichoq-o‘tkir hid, o‘tkir odam kabi sifatlar;

dalalarda qushlar uchadi uning jahldan lablari pir-pir uchardi kabi fe’llarda
ham metafora asosida ma’no ko‘chishi uchraydi.
Metonimiya (yunoncha «qayta nomlash», «nomini almashtirish») narsa yoki
hodisalarning makon va zamonda o‘zaro bog‘liqligi, doimiy aloqadorligi asosida 
birining nomi ikkinchisiga ko‘chishidir. Bunda narsa, harakat va belgi o‘rtasidagi
o‘zaro o‘xshashlik emas, balki doimiy aloqadorlikning mavjudligi birining nomini 
aytganda ikkinchisini anglash, nazarda tutish imkonini beradi. Metonimiya asosida
nom ko‘chishda narsalar (otlar) o‘rtasidagi quyidagicha uzviy aloqadorliklar asos 


bo‘lishi mumkin: 1) narsa yasalgan materialning umumiy aloqadorligi asosida


uning nomi boshqa narsaga ko‘chadi: Moyi tugab piligi so‘xta bo‘lgan chiroq bir 


lip etib so‘ndi (S.Ahmad). Sochini mayda o‘rib uchiga pilik taqqan edi (S.Ahmad);
2) narsalarning o‘ziga xos harakat-holati, xususiyati jihatdan umumiy aloqadorligi 
asosida uning nomi boshqa narsaga ko‘chadi: beshik-maktab ta’lim va tarbiya 

beshigidir, qaldirg‘och-litseyimiz qaldirg‘ochlari; 3) o‘rinning unda joylashgan
narsa bilan doimiy aloqadorligi asosida uning nomi boshqa narsaga ko‘chadi: 


kosa, qoshiq, tovoq-ovqat, zal-zal kulib yubordi, sinf-sinf oyoqqa qalqdi
ma’nolarida ishlatiladi; 4) harakat-hodisaning nomi shu harakat-hodisaning 
bajarilgan vaqtiga ko‘chiriladi: Machitdan shom azoni eshitildi…(Sh.Toshmatov).


Yüklə 46,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə