3-mavzu. O‘zbek tilining leksik qatlamlari mashg’ulot rejasi


 So‘zlardagi bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik



Yüklə 46,92 Kb.
səhifə3/8
tarix25.12.2023
ölçüsü46,92 Kb.
#161461
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu. O‘zbek tilining leksik qatlamlari mashg’ulot rejasi-fayllar.org

2. So‘zlardagi bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik.
Bilib oling. Tildagi so‘zlar bir va birdan ortiq ma’noga ega bo‘lishi mumkin. 
Bir ma’nolilik hodisasi monosemiya, ko‘p ma’nolilik hodisasi esa polisemiya deb
yuritiladi. Masalan, marmar, g‘oya, xulosa, taassurot kabi so‘zlar va ilm-fan 
sohalariga doir atamalar bir ma’noli so‘zlardir. O‘z va ko‘chma ma’nolari tufayli
ikki yoki undan ortiq ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar esa ko‘p ma’noli 


(polisemantik) so‘zlar deyiladi. Masalan: etak - choponning etagi, tog‘ning etagi.
Tilshunoslikda so‘zning ko‘p ma’nolilik xususiyatini o‘rganish muhim
ahamiyat kasb etadi. Chunki ko‘p ma’noli so‘zlar turli usullar vositasida ma’no
ko‘chishi orqali o‘z ma’nosidan boshqa ma’nolar ifodalagan holda tilning ifoda 
imkoniyatlarini boyishida muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, ko‘p ma’noli
so‘zlar o‘z ma’nosidan tashqari ko‘chma ma’nolarga ham ega bo‘ladi. So‘zning 
nutqdan tashqarida, ya’ni tilda ifodalagan ma’nosi o‘z ma’nosi deb ataladi.
Masalan, ko‘z, etak so‘zlari yakka holda ishlatilganda uning asl, ya’ni o‘z ma’nosi 
anglashiladi.



So‘zning gap ichida, ya’ni nutqdagi o‘z ma’nosidan boshqacharoq mazmun


ifodalashi uning ko‘chma ma’nosi deb yuritiladi. Masalan, ishning ko‘zi, tog‘ning 


etagi kabi birikmalar tarkibida ko‘z va etak so‘zlari ko‘chma ma’noda qo‘llangan.

So‘zning ma’no ko‘chish usullari. O‘zbek tilida polisemantik so‘zlar ma’no
ko‘chishning to‘rt xil usuli mavjud: 1) metafora; 2) metonimiya; 3) sinekdoxa; 4) 
vazifadoshlik.
Metafora (yunoncha «ko‘chirma» so‘zidan olingan) biror narsa, belgi yoki 
harakatning nomi o‘zaro o‘xshashligi bo‘lgan boshqa narsa, belgi yoki harakatga
ko‘chishidir. Masalan: U tarozining ikki pallasini ko‘zdan kechirdi (I.Rahim). 


Yormat tarvuzni kesdi. Bir pallasini o‘zi olib, ikkinchi pallasini Yo‘lchi va O‘roz 

oldiga qo‘ydi (Oybek). Birinchi misoldagi palla so‘zining o‘z ma’nosi taroziga
nisbatan qo‘llaniladi. Uning tashqi ko‘rinishiga ko‘ra o‘xshashligi ikkinchi misolda 
tarvuz bo‘laklariga nisbatan ham qo‘llanishga sabab bo‘lgan.
Metafora asosida nom ko‘chish aniq narsalar doirasida bo‘lganda ular 
o‘rtasidagi o‘xshashlikni ilg‘ash uncha qiyin bo‘lmaydi. Mavhum narsalar
doirasida esa bu bir oz qiyin kechadi: Bir qarichlikdan dutorni sevaman. Bir 



Yüklə 46,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə