3-mavzu. O‘zbek tilining leksik qatlamlari mashg’ulot rejasi



Yüklə 46,92 Kb.
səhifə2/8
tarix25.12.2023
ölçüsü46,92 Kb.
#161461
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu. O‘zbek tilining leksik qatlamlari mashg’ulot rejasi-fayllar.org

O’zlashgan qatlam. Arabcha, forscha-tojikcha, xitoycha, mo’g’ulcha,
grekcha, ruscha so’zlar o’zlashgan qatlamni tashkil etadi. 
O’zbek tilidagi o’zlashgan qatlamning asosini arab, fors-tojik, rus tillaridan o’tgan
so’zlar tashkil etadi. 


Arabcha so’zlar: kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma’no, ilhom, san’at,
tanqid, madaniyat, kashf, a’lo, odob, xat, savod, amal, oila, inson, husn, nutq, soat, 
avlod, savol, sinf, millat, hikoya, maqol, hayot, shamol, qadr, dohiy, mag’rur, xafa.
Arabcha so’zlar diniy atamalar va turli soha nomlaridir. O’zbek xalqi vakillariga 
qo’yiladigan ismlarning ko’pi arabcha. Arabcha so’zlar quyidagi xususiyatlarga
ega.

1. (v) f,h,’ harflari ishtirok etgan so’zlar,asosan, arabcha: ma’no, ta’limot, na’ra, 



sinf.
2. Arabcha so’zlar siniq ko’pligiga ega, ya’ni ko’plik so’z tarkibini o’zgartirish 
bilan hosil qilinadi: hol-ahvol, xabar-axbor,ruh-arvoh, xulq-axloq,she’r-ash’or.
3. Arabcha so’zlarda o’zakdosh so’z tarkibidagi undoshlar yordamida hosil 
qilinadi: hukm – hokim – hakam – mahkama – hokimiyat - mahkuma; fikr – 





tafakkur -mutafakkir; kitob – maktab – kutubxona - maktub; sinf - tasnif; hurmat – 

ehtirom –marhamat - muhtaram. 
Forscha-tojikcha so’zlar. Forscha-tojikcha so’zlar quyidagi xususiyatlarga
ega. a) tojikcha so’zlar o’zbek tili lug’ati tarkibida qadimdan mavjud bo’lib kelgan. 
b) ch, l, g, z undoshlari bilan boshlanadigan so’zlar asosan tojikcha hisoblanadi:
lola, gul,chaman. v) -xo’r, -noma, -do’z, -xon, -namo, -shunos, -boz, -bon, -dor, 
no-, ser- qo’shimchalari forscha-tojikchadir.
Tojikcha so’zlar: osmon,oftob, bahor, baho, barg, daraxt,gul, xona, mirob, 
dasta, bemor, g’isht, dasht, xonadon, shogird, xaridor, serob, shirin, mard,
mehribon, jonajon, kamtar, kam, chala, balki, agar, ham, go’sht, non, sozanda, 
sabzavot, reja, dard, ombur, tesha, bobo, dugona, do’st, xonadon, peshona, kaft
v.b.


Yüklə 46,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə