3-mavzu. O‘zbek tilining leksik qatlamlari mashg’ulot rejasi



Yüklə 46,92 Kb.
səhifə7/8
tarix25.12.2023
ölçüsü46,92 Kb.
#161461
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu. O‘zbek tilining leksik qatlamlari mashg’ulot rejasi-fayllar.org

4. Sohaviy leksika.
Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ma’lum fan, ishlab chiqarish 
sohasidagina qo’llaniladigan va asosan o’sha soha kishilari tushunadigan maxsus
so’zlar terminlar – atamalar sifatida qaraladi. 
“Hozirgacha termin tushunchasi tilshunoslikda turlicha talqin qilinmoqda – deb
qayd etishadi. “O’zbek tili leksikologiyasi” asarining mualliflari. – Ba’zi 
tilshunoslar terminga ilm va texnikaga oid so’z va iboralarnigina emas, barcha uy-
ro’zg’or asboblari nomlarini, ishlab chiqarishning hozirgi darajasidagi 
qurollarnigina emas, balki o’tmishdagi ibtidoiy qurollarning barcha nomlarini,
shuningdek, kustarchilik kasb-hunarga oid so’zlarni ham kiritadilar. 
Agar masala shu taxlitda qo’yiladigan bo’lsa, har bir konkret predmet nomini
termin deb atash lozim bo’lar edi. Gap terminnning aniq bir ma’noni ifodalashida 
emas, bu jihatdan qaraladigan bo’lsa, kasb-hunar leksikasining ilmiy-texnikaviy



terminlardan deyarli farqi yo’q, termin har qanday tushunchaning aniq atamasi


sifatidagina emas, balki ilmiy tushunchani ifodalovchi vosita sifatida asosan yozma 
shaklda maydonga keladi”.
Demak, “atama” so’zini “termin” tushunchasi ma’nosida qo’llaganimizda, uni 
umuman narsa-predmetlar, voqea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir
ilmiy tushunchani ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli bo’lgan 
birliklarni anglashimiz lozim.
O’zbek tilshunosligida atamalarni o’rganishga doir ko’pgina ishlar amalgam 
oshirilgan. Ko’plab ilmiy kitoblar, risolalar, lug’atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop
maqolalar yozilgan
, dissertatsiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq
lug’atlarning nashr etilishi fanimizning katta yutug’I hisoblanadi. O’zbek tiliga 
davlat tili maqomining berilishi, “Lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosiga o’tish
to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Atamalar qo’mitasi olib borayotgan yirik hajmdagi ishlar
atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko’tarilishiga sabab bo’ldi. 


Yüklə 46,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə