3-mavzu. O‘zbek tilining leksik qatlamlari mashg’ulot rejasi


Azonga yaqin bir iloj qilib qochibdi (P.Tursun); 5) narsaning nomi shu narsaga xos bo‘lgan belgi aloqadorligi asosida ko‘chadi: tulki



Yüklə 46,92 Kb.
səhifə5/8
tarix25.12.2023
ölçüsü46,92 Kb.
#161461
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu. O‘zbek tilining leksik qatlamlari mashg’ulot rejasi-fayllar.org

Azonga yaqin bir iloj qilib qochibdi (P.Tursun); 5) narsaning nomi shu narsaga xos
bo‘lgan belgi aloqadorligi asosida ko‘chadi: tulki-ayyor, mug‘ombir odam, iflos-


betayin, jirkanch kishi; 6) harakat, o‘yin obyekti shu o‘yinning nomi sifatida
ko‘chadi: uloq-uloq chopmoq va boshqalar. 
Sifat va fe’l turkumiga mansub so‘zlar doirasida ham metonimiya hodisasi
mavjud bo‘lib, ularda ko‘chma ma’no belgining yoki harakatning aloqadorligiga 
asoslanadi. Masalan: qisqa yo‘l - qisqa nutq, qisqa ovoz, beg‘ubor osmon-

beg‘ubor odam, beg‘ubor ko‘ngil; bola boqmoq-kishini hunar boqadi, bog‘ni 

boqsang bog‘ bo‘lur. 
Sinekdoxa narsa va hodisaning nomi bilan uning qismini atash yoki qismining
nomi bilan shu qism mansub bo‘lgan butunni atash orqali yangi ma’no hosil qilish
usulidir. Masalan: Tirnoq so‘zining farzand ma’nosida ishlatilishi (U tirnoqqa zor

edi) qism nomi bilan butunni ifodalashnishidir. Qo‘l so‘zi bilan uning bir qismini,
ya’ni barmoqning atalishi esa (Qo‘liga uzuk taqdi) butun nomi bilan qismning 
nomlanishidir. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning quyidagi gaplardagi ma’nolariga
e’tibor bering: Rux samovar. Egamberdi, Sen darrov o‘t sol! (A.Qodiriy) Mirzo 


kechqurun samovarga chiqdi, ikkita choy ichdi (A.Qahhor). Devorlarda Tamara 

o‘z qo‘li bilan tikkan kashtalar osilgan edi (M.Muhammedov). U yenglariga 

chiroyli qizil kashtalar tikilgan ukraincha oq shoyi kofta kiygan edi (P.Tursun).





Vazifadoshlik narsa va hodisalarning bajaradigan vazifasidagi birlik,
o‘xshashlik asosida nom ko‘chishidir. Masalan, chiroq so‘zi o‘tmishda moy 
shimdirilgan pilik yordamida yorug‘lik beruvchi moslamani anglatgan. Hozirda esa
elektor yoritgichlar ham chiroq deb yuritiladi. Yoki tarixan qamish yoki patdan 
yasalgan yozuv quroli qalam deb atalgan. Hozir esa grafitli maxsus yasalgan
yozuv quroli ham shu nom bilan yuritiladi. Vazifadoshlik asosida nom ko‘chish 
so‘zning ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ma’no
ko‘chishning boshqa usullariga nisbatan ancha kam uchraydi.
Ko‘p ma’noli so‘zlarning yuzaga kelishida polisemantik so‘z va yasovchi
affikslarning ham alohida o‘rni bor. Masalan, tuzsiz taom, tuzsiz gap birikmalari 
tarkibidagi -siz ko‘p ma’noli affiksi va o‘zak birligi ko‘p ma’noli so‘zning yuzaga
kelishida muhim rol o‘ynagan. Polisemantik so‘zlar, qancha ma’noga ega 
bo‘lmasin, bu ma’nolar o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Agar ular o‘rtasidagi ma’no
bog‘liqlik davrlar o‘tishi bilan uzilib qolsa, u holda bunday so‘zlar o‘zaro 
omonimga aylanadi. Masalan, gap-fikr, mulohaza; gap-tengdoshlar, hamkasblar
yig‘ini, ziyofati; ko‘k-rang, ko‘k-osmon kabilar. Keltirilgan misollarda ma’no 
bog‘liqlikni ilg‘ab olish ancha qiyin. Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, polisemantik
so‘zlar bir xil fonetik qobiqqa ega bo‘lgan so‘zlar takrori nuqtai nazaridan 
omonimlarga o‘xshasa ham, ko‘p ma’nolilik, avvalo bir turkum doirasida yuzaga
kelishi, ular qancha ma’noga ega bo‘lmasin, o‘zaro bog‘liq bo‘lishi bilan 
omonimlardan farqlanadi. Ko‘p ma’noli so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolari,
odatda, izohli lug‘atlarda, shakldosh so‘zlar esa omonim so‘zlarning izohli 
lug‘atida beriladi.

Yüklə 46,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə