Mundarija: kirish


O'rnatish qismida ishning faktlari, to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita dalillar keltirilgan. Huquqiy



Yüklə 158,5 Kb.
səhifə9/11
tarix11.12.2023
ölçüsü158,5 Kb.
#148229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Huquq shakillari (man’balari) tushunchasi va turlari

O'rnatish qismida ishning faktlari, to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita dalillar keltirilgan.
Huquqiy qismda ishning o'ziga xos holatlaridan kelib chiqadigan huquqiy muammolarga nisbatan qo'llaniladigan huquqiy printsiplarning taqdimoti mavjud.

II bob. huquq manbasining eng muhim shakli bo’lgan normativ huquqiy


normative tushunchasi
2.1. Normativ huquq hujatlarini turlari
vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning umummajburii koʻrsatmasi. Ularda huquq normalari (qonun, kodeks, farmon, qaror, yoʻriqnoma va boshqalar) oʻrnatiladi, oʻzgartiriladi va bekor qilinadi. Normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasida huquqning asosiy manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan "Normativhuquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi qonunining 2-moddasiga koʻra, "... umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar deb hisoblanadi". Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish hukuqiga ega. Normativ-huquqiy hujjatlarning asosiy belgilari quyidagilar:

  • vakolatli davlat organi tomonidan umumiy qoidalarga asosan chiqariladi, aniq oʻrnatilgan tartiblar asosida qabul qilinadi;

  • normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayoni huquq ijodkorligi mahsuli boʻlib hisoblanadi;

  • normativ-huquqiy hujjatlar ushbu hujjatning nomidan kelib chiqib umumiy harakterdagi xulq-atvor qoidalarini huquq normalari koʻrinishida mujassamlantiradi;

  • normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy hujjat boʻlib, belgilangan shakl va rekvizitlarga ega: rasmiy nomi, raqami, ushbu hujjatni qabul qilgan organning nomi, qabul qilingan va kuchga kirgan vaqti, rasmiy eʼlon qilingan joyi va h.k.;

  • normativ-huquqiy hujjatlar yuridik kuchga ega.

Normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagi asosiy talablar qoʻyiladi:

  • normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqayotgan organ, qoida tariqasida, loyihani tayyorlash yuzasidan komissiya tuzadi;

  • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga manfaatdor davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning vakillari, ayrim fuqarolar jalb etilishi mumkin;

  • normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organ bir necha davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga ayrim fuqarolarga muqobil loyihalar tayyorlashni topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek, eng yaxshi loyiha uchun tanlovlar eʼlon qilishga haqlidir;

  • vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishini muvofiqlashtirib turish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;

  • normativ-huquqiy hujjatlarning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etiladi.

Normativ-huquqiy hujjatlarda uni amalga oshirishning huquqiy vositalari, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari, ragʻbatlantirish, mukofotlash va nazorat qilish chora-tadbirlari va shahrik. koʻrsatilishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar agar uning matnida boshqa izoh berilmagan boʻlsa, muddatsiz amal qiladi. Normativ-huquqiy hujjatlar amal qilishining vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet ellik yuridik shaxslar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tatbiq etiladi.huquqiy nor-malarning ifoda etilish shakllari. Huquqning birlamchi manbai xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari va qoidalari hisoblanadi. Bularga BMT Ustavi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948-yil 10-dekabr) va boshqa kiradi.
Normativ-huquqiy hujjatlar huquqning asosiy manbalari qatoriga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasida nor-mativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi turlarini koʻrsatish mumkin: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsi-yasi; Oʻzbekiston Respublikasining kon-stitutsiyaviy qonunlari; Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qarorlari; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning huquqiy hujjatlari; mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Huquqning eng qad. manbalaridan biri huquqiy odatdir. Huquqiy odat uzoq davr mobaynida amalda boʻlishi natijasida shakllangan, jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan xulq-atvor qoidasi.
Huquqiy pretsedent ham huquq manbai hisoblanadi. Huquqiy pretsedent sud yoki maʼmuriy organning yozma yoxud ogʻzaki qarori boʻlib, bu qaror kelgusida barcha shunga oʻxshash ishlarni qoʻrib chiqish va hal qilish uchun asos boʻladigan namuna normadir. Huquqiy pretsedentning sud va maʼmuriy pre-sedent shakllari mavjud. Sud pretse-denti AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada va Yangi Zelandiya kabi umumiy huquq amalda boʻlgan davlatlarda huquqning manbai sifatida keng qoʻllanadi.Normativ shartnomalar ham huquq manbai hisoblanadi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil huquq subʼyektlari oʻrtasida tuziladigan hamda ularning huquq va majburiyatlarini oʻrnatadigan, oʻzgartiradigan yoki bekor qiladigan bitimlarga normativ shartno-malar deyiladi. Normativ shartnomalar ayniqsa xalqaro huquqda katta ahamiyatga ega. Normativ shartnomalar qatoriga kiruvchi xalqaro shartnomalar subʼyektlariga koʻra — ikki tomonlama va koʻp tomonlama, xususiyatiga koʻra — norma oʻrnatuvchi va taʼsis etuvchi shartnomalarga boʻlinadi. Huquqning tarixiy rivojlanish davrida huquqiy aqida va gʻoyalar huquqning
hisoblangan. Qurʼon, sunna, ijmo va qiyos Musulmon huquqlarning asosiy manbaini tashkil etadi.
Ma’muriy huquq O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimining yirik, salmoqli, rivoj topgan va murakkab tarmoqlaridan biridir. Uning bu maqomi ma’muriy huquq tartibga soladigan kuchli ijtimoiy munosabatlar mazmuni va ahamiyati bilan belgilanadi. Ma’muriy huquq ommaviy huquqning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, konstitutsiyaviy huquq, mehnat huquqi, moliya huquqi, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi kabi sohalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bois ma’muriy huquq ommaviy huquqning bir turi sifatida avvalo hokimiyat munosabatlari, shu jumladan, davlat boshqaruvi va jamoat tartibini saqlash sohasidagi munosabatlarni, qolaversa, davlat hokimiyati bilan fuqaro o‘rtasi yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi. Mazkur darslik jamiyatda amal qilayotgan ma’muriy-huquqiy munosabatlar tizimi haqida, ushbu huquq sohasining predmeti, tuzilishi, prinsiðlari va usullari to‘g‘risida umumiy ilmiy ma’lumot beradi. «Ma’muriy huquq» darsligi yuqorida ta’kidlangan davlat boshqaruvi va qonunchilik sohasidagi yangiliklarni, qolaversa, ichki ishlar organlari faoliyatidagi islohotlarni e’tiborga olgan holda tayyorlandi. Shuningdek, darslik huquqni muhofaza qilish organlari, xususan, ichki ishlar organlari xodimlarining ma’muriy-huquqiy sohadagi tasavvurlarini kengaytirishga, ijro etuvchi hokimiyat tizimida davlat organlari faoliyatining huquqiy tartibga solinishiga oid bilimlarini oshirishga xizmat qiladi. Darslikda turli ijtimoiy sohalarda boshqarishni tashkil etish masalalariga ham alohida e’tibor berilgan, shu jumladan, chegara qo‘shinlari, tibbiyot, bojxona, soliq, inson huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohalari batafsil tahlil etilgan. Ushbu darslikda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Respublika Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ichki ishlar va boshqa ijro etuvchi organlarning amaliy tajribasidan keng foydalanilgan. Kitobda ma’muriy huquq fanining bir qator nazariy muammolari ham o‘z aksini topgan bo‘lib, mualliflar ma’muriy-huquqiy munosabatlar, ma’muriy-huquqiy normalarni amalga oshirish shakllari va usullari to‘g‘risida muhim ilmiy fikr-mulohazalar bildirganlar. Kitobxonlar e’tiboriga havola etilayotgan mazkur darslik respublikamizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish ishiga, fuqarolar va yuridik oliy ta’lim muassasalarining talablari, IIV Akademiyasi tinglovchilarining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Ma’muriy huquq — davlat organlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi, uning vazifa va maqsadlari, vakolatlari hamda huquqiy maqomining boshqa tomonlarini, tuzilishi va faoliyat jarayonini belgilab beradi. Ma’muriy huquq — boshqariluvchi obyektlarning aloqalarini tartibga soladi. Ushbu normalar rejalashtirish tartibini, moddiy resurslarni taqsimlash va ish haqini belgilashni mustahkamlaydi. Ma’muriy huquq — jamoat tashkilotlari va jamoat organlarining huquqiy maqomini o‘rnatishda katta ahamiyatga ega. Ma’muriy huquq nafaqat boshqaruvni, balki boshqariluvchi faoliyatni ham tartibga soladi. Ma’muriy huquq ma’lum bir ijtimoiy munosabatlar guruhini tartibga solib, mazkur munosabatlar uning predmetini tashkil etadi. Ma’muriy huquq fani olimlarining aksariyati1 , ma’muriy huquqning predmetiga davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan quyidagi ijtimoiy munosabatlar guruhini kiritadilar: 1) tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo‘ysunadigan davlat boshqaruvi organlari o‘rtasidagi munosabatlar (masalan, vazirlik va davlat qo‘mitalarining ularga bo‘ysungan boshqarma va bo‘limlari o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar); 2) bir-biriga bo‘ysunmaydigan davlat boshqaruvi organlari o‘rtasidagi munosabatlar (masalan, ikki vazirlik, vazirlik va davlat qo‘mitasi o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar); 3) davlat boshqaruvi organlari va ularga bo‘ysunadigan korxona, muassasa va tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar; 4) davlat boshqaruvi organlari va jamoat birlashmalari o‘rtasidagi munosabatlar; 5) davlat boshqaruvi organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar. Qayd etilgan barcha ijtimoiy munosabatlarda davlat organi ishtirok etadi. Bu qonuniydir, chunki boshqaruv faoliyati davlat funksiyalarini amalga oshirish shakllaridan biridir. Davlat boshqaruvi sohasida davlat nomidan harakat qiladigan va uning xohish-irodasini ifodalaydigan organning ishtirokisiz, ma’muriy huquq predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar bo‘lishi mumkin emas. Shu sababli, ikki fuqaro o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar — ma’muriy-huquqiy munosabatlar hisoblanmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida shartnomalar asosida vujudga keladigan munosabatlar ham ma’muriy huquq predmetiga kirmaydi, chunki ular fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadigan shartnoma munosabatlari hisoblanadi. Huquq tizimida huquqni tarmoqlarga ajratish asoslaridan biri — huquqiy tartibga solish uslubidir. Huquqiy tartibga solish uslubi — jamiyatdagi mavjud munosabatlarga huquq ta’sirida qo‘llaniladigan usul, vosita va yo‘llar yig‘indisidan iborat. Har qanday huquq tarmog‘i singari ma’muriy huquq ham o‘zining tartibga solish uslubiga egadir. Ma’muriy huquq tartibga solish funksiyasini amalga oshirib, davlat boshqaruvi jarayonidagi munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini tartibga soluvchi huquqiy vositalar yoki uslublarning muayyan majmuidan foydalanadi. Tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasi bo‘yicha, ya’ni predmet bo‘yicha amaldagi huquq tarmoqlari ko‘pincha o‘zaro juda yaqin bo‘lib, ayrim hollarda hatto shaklan bir-biriga mos ham keladi. Huquqning har qanday tarmog‘i uning tabiatida joylashgan ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etishning uch uslubidan foydalanadi, bular: yozma buyruq, ko‘rsatma; man etish, taqiqlash; ruxsat berish. Yozma buyruq, ko‘rsatma — huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatni amalga oshirish, ya’ni boshqacha emas, balki aynan shunday harakat qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuridik majburiyatni zimmaga yuklash. ma’muriy-huquqiy normalar — ma’muriy huquq fani tizimining boshlang‘ich elementi bo‘lib, davlat tomonidan o‘rnatiladigan yoki tasdiqlanadigan hamda ma’muriy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini (xatti-harakatini) belgilab beradigan qoidalardir; — ma’muriy-huquqiy institutlar — ma’muriy huquq fani tizimining alohida guruhi bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Odatda, ma’muriy-huquqiy institutlar — ma’muriy-huquqiy normalarning uncha katta bo‘lmagan barqaror guruhi bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir turini tartibga solishga qaratiladi. Ma’muriy huquq tarmog‘i o‘z ichiga qator institutlarni oladi va ular tarmoqning tarkibiy qismi, bo‘lagi sifatida namoyon bo‘ladi. Ayni paytda ular muayyan mustaqillik xususiyatiga ega. Zero, ma’muriy-huquqiy institutlar ma’lum darajada mustaqil ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi; — ma’muriy huquq fani bo‘limlari (guruhlar) — ma’muriy huquq fani tizimining yirik tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zida bir necha ma’muriy-huquqiy institutlarni birlashtiradi. Ma’muriy huquq fani tizimida o‘zaro yaqin (o‘xshash) ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi ma’muriy-huquqiy institutlar birlashib, ma’muriy huquq fanining bo‘limlari (guruhlari)ni tashkil etadi (masalan, davlat boshqaruvining o‘ziga xos xususiyatlari, davlat boshqaruvi prinsiðlari, davlat boshqaruvi funksiyalari singari ma’muriyhuquqiy institutlar o‘zining yaqinligiga qarab yagona bo‘limga birlashgan. Har qanday huquq fani singari ma’muriy huquq fani tizimi ham ikki qismga bo‘lingan: Umumiy qism — bunda davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonining umumiy tomonlarini belgilab beruvchi ma’muriy-huquqiy normalar (ma’muriy-huquqiy institutlar, bo‘limlar) nazarda tutilgan. Ma’muriy huquq fani tizimining umumiy qismi quyidagi institutlardan iborat: — davlat boshqaruvi tushunchasi, o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy prinsiðlari — davlat boshqaruvi subyektlari va ularning huquqiy maqomi; — davlat boshqaruvi shakllari va uslublari; — davlat boshqaruvida ma’muriy-huquqiy majburlov choralari; — ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlik; — ma’muriy jarayon; — davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’minlash. Maxsus qism — bunda jamiyatning alohida sohalarida amalga oshiriladigan davlat boshqaruvining xususiyatlarini belgilab beruvchi ma’muriy-huquqiy normalar (ma’muriy-huquqiy institutlar, bo‘limlar) ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Huquq tizimining ilmiy asoslanganligi, uning obyektiv mavjud munosabatlar asosida tuzilishi ma’muriy-huquqiy normalarning eng to‘g‘ri qo‘llanishi uchun imkon beradi hamda qonunchilikni mustahkamlashga va ma’muriy huquq asosida vazifalarini bajarishga yordam beradi. Ma’muriy-huquqiy normalar ko‘p sonli huquqiy hujjatlarda (manbalarda) mustahkamlangan. Huquq manbalari — huquqiy normalar ifodasining tashqi shakllari, huquq mavjud bo‘lishining shakllari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriyhududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi
2.2. Normativ –huquqiy hujjat-huquqning manbasi

Yüklə 158,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə