Mundarija: kirish


I BOB. Huquq shakillari va turlari



Yüklə 158,5 Kb.
səhifə3/11
tarix11.12.2023
ölçüsü158,5 Kb.
#148229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Huquq shakillari (man’balari) tushunchasi va turlari

I BOB. Huquq shakillari va turlari


1.1.Huquqiy odat-huquqning qadimgi manbasi
Odat huquqi — jamiyatda uzoq vaqt amal qilinaverib, uning aʼzolari uchun oʻrganish boʻlib ketgan va davlat tomonidan ruxsat etilgan, lekin qonunlashtirilmagan tartib-qoidalar (odatlar) majmui. Odat huquqi normalari ijtimoiy normalardan biri boʻlib (ijtimoiy normalarga, shuningdek, huquqiy normalar, axloqiy, diniy normalar ham kiradi), kishilar hayotida yuzaga keladigan ijtimoiy munosa-batlarning aksar qismini tartibga soladi. Odat huquqi oʻzining 2 jihati bilan, yaʼni: xalqning huquqiy ongi, huquqiy mafkurasi bilan chambarchas bogʻlikligi; xalq orasida doimiy takrorlanib turuvchi, ammo yozilmagan, avloddan-avlodga meros boʻlib oʻtuvchi jamiyatning asl qonun-qoidalari ila hamohangligi bilan eʼtiborlidir. Odat huquqi normalari ish muomalasi odatlari, mahalliy odat va anʼanalar shaklida namoyon boʻladi.
Hozirga kelib, Odat huquqi normalari huquqning alohida bir manbai sifatida eʼtirof etilmoqda. Chunonchi, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Fuqarolik kodeksi boʻyicha, Odat huquqi normalari ilk bor huquqning manbai sifatida kiritildi. Unga koʻra, tadbirkorlik faoliyatining bironbir sohasida vujudga kelgan va keng qoʻllaniladigan, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan xulq-atvor qoidasi, bironbir hujjatda yozilganligi yoki yozilmaganligidan qatʼi nazar, ish muomalasi odati boʻlib hisoblanadi. Fuqarolik qonun hujjatlarida tegishli normalar boʻlmagan taqdirda, bu munosabatlarni tartibga solishda ma-halliy odat va anʼanalar qoʻllaniladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Oila kodeksiga koʻra, qonun hujjatlarida oilaviy munosabatlarni tartibga solishga oid tegishli normalar boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining qonun huj-jatlari tamoyillariga zid boʻlmagan mahalliy urfodat va anʼanalar qoʻllaniladi.

Huquqiy odat tushunchasi.


  • Huquqiy odat-uzoq davr mobaynida amalda bo’lish natijasida shakllangan va davlat tomonidan umumajburiy qoida sifatida tan olingan yurish –turish qoidasidir.

  • Odat huquqi –jamiyatda uzoq vaqt amal qilinaverib,uning a’zolari uchun o’rganish bo’lib ketgan va davlat tomonidan ruxsat etilgan lekin qonunlashtirilmagan tartib qoidalar majmui.Odat huquq normalari ijtimoiy normalardan biri bo’lib,(ijtimoiy normalarga shuningdek,huquqiy normalar,axloqiy,diniy normalar ham kiradi),kishilar hayotida yuzga kelgadigan ijtimoiy munosabatlarning aksar qismini tartibga soladi.

Yüklə 158,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə