Mundarija


Jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanganda energiya almashinuvi



Yüklə 272,77 Kb.
səhifə3/3
tarix27.10.2017
ölçüsü272,77 Kb.
#6991
1   2   3

3.2. Jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanganda energiya almashinuvi
Jismoniy menhnat va jismoniy mashqlar vaqtida energiya sarfi bir muncha oshadi. Shu sababli kecha kunduzning bir qismini jismoniy mashqlar, jismoniy mehnat va umuman harakatda o’tkazadigan sog’lom odamning bir kecha-kunduzdagi energiya sarfi asosiy almashinuvdan ancha ortiq bo’ladi. Bu energiya sarfining ortishi ish qo’shimchasini tashkil etadi, mushaklar qancha zo’r berib ishlasa, ish qo’shimchalari shuncha katta bo’ladi.

Organizm mushaklari ishlaganda issiqlik energiyasi va mexanik energiya hosil bo’ladi. Mexanik energiyasining ish bajarish uchun ketgan barcha energiyaga nisbatan foydali ish koefisiyenti 16% dan 22 % gacha bo’lib, o’rta hisobda 20% ga teng, biroq ayrim hollarda esa bundan ham ortiq bo’lishi mumkin. Foydali ish koefisiyenti bir qancha sharoitlarga qarab o’zgaradi. Masalan, mashq qarab odamlarda yuyubu koeffisiyent mashq qiluvchilardagiga nisbatan ancha kam bo’lib, mashq qilgan sayin ortib boradi.

Mushaklar qancha zo’r berib ishlasa energiya sarfi shunchalik ortiq bo’ladi. Masalan, jismoniy mashqlar vaqtida, energiya sarfi tananing 1 kg vazniga 1 soatda 1 kkal bo’lsa, odam tinch o’tirganda energiya sarfi tananing 1 kg vazniga o’rta hisob bilan 1,4 kkal bo’ladi, ish bajarimay tik turganda 1,5 kkal yengil ish bajarilayotganda (idora xizmatchilari, tikuvchilar, nozik ish bajaruvchi mexaniklar, o’qituvchilar) – 1,8-2,5 kkal yurish bilan bog’langan ozgina mushak ishida (shifokorlar, laborantlar, xat tashuvchilar, muqovachilar) – 2,8-3,2 kkal; o’rtacha og’irlikdagi mushak ishi bilan bog’liq bo’lgan mehnatga (metalchilar, buyoqchilar, duradgorlar) – 3,2-4 kkal og’ir jismoniy mehnatda (binokor ishchilar, o’tni o’chiruvchilar, yer haydovchilar, temirchilar va boshqalar) 5-7,5 kkal energiya sarflanadi.


Turli jismoniy mehnat bilan shug’ullanadigan odamlarning bir kecha-kunduz davomida sarf qilinadigan energiya miqdori (kDj hisobida)
Energiya sarfiga qarab turli kasb egalarini bir necha guruhga bo’lish mumkin. Bu guruhlarning kecha-kunduzdagi energiya sarfi quyidagicha.

Birinchi guruh – aqliy mehnat kishilari (olimlar, shifokorlar, muxandislar, idora xizmatchilari va boshqalar) 3000-3200 kkal.

Ikkinchi guruh – mexanizasiyalashgan korxona ishchilari (tokorlar, frezeychilar, to’qimachilar, shahar transport haydovchilari) – 3500 kkal.

Uchinchi guruh – qisman mexanizasiyalashgan korxonalarda jismoniy mehnat bilan shug’ullanadigan ishchilar (slesarlar, o’t yoquvchilar, qishloq xo’jalik ishchilari) – 4000 kkal.

To’rtinchi guruh – og’ir jismoniy mehnat qiluvchilar – 4300-5000 kkal vaqtida energiya almashinuvi.

Odatda energiya sarfi uning fiziologik xolati va mushaklarning faoliyatiga bog’liq. Yuqorida aytib o’tilganidek, mushak faoliyati vaqtida energiya ko’p sarflanadi. Energiya sarfining bunday o’zgarishi ish qo’shimchasining tashkil etadi va mushakning zo’r berib ishlashi bilan bog’liq .



Tinch va jismoniy mashqlar vaqtida energiyaning sarfi



Organizmning holati, ishning xususiyati

Organizmning 1 kg massasi 1 daqiqa davomida sarf bo’ladigan energiya Dj(kkal)

1

Uyqu

65 (15,5)

2

Yotib dam olish (uyqusiz)

77 (18,3)

3

Aqliy mehnat (o’tirib)

102 (24,3)

4

Qattiq o’qish

105 (25)

5

50 m daqiada yurish

214 (51)

6

16 km 1 soat yurish

299 (71,4)

7

100 m daqiqa uyquda

457 (109)

8

Changida yurish

499 (119)

9

Suzish

499 (199)

10

8 km soat yurish

649 (154)

11

140 m daqiqa yurish va yugurish

756 (180,3)

12

60 m ga yugurish

2715 (647,9)

Uyquga nisbatan sekin-asta yugurgan vaqtda energiya 3 karra ko’proq yaqin masofaga chopishda esa 40 karra ko’proq sarflanadi. Qisqa muddatli nagruzkada energiya karbonsuvlarning oksidlanishi evaziga sarflanadi.

Uzoq muddatli mushaklar faoliyati oqibatida organizmda yog’lar parchalanib uning natijasida zaruriy energiyaning 80% sarf bo’ladi. Jismoniy tarbiya bilan shug’ullanadigan kishilarda mushaklar qisqarishi uchun zarur bo’lgan energiya yog’lar oksidlanishi oqibatida hosil bo’ladi.

Ovqat rasionini tuzganda, unda yetarli miqdorda oqsil, karbonsuv va yog’lar bo’lishini nazarda tutish lozim. Bu bilan birga bu moddalarning bir qismi hayvon mahsulotlaridan bo’lishi kerak.

Ovqat moddalari oksidlanganda ajralib chiqadigan kaloriyalar miqdori organizmning sarf qilgan issiqligini qoplash lozim. Ovqatda yangi sabzavot yoki mevalar bo’lishi shart. Bular asosiy vitamin manbalaridir. Ovqatning o’zlashtirilishi va shu kabilar hisobiga olinishi lozim. Ovqat mazali qilib tayyorlanishi kerak. Ozoda qilib, chiroyli dasturxon yasash, ovqatni o’xshatib tayyorlash ishtahani ochadi, hazm a’zolarining ishini kuchaytiradi va ovqatning yaxshiroq hazm bo’lishiga, binobarin, yaxshiroq o’zlashtirilishiga yordam beradi.

Odatda aralash ovqatlarni iste’mol qiladi. Bunday ovqatlarda oziq moddalar va ovqatga maza kiritadigan ekstraktiv moddalar bo’ladi.

Ovqatda bunday maza kirituvchi moddalar go’shtda va boshqa ba’zi bir mahsulotlarda ko’p bo’ladi, shuning uchun ham go’sht sho’rvasi va suyuq osh hazm bezlarida ta’sir etib, ularning zo’r berib ishlashiga sabab bo’ladi.

Ovqat rasionini to’g’ri tuzish uchun muayyan mahsulotlardagi oqsillar va karbonsuvlarning miqdorini va kaloriya qimmatini bilishi kerak.

.

Ko’pchilik kishilar me’daga ovqat kirganda kelib chiqadigan to’yish sezgisiga ahamiyat beradilar. Mehda oziq moddalari kam, lekin katta hajmli ovqat bilan to’lsa, odam o’zini to’ydim deb his qilishi mumkin.



.

Oziq – ovqatning tarkibi va kalorik ahamiyati


Oziq-ovqatning nomi

Ximiyaviy tarkibi prosent hisobida

Bozorda tortilgan 100 gramm netto og’irligi kalorik qimmati

Azotli moddalar (oqsil va hokazo)

Yog’lar

Uglevodlar

Kul mineral tuzlar

Oriq mol go’shti

20,57

2,01

-

1,21

80

Semiz mol go’shti

18,38

21,40

-

0,99

214,0

Oriq chuchqa go’shti

20,08

6,63

-

1,10

116,5

Semiz cho’chqa go’shti

14,54

37,34

-

0,72

328,5

Yog’lik qo’y go’shti

16,38

31,07

-

0,93

277,5

Tovuq go’shti

19,84

5,10

1,07

1,14

107,5

Tovuq tuxumi

12,55

12,11

0,67

1,12

140,0

Jigar

19,38

4,65

2,08

1,56

109,0

Miya

9,00

9,30

-

1,10

117,0

Qizitilmagan cho’chqa yog’i

11,04

68,35

-

4,81

647,0

Qaynatilgan kolbasa

14,15

14,96

4,01

2,83

208,5

Sosiska

12,81

13,67

-

3,28

170,5

O’uritilgan vobla

41,30

14,20

-

14,20

196,5

Qora donador ikra

25,99

16,31

-

4,34

250,5

Yangi karas

17,63

0,48

-

1,07

41,0

Karp

20,41

1,47

-

1,30

52,0

Tuzlangan seld

18,43

14,48

-

13,88

129,0

Yangi sudak

19,46

0,28

-

1,04

44,0

Yog’li sigir suti

3,39

3,68

4,94

0,72

65,5

Echki suti

3,81

4,19

4,14

0,79

68,5

Quyyuq sigir suti

10,47

10,07

61,02

2,0

337,5

Qaymoq

3,01

22,62

4,30

0,64

24,05

Smetana

4,34

26,23

1,72

0,56

256,0

Golland siri (pishlog’i)

25,77

31,53

2,7

6,05

360,5

Yog’siz tvorog

14,58

0,59

1,16

1,16

68,0

Saryog’

1,07

86,57

0,60

1,16

787,5

Eritilgan saryog’

-

98,12

-

0,22

885,0

Mannaya krupa

9,43

0,94

75,92

0,40

342,2

So’k

12,29

2,19

65,65

2,13

273,0

Grechka uni (krupa)

12,86

2,83

64,71

2,13

314,0

Oq guruch

8,13

1,29

75,50

1,03

331,5

Javdar noni

7,84

0,73

43,70

1,55

187,6

Eng yaxshibug’doy noni

6,81

0,54

57,80

0,88

258,0

O’gra va makaron

10,88

0,62

75,55

0,64

384,5

Ko’k no’xat

25,78

3,74

52,99

2,89

284,0

Yangi kartoshka

2,14

0,22

19,56

0,98

62,5

Sabzi

1,18

0,29

9,06

1,03

30,02

Yangi karam

1,83

0,18

5,05

1,18

19,5

Yangi bodring

1,09

0,11

2,21

0,46

9,5

Salat

1,58

0,22

2,38

0,90

12,0

Ismaloq

3,71

0,50

3,61

2,00

22,0

Pomidor

0,95

0,19

3,99

0,61

15,0

Yangi qo’ziqorin

5,39

0,40

5,12

0,95

28,0

Yangi olma

0,40

-

12,13

0,42

41,5

Yangi uzum

1,01

-

15,21

0,48

53,0

Mayiz

2,52

0,59

69,66

1,66

242,0

Yangi o’rik

1,16

-

11,01

0,56

37,5

Limon

0,74

-

10,93

-

-

Qovun

0,84

0,13

6,35

0,52

24,0

Tarvuz

0,72

0,06

4,13

0,28

16,0

Yangi qulupnay

0,59

0,45

6,24

1,82

23,6

O’simlik moylari kungaboqar sigir, paxta moyi

-

99,50

-

-

879,0

Yongg’oq mag’izi

13,80

48,17

10,69

1,36

460,0

Tabiiy asal

1,42

-

79,89

0,24

315,0

Lavlagi qandi (shakar)

-

-

99,48

0,40

387,5

Shokolad

6,27

22,20

63,39

2,26

427,5

Karam sho’rva

15,9

5,26

13,73

-

196,0

Go’shtsiz karam sho’rva

4,0

0,3

9,0

-

56,0

Bulon

0,3

0,3

-

-

4,0

Shavla

4,7

3,4

14,3

-

109,0

Kartoshka pyuresi

2,8

3,2

18,8

-

118,0

XULOSALAR
Jismoniy ish va jismoniy mashqlar natijasida modda va energiya almashinuvi oshadi. Organimzning ovqatga bo’lgan ehtiyoji ortib hazm tizimi faoliyati kuchayadi. Ishtahaning ortishi me’da-ichak yo’llarida shira ajralib chiqish jarayonini faollashtirib, organizmda o’tayotgan butun hazm jarayonlariga ijobiy ta’sir yetkazadi. Biroq mushak faoliyatining hazm bezlariga ko’rsatadigan ta’siri hamma vaqtda ham ijobiy bo’la olmaydi. Ovqat iste’mol qilingandan keyin jismoniy ish bajarish, aksincha hazm a’zolari faoliyatiga salbiy ta’sir yetkazishi ham mumkin, me’da-ichakda shira pasayib ketadi va hatto tormozlanadi.

Hayvonlar ustida o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, mushak faoliyati jarayonida hazm bezlarining sekresiyasi susayadi, reflektor yo’l bilan sekresiya bo’ladigan hazm shiralarining ajralish jarayoni buziladi.

Jismoniy i shva jismoniy mashqlar paytida ovqat hazm qilish jarayonlarining tormzlanishi markaziy asab tizimida hazm markazlarining tormozlanishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bu funksional o’zgarishlar markaziy asab tizimida qo’zg’algan harakat markazlarida manfiy induksiyaning paydo bo’lishi bilan asoslanadi.

Jismoniy mehnat paytida hazm jarayoniga tormozlovchi ta’sirot yetkazadigan yana bir omid, bu qonni qayta taqsimlanishidir, buning natijasida hazm bezlarining qonga ehtiyoji pasayadi va ularning sekresiyasi susayadi. Shuning uchun ovqat iste’mol qilingandan keyin darrov jismoniy mehnat bilan shug’ullanish man etiladi.

Sportchilar bilib olishlari karakki, jismoniy mashqlar va mushak faoliyati nafaqat hazm jarayonlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi, balki ovqatning qayta hazm qilish faolligiga hamda mushaklarning harakat faoliyatiga halaqit beradi. Hazm, qonning mushaklardan qorin bo’shlig’iga oqib borishi jismoniy mehnatga salbiy ta’sir yetkazadi.

Bundan tashqari, me’dada ovqatning ko’p yig’ilishi diafragmani ko’tarib turadi, bu holatda nafas va qon aylanish tizimlariga salbiy ta’sir yetkazadi. Shuning uchun ovqat iste’mol qilish va jismoniy mashqlar o’rtasidagi muddat 2-2,5 soatni tashkil etishi kerak. Biroq odam ko’p vaqt bu qoidaga rioya qilmaydi. Buning uchun kishi aniq bilishi kerakki, ovqatni iste’mol qilish va jismoniy mashqlarning bajarishi o’rtasidagi vaqt bir soatdan kam bo’lmasligi kerak.

Misol uchun pirouzum kislotasini olishimiz mumkin. Bu oqsil, yog’ va karbonsuvlarning oxirgi umumiy mahsuloti hisoblanadi.

Yog’lar

Yog’ kislotalar


2 N


2 N

2N

CO2


Oqsil, yog’ va karbosuvlar almashinuvining o’zaro bog’liq ekanligi
Oraliq almashinuv jarayonlarida tananing asosiy qismini tashkil etadigan va muayyan turga xos oqsil, yog’lar, karbosuvlar va ularning komplekslari – nukleoproteidlar, fosforlipidlar va boshqalar sintez bo’ladi. Bundan tashqari, bu moddalar tananing asosiy eneregtik manbai ham hisoblanadi.

Oqsil, yog’ va karbonsuvlar almashinuv jarayonlari oziga xos xususiyatlariga ega. Lekin shu bilan bir qatorda ozining umumiy qonuniyatlariga ham egadir. Moddalar almashinuvini 3-bosqichga bo’lish maqsadga muvofiqdir.

1. Tananing hazm yo’llarida oziq moddalarning o’zlashtirilishi.

2. Oraliq almashinuv

3. Oxirgi mahsulotlar metabolizmi.

Birinchi bosqich me’da-ichak yo’lida oziq moddalarning tartibu bilan kichik molekulyar moddalarga kimyoviy yo’l bilan parchalanishi va hosil bo’lgan oddiy kimyoviy moddalarning qon va limfaga so’rilishi.

Oqsil, yog’ va karbonsuvlarning parchalanishi o’ziga xos fermentlar ta’sirida boradi. Oqsillar peptidaza fermenti yordamida aminokislotalargacha, yog’lar lipaza yordamida gliserin va yog’ kislotalargacha, murakkab karbonsuvlar amilaza yordamida monosaxaridlargacha parchalanadi.

Birinchi bosqichning ahamiyati shundan iboratki, oziq moddalarning oddiy moddalargacha aylanib, keyinchalik bu organizmning energiya manbai bo’lib xizmat qiladi. Bunday moddalarga aminokislotalar (20 turi), geksozalardan – glyukoza, fruktoza, golaktoza, pentozalar, gliserin va yog’ kislotalari kiradi.

Ular qon va limfa suyuqligigacha oson so’rilib qon bilan jigar to’qimalariga va tananing periferiyadagi to’qimalarga tashiladi va u yerda navbatdagi o’zgarishlarga uchraydi.

Moddalar almashinuvining ikkinchi bosqichi aminokislotalar monosaxaridlar, gliserin va yog’ kislotalarini hosil bo’lishini birlashtiradi. Oraliq almashinuvi jarayonida oqsillar, karbonsuvlar yog’lar va ularning kompleks birikmalari sintezlanadi, shuningdek gliserin va yog’ kislotalarining parchalanishi yuz beradi.

Hamma hujayralarda doimo modda almashinuvi tufali hujayra tizilmalari va hujayraaro modda uzluksiz hosil bo’lib yemirilib va yangilanib turadi.

Buning sababi shuki, organizmda doimo har xil kimyoviy biri kmalar, parchalanib va sintezlanib turadi bir xil moddlalar ikkinchi xil moddalarga aylanadi. Moddalar parchalanganda asosan issiqlik, mexanik va qisman elektr energiyasi kabi kinetik energiya turlariga aylanadi.



Adabiyotlar ro’yxati


  1. Nuritdinov E.N. Odam fiziologiyasi. Toshkent, «Aloqachi», 2005.

  2. Azimov I. Sobitov Sh. Sport fiziologiyasi. – Toshkent, 1993. 250 b.

  3. Mednik V.L., Yuryev V.K. Sostoyaniye zdorovye usloviya i obraz jizni sovremennыx sportsmenov. – M.: «Medisina», - 2006, 142 s.

  4. Nuritdinov E.N., Nurmetov G.I. Odam fiziologiyasi (muammoviy leksiyalar kursi) – Samarqand, 2003, 2 – qism. 195-260 b.

  5. Nuritdinov E.N. Odam fiziologiyasi. Toshkent. «Aloqachi», 2005, 495 b.

  6. Solodkov A.S. Salogub Ye.B. Fiziologiya sporta. – Sankt-Peterburg, 1999. – 231 s.

  7. Smirnov V.M. Dubrovskiy V.I. Fiziologiya fizicheskogo vospitaniya i sporta. – M., «Vlados press» 2002, s. 371-584.

  8. Txorevskiy V.I. Fiziologiya cheloveka. – M., «Fizkultura, obrazovaniye i nauka» - 2001, s. 405-416.

  9. Ugalev A.M. Teoriya adekvatnogo pitaniya i trofologii. Spb. 1991. 246s.

  10. Sh.Qurbonov, A.Qurbonov. Jismoniy mashqlarning fiziologik asoslari. Toshkent, 2003.

11. www.Ziyonet.uz.

12. www.bestreferat.ru




Yüklə 272,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə