Mundarija



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/60
tarix13.05.2022
ölçüsü2,86 Mb.
#86942
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60
active titor dasturi yordamida c da dasturlash fanidan multimediali dars yaratish

 

19 

shakllantirish  imkoniyati  kuchayadi.  Innovatsiya  tеxnologiyalari  o’qitish  jarayonida 

yuqori  malakali,  raqobatbardosh  o’qituvchi  kadrlar  tayyorlash,  ularning  kasbiy 

omilkorliklarini  shakllantirish,  mеtodik  mahoratini  ko’tarish,  o’qituvchi-

pеdagoglarni  zamonaviy  pеdagogik  tеxnologiyalar  bilan  qurollantirish  omili  bo’lib 

qolmoqda.  Hozirgi  kunda  pedagogik  adabiyotlar,  ta'lim  muammolariga  oid 

ma'ruzalar,  rasmiy  hujjatlarda  «Yangi  pedagogik  texnologiya»,  «Ilg’or  pedagogik 

texnologiya», 

«Progressiv 

pedagogik 

texnologiya», 

«Zamonaviy 

ta'lim 

texnologiyasi» iboralari keng qo’llanilmoqda.  

          Respublikamizning  pedagogik  olim  va  amaliyotchilari  ilmiy  asoslangan, 

hamda  O’zbekistonning  ijtimoiy—pedagogik  sharoitiga  moslashgan  ta'lim 

texnologiyalarini  yaratish  va  ularni  ta'lim—tarbiya  amaliyotida  qo’llashga 

intilmoqdalar.  

        Chunki: birinchidan, ma'lum sabablarga ko’ra inson hamjamiyati taraqqiyotidan 

ortda qolib ketmasligi jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin olishi 

uchun, aholi ta'limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg’or 

pedagogik tadbirlardan foydalanishining zarurligi; 

         ikkinchidan, an'anaviy o’qitish tizimi, yozma va og’zaki so’zlarga   tayanib ish 

ko’rishi tufayli   «axborotli o’qitish» sifatida tavsiflanib, o’qituvchi faoliyati birgina 

o’quv  jarayonining  tashkilotchisi  safatida  emas,  balki  nufuzli  bilimlar  manbaiga 

aylanib qolganligi; 

         uchinchidan,  fan—texnika  taraqqiyotiing  o'ta  rivojlanganligi  natijasida 

axborotlarning  keskin  ko'payib  borayotganligi  va  ularni  yoshlarga  bildirish  uchun 

vaqtning chegaralanganligi 

         to’rtinchidan,  kishilik  jamiyati  o'z  taraqqiyotining  shu  kundagi  bosqichida 

nazariy  va  empirik  bilimlarga  asoslangan  tafakkurdan  tobora  foydali  natijaga  ega 

bo'lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o'tib borayotganligi;   

        beshinchidan, yoshlarni hayotga  mukammal tayyorlash talabi ularga eng  ilg’or 

bilim  berish  usuli  hisoblangan  ob'ektiv  borliqqa  tizimli  yondoshuv  tamoyilidan 

foydalanishni talab qilishidadir.  




Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə