Muqimova yulduz bolalar o'yinlarini tashkil etishda ota onaning o'rni


‘yin orqali ta’lim olish bolalarni ta’lim olishi va rivojlanishining yondashuvlaridan biridir. Bolalar o‘yinini tashkil etishda pedagogning o`rni quyidagilar



Yüklə 12,89 Kb.
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü12,89 Kb.
#161819
1   2   3   4   5
BOLALAR O\'YINLARINI TASHKIL ETISHDA OTA ONANING O\'RNI

‘yin orqali ta’lim olish bolalarni ta’lim olishi va rivojlanishining yondashuvlaridan biridir. Bolalar o‘yinini tashkil etishda pedagogning o`rni quyidagilar:

-bolalar o‘yinlari uchun sharoit yaratish (vaqt, joy, resurslar).

-bolalar o‘yinini rivojlantirish.

-bolalarning o‘yinda o‘zaro munosabatda bo‘lishiga yordam berish

-bolalarga o‘zlarini va qobiliyatlarini namoyish qilish imkoniyatini berish.

Milliy didaktik o‘yin bu xususiyatiga ko‘ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak atrofdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o‘yin mazmuniga asos bo‘lib xizmat qiladi.Bolalarning tevarak–atrofdan olgan taassurotlari, tengdoshlari, kattalar faoliyatidan olgan bilimlari bu o‘yin orqali qayta ishlanadi, to‘ldiriladi. Bolalarning bunday o‘yinlari tevarak–atrofdagi borliqni bilishning amaliy shaklidir. O‘yinning syujeti o‘z harakati, munosabatlari bilan bog‘langan voqyea, hodisalar va ularning qatnashuvchilaridir.Rol–milliy o‘yinning asosiy negizi hisoblanadi.


O‘yin jarayonida juda ko‘p gaplashishga, tortishishga, bahslashishga, aytib berishga to‘g‘ri keladi. Bular hammasi bola tafakkuri va hayolining rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Milliy o‘yinlarni mazmunini rang barangligi ularni tasvirlash va tavsiflash zaruratini keltirib chiqaradi. Hozirgi paytda ko‘pchilik pedagog va psixologlar o‘yinlarning syujetiga ko‘ra uch guruhga bo‘ladilar:
  • Maishiy o‘yinlar
  • Mehnat mavzusidagi o‘yinlar
  • Ijtimoiy mavzusidagi o‘yinlar

O‘yin bolada qanoatlanish, xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning uchun bolani qiziqtirib, unda yaxshi kayfiyat uyg‘otadi, bola organizmidagi hayotiy faoliyatni yaxshilaydi. Bola o‘ynayotganda har- xil harakatlar qiladi: yuguradi, sakraydi, tor joydan, ingichka taxtacha ustidan o‘tadi, engashadi, yuqoriga tirlashib chiqadi. Bu harakatlarning hammasini bola be’malol, o‘z hohishi bilan bajaradi, natijada bolaning muskullari pishiydi, u harakatni yengilroq, chaqqonroq bajaradigan bo‘lib qoladi, jismoniy jihatdan chiniqib boradi.Milliy didaktik o‘yinlar bolaning kuzatuvchanligini, qiziquvchanligini, bilishga qiziqishini oshirib, bilish doirasini rivojlantiradi, boyitadi. O‘yinda bola o‘z oldiga maqsad qo‘yadi, bu boladan aql, idrok ishlatishni talab qiladi, hamda topaganlikka o‘rgatadi.


Yüklə 12,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə