Musiqa san’atining fan sifatida vujudga kelishi…


XVIII asrning birinchi yarmi



Yüklə 52,63 Kb.
səhifə4/6
tarix31.05.2023
ölçüsü52,63 Kb.
#114459
1   2   3   4   5   6
BMI

5. XVIII asrning birinchi yarmi. Polifoniyaning yangicha yuksalishi. Janrlar: motet, oratoriya, messa, kantata, prelyudiya va fuga, passakalya, sonata, variatsiyalar. Kompozitorlar: I.S.Bax, G.F.Gendel, G.Teleman, I.Mattezon, R.Kayzer, A.Lotti, I.Fuks, A.Kaldara, J.F.Ramo.
6. XVIII asrning ikkinchi yarmi - XX asrning boshi. Polifonik shakl gomofoniya va ko‘povozlikning gomofonik shakllari bilan bir qatorda mavjuddir. Polifonik va gomofonik shakl va tamoyillaming o‘zaro shiddatli ta’siri va bir-biriga singdirilishi.
7. XX asr. Musiqiy tafakkur va shakllantiruvchi tamoyillaming mavjud an’analarga tayangan holda shiddat bilan rivojlanish jarayonlari. Fuga, passakalya, polifonik turkumlar kabi polifonik shakllarning qayta tiklanishi. Polifoniya XX asr musiqa san’atini o‘tmish merosi bilan bog‘lovchi muhim halqasidir.7
O’rta asr musiqasi. O‘n ikki yuz yillik mobaynida davom etgan bu katta asr ijtimoiy jarayon-hodisalarning keskinligi va murakkabligi bilan tavsiflanadi.
Xonavayron bo‘lgan Rim imperiyasi hududlarida tez orada ro‘y bergan qonli urushlar, dehqonlarning hokimiyatga qarshi norozilik chiqishlari, diniy va dunyoviy hokimiyat o'rtasidagi ziddiyatlarning tobora kuchayib avj olishi, olim va yozuvchilar tomonidan bu davrni “zulmat va qorongiu”, ranglarda aks etilishiga sabab bo'lgani bejiz emas. 8
Jangovor xalqlar butun Rim imperiyasida hukmronlik qilib kelgan qulchilikka chek qo‘yishdi va erkin, ozod ijtimoiy jamiyat tuzishga muvaffaq bo’lindi. Oddiy askar va dehqonlar o‘zlarining yangi Yevropa san’atiga asos solishdi. Ularning yangiliklari qadimgi san’at yo’larini o‘zida aks ettirdi. Qadimgi va O‘rta asr davrlarini bog’lab turuvchi zanjirning yana biri - xristianlik dinidir.9
G‘arbiy Yevropa musiqa madaniyatining mazkur davri keng
qamrovli va davomiyligi, o‘rta asr davrini yaxlit ko‘rinish bilan anglab izohlashga birmuncha mushkullik tug‘diradi. Qolaversa, XII asrlarga qadar musiqa san’atining faqatgin bir sohasi, ya’ni xristian cherkovlari musiqasi bizgacha yozma yodgorliklarini qoldirdi.
Yarim ming yillik davomida G‘arbiyYevropa musiqa madaniyati cherkov va xalq
musiqa sohalari doiralari bilan chegaralanib kelindi, ammo XII-XIII asrlarda saroy
musiqiy-shoirona ijodiyoti yangi shakllari va cherkov musiqasining yangicha ko‘rinishi bilan boyitildi. Yangilanish jarayoni rivojlangan feodalizm shart-sharoitida amalga oshirildi.
XVII asrga qadar diniy cherkov maskanlari - musiqa san'atini professional markazi bo'lib kelgan. Cherkov madaniyati doirasida yuksak badiiy qadriyatlar, turli xil musiqiy janrlar, musiqa nazariyasi, notalashtirish va pedagogika ilmi rivoj topdi. Yevropa madaniyati uchun cherkov va saroy san’atlarining o'zaro bog’lanish jarayoni juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Ilk xristian cherkov musiqasi 0 ‘rta yer dengizining bir qator niadaniyatlari (xususan, Iudey, Misr-Suriya-Falastin, kechki antik) an'analari bilan bevosita bog'liq edi. Sinagog va xram ibodatlariga antifon va responsorial psalmodiya ildizlari tortiladi. Madhiyalarda antik
madhiyachilikning ta’siri ham seziladi.
Bibliyadan olingan parchalarni xirgoyi qilish an'anasi (liturgic rechitativ) ham shakllana boshladi, “agapa” yoki “muhabbat kechalari” xristian ibodat marosimining asosiy shakllari paydo bo’lishida muhim ahamiyat kasb etdi. Ulardan esa liturgiyaning kechki shakliari asta-sekin rivoj topdi. Tobora cherkov ibodatining yaxlit, turkumli tizimi shakllandi: kunlik ibodat (asosiy marosim - tushlik vaqti),
hafta ibodati (markazida yakshanba kunidagi marosim), yillik ibodati
(ko‘chiriladigan va ko‘chirilmaydigan bayram marosimlari).
Ilk xristian qo’shiqchiligi bir ovozli an’anada rivojlangan edi. Uzoq asrlar mobaynida (1 ming yillikning oxirigacha) cherkov qo’shiqchiligida ayollarning ishtirok etishi va musiqiy cholg’ularning qo’llanilishi man etilgan. Cherkovni G’arbiy katolik va Sharq pravoslav turlariga bo’linishi 1054-yili “sxizma” bilan rasmiy tasdiqlangan.
G’arbiy Yevropada bir qator katolik mahalliy markazlari, o’zlarini liturgiyalari bilan namoyon bo’ladi: Rim, Milan, Qadimgi Ispan, Qadimgi Fransuz, Kelt liturgiyalari nihoyatda mashhur bo’ldi. Asta-sekin rasmiy Rim xorali (Grigoryan xorali) barcha mintaqaviy an’analarni chetga surib, markaziy maydonni egalladi.
Katolik qo’shiqchiligidagi amalga oshirilgan islohot Rim Papasi
Grigoriy I nomi bilan bogMiqdir. Ma’lumki, Grigoriy I hokimiyatga Vl-Vll asr o’rtalarida kelcli. Grigoryan xoral kuylash san’ati bilan qiyoslanadi.
Melodik va ritmik sur’atlari birmuncha tekis va aniqlik bilan ajralib turuvchi qat’iy aytimlar, unison tarzida xor va yakkaxorlar bilan ijro etilib, dunyoviy hayotdan voz kechish va yiroqlashish,ilohiy hayajonni tinglovchilarga baxsh etishga chorlagan.
Rim Papasi qaramog’ida bo’lgan barcha davlat va mamlakatlarning katolik cherkovlari uchun diniy marosimlarni o’tkazishning bir xil airanalari urf bo’ldi.
Barcha xorallar cherkovda nishonlangan kalendar bayramlari va
maxsus mavsumiy oy va kun, ma’lum vaqtda aniq belgilangan tartibda ijro etilishi kiritilgan. Til (lotin) va kuylash uslubi (grigoryan) diniy marosimlarning yaxlitligini va diniy ta’limot birligidan barchani voqif qilmog’i zarur edi. Bu borada cherkov hech qanday o’zgarishlarga yo"l qo’vmagan. Biroq ular paydo boMgan, chunki
uzoq vaqt davomida nota yozuvi bo’lmagani va diniy aytim va qo’shiqlar maxsus ta’lim olgan xonandalar xotirasida saqlanib. Faqat og’zaki tarzda o’rgatilganligini bu borada qayd etish lozim.
Kanonlashgan qo’shiqchilik ikkita katta guruhga bo’lingan bo’lib, messa va offitsiyaga taalluqli edi. Yangi kuylarni bastalash Trident katta cherkovi (1545-1563) davrigacha davom etdi. so’ngra bir qator diniy qo’shiqchilik namunalarini, masalan, tropa va sekvensiyalarni ijro etish man qilindi. Tropalar liturgik dramaning
tayanchiga aylandi. Cherkov ibodatining marosim matnlari va qo’shiq namunalari maxsus kitoblarni tashkil qildi (Antifonariy, Gradual, L.iber usualis).
IX asdan boshlab musiqani pergament qog’ozida maxsus nota yozuvlari vazifasini bajargan belgilar - nevmalar yordamida yozib olina boshlandi.
Davrlar o’tib. XI asrda italyan musiqachisi Gvido de Aretsso tomonidan amaliyotga kiritilgan nota chiziqlari takomiilashtirildi. Bu qadam zamonaviy nota yozuvi borasida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Gvido de Aretsso Benedikt ibodatxonasi ruhoniysi edi. U nota yozuvining islohotchisi bo’lib, to’rt yo’lakli nota yozuvini amaliyotga kiritdi (zamonaviy nota yozuviga asos solgan deb
hisoblash mumkin). Shu bilan birga. u geksaxord tizimini nazariy asoslab berdi.
IX asrlargacha katolik cherkovining qo’shiqlari bir ovozli edi.
IX-XIII asrlarda ko’p ovozli shakllar paydo bo’ldi. Bular - organum, diskant, gimel va boshqalar. Biroq XV-XV1 asrlar oxirigacha ko’p ovozli qo’shiqchilik bir ovozlikni qayta ishlangan namunasi sifatida qabul qilinar edi. Ars antiqua davrining Notr-Dam maktabi amaliyotida o’rta asr ko’p ovozligining asosiy shakl va janrlari rivoj topdi. Cherkovda organum, motet, rondel, kondukt, klauzula, goket kabi janrlar rivojlandi. Ars nova davri musiqasida ko’p ovozli messa va izoritmik motet paydo bo’ldi. Messa va motet XV asrdan – XVI asrga qadar Niderland maktabi kompozitorlari ijodida bosh janr vazifasini bajardi. Cherkov ladlari (musiqa pardalari) - cherkov tonlari, amaliyotda Grigoryan ladlari, o’rta asr ladlari deb ham nomlanadi. Cherkov ladining tarixiy ildizlari qadimgi yunon ladlariga borib taqaladi. Cherkov ladi bu o’rta asr cherkov musiqasining monodik (ya’ni bir ovozli) ladlar tizimidir:
I ton - doriy ladi;
II ton - gipodoriy ladi:
III ton - frigiy ladi;
IV ton - gipofrigiy ladi;
V ton - lidiy ladi;
VI ton - gipolidiy ladi;
VII ton - miksolidiy ladi;
VIII ton - gipomiksolidiy ladi.
Cherkov ladining asosiy kategoriyalari - finalis (yakuniy ton), ambitus (aytim hajmi), reperkussa (takror etiluvchi ton, psaimodiyalash). Cherkov ladining har biri o’ziga xos kuy shakliga ega bo’lib, psalmodiya uchun ham xarakterlidir: boshlang’ich (initsiy), o’rta kadans (mediatsiya yoki medianta), yakunlovchi (finalisi yoki terminatsiya). 0 ‘rta asr musiqasida cherkov ladlaridan tashqari, boshqa ladlar ham mavjud bo’lgan, ammo ular musiqa nazariyasida o’rganilmadi, faqatgina Glareanning “Dodekaxord” risolasida cherkov ladlari tizimi boshqa ladlar bilan to’ldirildi: IX ton - eoliy, X ton - gipoeoliy, XI ton - ioniy, XI1 ton - gipoioniy.
Katolik cherkov G’arbiy Yevropa davlatlari hududida jamiyatning barcha jabhalarini, jumladan, madaniyat va san’atni o’ziga taslim qilganligiga qaramay, musiqa san’atida tadrijiyot (evolyutsiya) jarayonlari davom etilaverishini
qayd qilishimiz mumkin. Dunyoviy musiqa Xudoga qarshi chiquvchi va shak keltiruvchi san’at sifatida keskin e ‘tirozlar mo’ljaliga aylandi.
O’rta asr musiqa san’ati yangi voqeliklar bilan yanada boyidi. O’rta asr shaharlari yillar o’ tib madaniyat markazlariga aylandi. Yevropa davlatlarida ilk
universitetlar ochildi, Bolonya va Parij universitetlari shular jumlasidandir. Sayohat qiluvchi sayyoh musiqachilar haqida asosiy ma’lumotlar IX-XIV asrlar manbalarida keltiriladi.
Sayohat qiluvchi san’atkorlar (jonglyorlar, menestrellar, shpilmanlar) turli xil davlatlarda har xil nomga ega boMib, saroy musiqa madaniyatining namoyandalari bo’lgan. Ko’p hollarda, saroy lirikasining ilk shakl ko’rinishlari aynan ularning musiqiy amaliyotida shakllanib boradi. Sayohat qiluvchilarning o’zi ham
aktyor, qo’shiqchi, jo ‘mavoz, raqqos va bastakor sifatida maydonga chiqadilar. Ular truba, rog, svirel, pan fleyta, volinka, arfa, krot, rebab, viyela, fidel kabi musiqiy cholg’ularda mohirona chalishni bilganlar. Jonglyor va shular kabi artist, akrobat, musiqachilar, raqqoslar o’zining ma’lum madaniy-tarixiy an’analariga ega bo’lish
ehtimoli bor edi (Qadimgi Rim sinkretik san’ati).
XII-XIII asrlarda G’arbiy Yevropaning bir necha davlatlarida trubadurlar musiqiy-poetik san’atining badiiy ta’siri alohida ahamiyat kasb etdi.
Sarkarda (ritsar)lar doirasida XI asrga kelib iste’dodli shoir va musiqachilar paydo bo’ldi. O‘zlarining samimiy musiqiy-shoirona asarlarida ular go’zailik timsoli bo’lgan ayol nafosatini va ularning qalbini zabt etishga harakat qilgan sarkarda (ritsar)lik musobaqalari haqida bayon etuvchi mavzularni ko’targanlar. Fransiyada ularni - trubadur va truverlar deb atashgan bo’lsa. Germaniyada - minizingerlar deb nomlashgan. Ular qoldirgan ijodning yozma namunalari bir ovozli asarlar ko’rinishida bizgacha saqlanib qolgan. Biroq o’sha davrda bir ovozli yozuv bilan bir qatorda ikki va uch ovozli yozuvlar mavjud bo’igani ham ma’lum. Yuqorida ta’riflangan barcha hodisalar XIV asrga kelib shakllangan “Yangi san’at” Ars nova nomi bilan tarixda qolgan hodisaga aylandi (unga qarama-qarshi Ars antique qadimgi san’at taqqoslanib turgan).
Shu davrga kelib, yetakchi san’atkor va san’at ustalarining nomi xalq orasida tilga olinib, mashhur bo’ladi. Masalan, Italiyada xalq orasida katta obro’-e’tibor qozongan ko’zi ojiz san’atkor - Franchesko Landino, Fransiyada esa - Gilyom de Masho san’ati yuksak baholangan.
Darhaqiqat, bu yangi davr san’ati usluban yorqin, jonli, harakatchan, rang-barang bo’yoqlar va ifoda vositalar bilan ajraluvchi san’atga aylandi. Ars nova G’arbiy Yevropa san’atining eng yuksak davrlaridan biri sanalmish - Uyg’onish yoki Renessans (XIV-XV1 asrlar) davrini ochilishiga olib keldi.10

Yüklə 52,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə