Ushbu qiyinchililak sababini tushuntira bera olasizmi?
TAQDIMOT (XABAR BERISh)
Taqdimot – o‘quv (ilmiy) ish haqida og‘zagi ravishda habar berish.
Taqdimot o‘tkazish shakllari:
Interfaol dialog (masalan, konsalting firmasi – kompaniya vakillari)
Barcha guruh ishtiroqchilari so‘zga chiqadi
Guruh boshlig‘i so‘zga chiqadi
Muvaffaqiyatli taqdimotning sirlari
gapirayotganingizda doimo ishonchli bo‘ling;
aniq, buro gapiring;
fikrning doimo tugallangan jumla bilan hamda muhim joylariga urg‘u berib ajratgan holda ifoda eting;
bir maromda va asta gapirmang, ammo nisbatan qattiq gapirmang ham;
hushmuomali va ziyran bo‘ling, jahldor bo‘lmang;
doimo kulib turgan holda boshlang va tugating, ammo bunga ortiqcha harakat qilmang;
quyidagi so‘z birikmalarini qo‘llamang: «Mumkin bo‘lsa», «Uni Kim biladi?», «Mumkin ... » va shu kabilar. Bu kabi jumlalar sizning chiqishingizda o‘ziga ishonchlilik bo‘lmaslikni keltirib chiqaradi va natijada siz o‘zingizga ishonchni yo‘qotasiz:
ko‘rish kontakti (bog‘lanishi) ni saqlashga harakat qiling – tinglovchilarga qarashga harakat qiling (har bir qatnashchiga 3 sekunddan);
oyoqni chalishtirmang, qo‘lni orqada ushlamang, stol, minbarga tayanmang, kuchli imo-ishora qilmang, ruchka, markerni o‘ynatmang, yelpig‘ich, qog‘oz bilan yelpimang va shu kabilar;
har bir javob va taklifni doimo rag‘batlantiring.
Taqdimot qoidasi
Chiqish reglamentiga rioya qilish
Chiqish navbatiga rioya qilish
guruh a’zolari o‘rtasida vazifalarni aniq taqsimlash va ular xatti-harakatida kelishuvga erishish
ma’lumotlar grafik ko‘rinishida (sxema, jadval, grafik) to‘qdim etilishi lozim bo‘ladi;
har qanday grafik ko‘rinishidagi ma’lumot sharhlanishi talab etiladi.
Taqdimotda nimaga yo‘l qo‘yilmaydi:
holatni tasvirlash va uni qayta so‘zlab berishga;
ishtirokchilarning so‘zga chiqishlaridagi qarama-qarshiliklarga;
tushunarsiz, noaniq, o‘rinsiz iboralarga.
O‘ylab ko‘ring va guruhda taqdimotni baholash ko‘rsatkichlari va mezonlarini muhokama qiling.
Taqdimotni muvaffaqiyatli o‘tkazish qoidalari va sirlariga asoslanib o‘z ish natijalaringiz taqdimotini o‘tkazing.
Qaydlar uchun
Dostları ilə paylaş: |