Мустақил ўҚув фаолиятини



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə11/27
tarix07.04.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#104489
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
МУСТАҚИЛ ЎҚУВ ФАОЛИЯТ etnopsixologiya

ESSE
Esse – taklif etilgan mavzuga 1000 dan 5000 gacha so‘z hajmidagi insho.


Esse – bu muallifning ta’kidlab o‘tadigan individual pozisiyasidagi erkin ifoda etish shakli; qandaydir predmet bo‘yicha umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni o‘z ichiga oladi.


Besh daqiqalik esse
Besh daqiqali esse – o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni umumlashtirish, mushohada qilish maqsadida o‘quv mashg‘ulotida oxirida 5 daqiqa oralig‘ida olib boriladi.

O‘qituvchi taklif etishi mumkin:


- «Men bu ... haqida nimani o‘ylayman» yoki «Nima uchun, mening fikrimga ko‘ra ...» savollariga javob bering;
- o‘quv mashg‘ulotida berilgan talabalar uchun yangi sanalgan g‘oyani tavsiflash va sharhlab berish;
- olingan bilim, ko‘nikmalar qaerda amaliyotda qo‘llanilishini tavsiflash.
Ushbu ko‘rinishdagi esse baholanmasligi ham mumkin. Ammo, o‘qituvchi juftliklarga ajralish, ishlar bilan o‘zaro almashish va yozilganlarni muhokama qilish taklifini berishi mumkin. Ushbu holda o‘qituvchi 2-3 ta esseni tanlab tekshirishi mumkin, ularni ovozini chiqargan holda sharhlashi, talabalar bilan muhokama qilishi va xulosa qilishi mumkin.


Asoslangan esse


Asoslangan esse - qo‘yilgan savolga asosli javob keltirilgan yozma ishdir. Muallif ma’lum bir pozisiyani egallaydi va uni himoya qiladi, bunda o‘zining pozisiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun bir qancha asoslangan isbotlarni keltiradi. Maqsad – muallif lozim topadigan qarashlarni boshqalarning ham qabul qilishiga ishontirish.

Asoslangan samarali esseni yozish yengil bo‘ladi, qachonki siz kitobxonlarga o‘zingizning esseingizni yozish jarayonida uni fikriy jihatdan taqdim etsangiz va ular bilan fikriy muloqotni o‘rnata olsangiz.




Asoslangan esse tarkibi

(1) Savol bo‘yicha nisbatan muallif nuqtai nazarining bayon etilishi (1 xat boshi)


(2) Bayon etilgan pozisiyani asoslash – ushbu pozisiyani qo‘llab-quvvatlashni muallifning ishonarli dalillari, ushbu pozisiyani qabul qilishga ishontirish.
(3) Xulosa- rezyume
Asoslangan esseni baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari

  • mavzu mazmuniga mos kelishi;

  • mazmuni, fikri;

  • unga taaluqli muammoni oldindan ko‘ra bilish, shaxsiy nuqtai nazari, ma’lumotlar yetarliligi;

  • uslub: ifoda aniqligi, muayyanligi;

  • orfografiya

 «Menimcha mamlakatimiz iqtisodi gullab yashnaydi, agarda ... » mavzusida asoslangan esse yozing.




ILMIY TARZDAGI MATNNI YoZISh QOIDALARI




1. Siz uchun
a) qiyin bo‘lmagan
b) unchalik qiyin bo‘lmagan
v) katta qiyinchiliklar yaratadigan ilmiy tarzdagi matn turlarini sanab bering.

2. Siz u yoki bu ilmiy tarzdagi matnlarni yozishingizda qanday qiyinchiliklarga duch kelasiz:


a) til bilan bog‘liq (grammatik, leksik) qiyinchiliklarga;
b) mazmunni ifoda etishdagi (ifoda etilganning mantiqiyligi, bog‘liqligi ) qiyinchiliklarga;
v) matnning asosiy turlari xususiyatlarini va uni tashkil etish qoidalarini bilmaslikdan kelib chiqadigan qiyinchiliklarga;
g) matnni rasmiylashtirish qoidalarini bilmaslikdan kelib chiqadigan qiyinchiliklarga.

Qaydlar uchun



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə